avatar
Куч
4.94
Рейтинг
+6.64

ashurova norbibish jo'rayevna

Мақолалар

Iqtisodiy bilim asoslari

Блог им. ashnor51

I.Quyida  berilgan  atamalarga  mos  talqinlarni  topib jadvalni  to’ldiring.                                   Talqinlarb)Ishchiga tayyorlagan mahsuloti miqdoriga qarab to’lanadigan pul miqdori.d)Kundalik turmushimizda ularsiz yashab bo’lmaydigan birlamchi xarajatlar.e)Odmlar tomonidan o’zlashtirilgan va egalik qilish mumkin bo’lgan barcha narsalar.f)Mulkka egalik qiluvchi shaxs.g) Kelajakdagi ehtiyojlarni qondirish uchun jamg’ariladigan pulh)Yaratilgan tovar va xizmatlarni bevosita iste’mol qiluvchi yoki ulardan foydalanuvchilar. i)Qondiriishi birlamchi bo’lmagan ehtiyojlar uchun xarajatlar.j)Kishining ma’lum vaqt  davomida ishlab topgan va qo’lga kiritgan barcha moddiy va pul tushumlari.k)Ishchiga ishlagan vaqti miqdoriga qarab to’lanadigan pul miqdori.II. Quyida keltirilgan test savollariga mazmun jihatdan eng to’g’ri keladigan javobni toping1.Majburiy xarajatlar deb nimaga aytiladi?a)oilaning jami xarajatlariga;b)qondirilishi birlamchi bo’lmagan ehtiyojlarni qondirish uchun  sarflanadigan xarajatlar;d) kundalik turmushda ularsiz yashab bo’lmaydigan xarajatlar;e) madaniy hordiq uchun sarflanadigan xarajatlarga;2.Odamlar mablag’larni nima uchun jamg’aradilar?a)qimmatbaho iste’mol tovarlarni sotib olish uchun;b)kelajakda qarilikni mablag’ bilan ta’minlash uchun;d)foiz ko’rinishidagi daromad olish uchun;e)barcha javoblar to’g’ri.3.Inflatsiya-a)kelajakdagi ehtiyojlarni qondirish uchun jamg’ariladigan pul;b)pulning qadrsizlanishi, narx-navoning tushishi;d)narx –navoning oshishi va pulning qadrsizlanishi;e)narx-navoning tushishi, pul qadrining barqarorlashishi 4.Turli xil kutilmagan holatlar natijasida yuzaga keladigan moliyaviy muammolardan muhofaza qilish nima deyiladi?a) omonat; b)jamg’arma; d)inflatsiya; e)sug’urta; 5.Inflatsiyadan kim ko’proq zarar ko’radi? a)qarz bergan kishi; b)qarz olgan kishi; d)qimmatli kiyim xarid qilgan kishi; e)kommunal to’lovlarni vaqtida to’lagan kishi,6.Qaror qabul qilish jarayonining bosqichlarini ayting?a)muammoni aniqlash; b)muqobil yechimlarni sanab o’tish;d)baholar mezonlarini aniqlab olish,eng yaxshi yechimni tanlash;e)yuqoridagi barcha javoblar to’g’ri.7.Iste’molchi tovarning kamchiligini aniqlagandan so’ng, qanday muddatgacha kafolat muddati belgilanmagan tovarlar uchun o’z huquqlarida foydalanishi mumkin? a)2 yil;b)6 oyd)kafolat muddati ichida; e)1 kun8.Tovar ishlab chiqarish uchun zarur bo’ladigan resurslar narxi o’zgarganda…a)taklif miqdori o’zgaradi;b)talab miqdori o’zgaradi;d)talab ham taklif ham o’zgarmaydi;e)tovarga bo’lgan talab o’zgaradi.9.Tovarga bo’lgan  talab va taklifning bir vaqtning kamayishi nimaga olib keladi?a)muvozanat narxning pasayishiga ;b)muvozanat narxning oshishiga;d)muvozanat miqdorning ko’payishiga ;e)muvozanat narxning ham,muvozanat miqdorning ham kamayishiga.10.Tovarga bo’lgan talab miqdorining tovar narxiga nisbatan teskari munosabatda bog’lanishi qayerda o’z aksini topadi?a)talab qonunda;b)taklif qonunida;d)talab miqdori ifodasida;e)taklif miqdori ifodasida.                                  4-Nazorat ishiI.Quyida berilgan atamalarga mos talqinlarni topib, jadvalni to’ldiring.                                     Talqinlara)Tovarga bo’lgan talab taklifga nisbatan kam bo’lgan bozor.b)Muayyan tovar turi yakka ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi  tomonidan sotiladigan, bozorga boshqa sotuvchilarning kirishi o’ta qiyinbo’lgan bozor.d)Iqtisodiyotda foyda ko’rsatuvchi tomonlar manfaatlarining to’qnashuvidan yuzaga keladigan o’zaro kurash.e)Bir nechta yirik korxona va firmalarning monopoliyasidan iborat bo’lgan bozor.f)Jamiyat iqtisodiy hayotini tashkil qilish shakli.g)Tovarning taklifi unga bo’lgan talabdan past bo’lgan bozor.h)Sotuvchilarning muayyan vaqt davomida ma’lum  narxda sotishlari narx.I)Bozorda tovarga bo’lgan talab miqdorining taklif miqdoriga teng bo’lgandagi narx.j)Tovarning narx va miqdori orasidagi munosabat bo’lib, xaridorlarning muayyan vaqt  davomida tovarni turli  narxlarda qanchadan sotib olish imkoniyatlarini aniqlaydi.k)Sotuvchilarning muayyan  vaqt davomida tovarni turli narxlarda qancha miqdorda sotish mumkinligi haqidagi xohish va imkoniyatlarni aniqlaydi.II.Quyidagi savollariga mohiyat jihatdan eng to’g’ri keladigan javobni toping.1.Bozorni tartibga solish vazifasini nima bajaradi?a)qonunlar;                                b)monopoliya  d)oligopoliya;                           e)raqobat;2.Erkin narxlar…a)bozordagi talab va taklif muvozanatini ra’minlaydi;b)bozorda tovarlarning to’planib qolishiga yo’l qo’ymaydi;d)bozorda tovar taqchilligining sodir bo’lishiga yo’l qo’ymaydi e)yuqoridagilarning barchasi.3.Auksion boshqacha qanday nomlanadi?a)ulgurji savdo;                      b) chakana savdo;d)kim oshdi  savdosi;             e) birja.4.Monopoliya..a)bir nechta yirik korxona va firmalarning monopoliyasidan iborat bo’lgan bozor;b)muayyan tovar turi juda ko’p sotuvchilar tomonidan sotiladigan bozor;d)muayyan tovar turi yakka  sotuvchi tomonidan sotiladigan bozor;e)bir-biriga o’xshash, turdosh turdagi tovarlar sotiladigan bozor.5.Tabiiy monopoliyaga nimalar kiradi?a)temir yo’l xizmati;               b)yo’llardan foydalanish xizmati;d)elektr energiyasi ta’minoti xizmati;         e)yuqoridagilarning barchasi.6.Bozor iqtisodiyoti...a)raqobatni qo’llaydi;b)narxlar erkinligiga asoslanadi;d)xususiy mulkchilikka tayanadi;e)yuqoridagilarning barchasi.7.Qanday bozorda narx bir nechta yirik firmalar tomonidan belgilanadi?a)oligapoliyada;   b)monopoliyada; d)sof raqobat; e)to’g’ri javob yo’q.8.Raqobat tufayli…a)allbatta tovar narxi oshadi b)tovar narxi o’zgarmaydi; d)tovar sifati yaxshilanishi mumkin; e)to’g’ri javob yo’q.9.Monopolistik raqobat bozorida…a)bir xil tovarlar sotiladi;b)monopolis sotuvchilar ko’p bo’lib,o’zaro raqobat qiladilar;d)sotuvchi bitta bo’ladi;e)xaridor bitta bo’ladi.10.Sotuvchilar raqobatlashishi natijasida…a)tovar narxi ko’tariladi;b)tovar turlari ko’paymaydi;d)tovar narxi tushadi;e)tovar sifati tushib ketadi.

Suv-eng yaxshi erituvchi. Eruvchanlik

Блог им. ashnor51

20145yil  30.017-“B” sinf.Dars mavzusi: Suv-eng yaxshi erituvchi. Eruvchanlik                                           Dars  shiori:Intilganga  tole   yor.    Darsning   ta’limiy   maqsadi:o’quvchilarga   erituvchanlik ,  moddalarning suvda erishi,  to’yingan eritmalar haqida ma’lumotlar  berish va mavzuni to’liq o’zlashtirishlarini ta’minlash.        Darsning  tarbiyaviy  maqsadi: o’quvchilarning mavzu bo’yicha  bilimlari  va  dunyoqarashlarini  kengaytirish,  iqtisodiy , ekologik va kasb tarbiyasi berish.    Darsning  rivojlantiruvchi  maqsadi: o’quvchilar  bilimlarini  zamonaviy  pedagok  texnologiyalar   orqali  boyitish. Mustaqil  fikrlashga  undash, amaliy ko’nikmalarini , nutq  va  muloqot  madaniyatini  rivojlantirish.      Kutilayotgan  natija :O’quvchilarning    mavzu  bo’yicha  bilimlarni   qiziqish  bilan   qabul  qilishlarini  ta’minlash , yangi  pedagogik   texnologiyalarni  qo’llash  orqali  o’quvchilar  bilimini  shakllantirish.DTS talabi:  universal erituvchi, eruvshanlik, eritma, to’yingan eritma kabi kimyoviy tushunchalarga  ega bo’lish.Dars jihozi :1) Reaktivlar: shakar, osh tuzi, margansovka, oltingugurt, dis. suv,  2) Laboratoriya jihozlari:  probirkalar, shpatel, stakanlar, metal qoshiqcha .3) Jihozlar:  kompyuter, elektron  darslik, videoproyektor.Ko’rgazmalar: test tarqatmalari, tablitsalar, rag’bat  kartochkalariDars  turi : Integrallashgan usulda yangi  bilimlar  berish.Dars  uslubi: Interfaol usullar: imkon- shou, kimyoviy diktant, fikrlar cho’qqisi, savol-javob, mustaqil  ish, demonstratsiya,  Dars qoidasi: Bilimdonlik, chaqqonlik, o’zga fikriga hurmat.            Darsning borishi.Sinf  o’quvchilari 2 guruhga bolinib har bir guruhga nom qo’yiladi .  1-guruh  “Evrika”,   2-  guruh   “Akva”.Dars musobaqa tarzida olib boriladi.1) Tashkiliy  qism   a) salomlashish,b)o’quvchilar  va  sinfning  darsga  tayyorligini  kuzatish, c)davomatni  aniqlash.Dars reiasi            1.Tashkiliy qism.                           2.O’tgan mavzuni so’rash.                       3. Yangi mavzu bayoni.                               4.Mavzuni mustahkamlash.                             5. O’quvchilarni baholash.                   6.Darsni yakunlash.Musobaqa shartlari.             1.Orzular bekati.---Imkon shou.             2. Bilimdonlar qasri____-O’rganamiz- shodlanamiz.             3. Mahorat bekati_____ Kim bilimdon?             4 .Fikrlar cho’qqisi______ Topgan- topaloq.1.    O’tgan mavzuni so’rash..”Orzular bekati.”1.Suvning tarkibi qanday?2.Suvda vodorod va kislorod atomlari orasidagi burchak qanchaga teng?3.Suvning nisbiy molekulyar massasi qanchaga teng?4.Suvning fizik xossasi qanday?5.Suv necha gradusda maksimal zichlikka erishadi?6.Suv necha gradusda muzlaydi va necha gradusda qaynaydi? 7.Suv nesha gradusda parchalanadi?8.Faol metallar suv bilan ta’sirlashganda qanday gaz ajraladi?9.Dunyo okeani hajmi qanchaga teng?10. Suv havzalarini ifloslanishidan qanday saqlash mumkin?           2.O’rganamiz-shodlanamiz “Bilimdonlar qasri” Yangi mavzu mazmuni.Suv inson hayoti va amaliy faoliyatida katta ahamiyatiga ega. Oziq- ovqat mahsulotlarini o’zlashtirish jarayoni oziq moddalarni suv yordamida eritma holiga o’tkazish bilan bog’liq. Barcha muhim fiziologik suyuqliklar ( qon,limfa va b.) suvli eritmalardir.Asosida kimyoviy jarayonlar yotadiganko’plab ishlab- chiqarish sohalaridasuvli eritmalardan foydalaniladi.Suyuq eritmalar ikki yoki undan ortiq tarkibiy qismlardan iborat suyuq gomogen ( bir jinsli) tuzilmalardir.Yer yuzining umumiy sathi 510100000 km2 bo’lsa, shundan 37500000 km2 suv bilan qoplangan. Okean va dengizlardagi suv (ularda erigan tuzlarni hisobga olmagan holda ) 1,4*1018 t, quruqlikdagi chuchuk suv va muzliklardagi suv 4*1015 t, tirik organizmlar va tuproq,  tog’ jinslari tarkibidagi suv 1017 t atrofida massaga ega. 70 kg og’irlikdagi odam tanasida  taxminan 49 kg suv bo’ladi, bazi meduzalar tanasi 98% suvdan iborat. Tabiatda suv juda ko’plab tuzlarni eritgan holda bo’ladi.Ganga yoki Missisipi kabi daryolar yiliga 100000000 tgacha, dunyodagi barcha daryolar dunyo okeaniga 2735000000 t  tuzni eritib tashib keltiradi.Umuman olganda, suvda deyarli barcha moddalar eriydi. Ba’zi moddalar juda yaxshi, ayrimlari o’rtacha, yana bir xillari yomon eriydi.  Suv shunday erituvchi moddaki, u gazlarni ham ( kislorod, vodorod, karbonat angidrid va b.), suyuq moddalarni ham ( spirt, kislotalaar va b.),  qattiq moddalarni ham (tuzlar, minerallar va b.) erita oladi.1-    Tajriba Turli xil moddalarni suvda erishini kuzatish.(Shakar, osh tuzi, margansofka, oltingugurt)Eruvchanlik- moddaning erish qobiliyati.Xona haroratida (200 c) 100 g suv 200 g qandni erita oladi. Undan ortiq miqdor qand bu haroratda boshqa erimaydi.  Shu eritma to’yingan eritma deb ataladi, chunki unda ortiqcha miqdor qandni eritib bo’lmaydi.2-    Tajriba. Oq qandning suvda erishini kuzatish.Eruvchanlik o’lchami moddaning ma’lum sharoitda to’yingan eritmadagi miqdori bilan belgilanadi. To’yingan eritma_ ayni haroratda eruvchi moddadan ottiqcha erita olmaydigan eritma.Eruvchanlik 100 g erituvchida moddadan qancha erishi bilan belgilanadi.Agar 100 g erituvchida modda 10 g dan ortiq erisa- yaxshi eruvchan, 1 g dank am erisa-oz eruvchan, 0,01g dank am erisa – amalda erimaydigan modda hisoblanadi.Ko’pchilik qattiq moddalarning eruvchanligi harorat ortishi bilan ortadi. Gazlarning eruvchanligi harorat ortishi bilan kamayib boradi ( suv qaynaganda undagi erigan gazlar chiqib ketadi.) Lekin bosim ortishi  ularning eruvchanligi ortishiga olib keladi (mineral suvli idish ochilsa, idish ichidagi bosim kamayadi va erigan karbonat angidrid shiddat bilan ajralib chiqa boshlaydi.)3-    Tajriba. Mineral suv tarkibidan karbonat gazining ajralib chiqishini kuzatish.   Mavzuni mustahkamlash.Mahorat bekati.92- bet. 4- mashq. Xonadagi 650g qandning to’yingan eritmasi bug’latilsa, idish tubida qancha miqdor qand qoladi?300 g qand er.___200 g qand bor. 650 g qand er.____XX=650 g*200 g/300g=433,3 gTestlar yechish. 1.Yer  yuzining  qancha  qismi  suv  bilan  qoplangan?A)    375000000 km2   B) 510100000 km2   C) 106 km22.70 kg  og’irlikdagi  odamda qancha suv bo’ladi?A)    35 kg  B) 49kg   C)  56kg3.50 g  suvda  qancha  qand  eriydi?A)     200g    B) 300g    C)  100g4.100g erituvchida  0,5 g modda erisa  u….A)    yaxshi eruvchan   B) oz eruvchan   C) erimaydiganB)    5. Gazlarning  eruvchanligi  harorat  ortishi  bilan….ortib  boradi    B) o’zgarmaydi    C) kamayib  boradi.Kimyoviy diktant:” Fikrlar cho’qqisi”Ash ikki O, Natriy xlor, o uch, se o ikki, kaliy o ash,  ferrum uch o to’rt, zinkum xlor ikki, se ash to’rt,  ash xlor, pe ikki o besh.O’quvchilar bilimini baholash,  faol ishtirok etgan o’quvchilarni rag’batlantirish.         Uyga vazifa:      6- mashq, 92- bet.

Toshbaqa va timsohlar turkumi

Блог им. ashnor51

Mavzu:Toshbaqa  va  timsohlar  turkumi.    Maqsad:Ta’limiy  a)o’quvchilarni  toshbaqa  va  timsohlar  mavzusini  o’zlashtirishini  ta’minlash;b)Tarbiyaviy:o’quvchilarga  ekologik,iqtisodiy  gigiyenik  tarbiya  berish;c)rivojlantiruvchi  o’quvchilarni  dunyoqarashini  rivojlantirish,nutqini  rivojlantirish,darslik  bilan  ishlash  ko’nikmalarini  hosil  qilish.



Tiriklikning tuzilish darajalari

Блог им. ashnor51

Mavzu:   Tiriklikning   tuzilish  darajalari.Maqsad:a)O’quvchilarni tiriklikning  tuzilish  darajalari  mavzusini  o’zlashtirishini taminlash. b)O’quvchilarga  iqtisodiy,ekalogik, gigyenik  tarbiya  berish.c)O’quvchilarni  fikrlash  qobilyati  rivojlantirish,darslik  bilan  ishlash  ko’nikmalarini hosil  qilish.Dars  tipi:Yangi  bilim  beruvchiDars  turi:Yangi  bilim  va  ko’nikmalarni  shakllantirish.Dars  metodi:KlasterDars  jihozi:Darslik,tablitsa,kampyuter,slaydlar                                               Darsning  borishi.1.Tashkiliy  qism:salomlashish,navbatchi  axborotini  aniqlash.                                                        Reja:a)Kim  chaqqon.b)Intilganga  tole  yor.c)Klaster.d)Xulosa. Sinf  o’quvchilari  2 guruhga  ajratiladi.Har  ikkala  guruh  a’zolariga  o’tilgan  mavzu  yuzasidan  viktorina  savollar  beriladi.1.Biologiyaning  lug’aviy  ma’nosini  ayting?2.Biologiya  fani  nimani  o’rganadi?3.Biologiya  kitobining  avtori?4.Biologiyani  tekshirish  ob’yektlari?5.Biologiyani  o’rganish  usullarini  ayting?6.Kuzatish  usuli  nimani  o’rganadi?7.Taqqoslash  usuli  nimani  o’rganadi?8.Tiriklikning  o’ziga  xos  xususiyatlarini  ayting?9.Moddalar  almashinuvi  jarayonini  tushuntiring?10.O’z-o’zini  tiklash  nima?.....    Yangi  mavzu  bo’yicha  o’quvchilar  slaydlar  yordamida  o’z  fikrlarini  bayon  etadilar.    Ikki  guruhdan  bittadan o’quvchi  doskaga  chiqib, klaster  metodi  orqali  yangi  mavzu  bo’yicha  o’zlashtirganlarini  doskaga  yozadi.Qolgan  guruh  a’zolari  daftarlariga  bajaradilar.    Yangi  mavzuni  o’qituvchi  xulosalaydi.   Darsgs  faol  qatnashmagan  o’quvchilar  bilan  savol_javob  o’tkazadi.   Yangi mavzuni  mustahkamlash:1.Tiriklikning  tuzilish  darajalarini  ayting?2.Tizim nima?3.Molekula  nima?4.Populyatsiya  nima?  O’quvchilar  bilimini  baholash: Uyga  vazifa:Yangi  mavzuni  konspeklashtirish.

Karbon kislotalar

Xabarlar

Sinf: 9              Dars mavzusi: Karbon kislotalar.    Darsning ta’limiy  maqsadi: o’quvchilarga karbon kislotalarning sinflanishi,nomlanishi,elektron tuzilishi,xossalari va ishlatilishi bo’yicha to’liq bilimlar berish.  Tarbiyaviy  maqsadi: o’quvchilarning iqtisodiy va ekologik tushunchalarini shakllantirish, kasb tarbiyasi berish.   Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning bilimlarini yangi pedagogik texnalogiyalar orqali boyitish ,mustaqil ishlashga o’rgatish.



Kimyo va fizikadan zakovat savollari

Xabarlar

1. Bu oila a’zolari radioaktiv elementlarni kashf etish bo’yicha kimyo tarixida bir necha marta Nobel mukofotiga sazovor bo’lishgan. Ulardan biri ikki marta Nobel mukofotiga sazovor bo’lgan yagona olima hisoblanadi. Bu oilaning familiyasini ayting. (Kyuri.) 2. Kunlardan birida bir olimning kalishidan suv o’tib ketadi. U uyiga kelgach, jahl bilan kalishini qizib turgan pechkaning ustiga otib yuboradi. Biroz vaqtdan keyin qarasa, kalishlar suyuqlanmagan. Kalishlar sovigandan keyin ancha mustahkam bo’lib qolgan edi. Pechkaga tashlangan oyoq kiyimida qanday kimyoviy jarayon sodir bo’lgan? (Vulkanlash.) 3. Bu qomusiy olim oltin, simob, qo’rg’oshin, kumush, mis, temir va qalayning solishtirma og’irligini shu darajada aniq topganki, oradan deyarli ming yil o’tib zamonaviy usullar yordamida aniqlangan solishtrma og’irlik bilan solishtirilganda ular orasidagi farq atigi 0,1…0,3 %ni tashkil etadi. Bundan tashqari, u juda ko’p minerallarning xossa va xususiyatlarini ham to’liq tavsiflab bergan. Olimning nomini ayting. ( A.Rayhon Beruniy)                                  4. Ma`lumki, ba`zi  organik moddalarning kimyoviy formulasi bir xil bo’lsa-da, ular kimyoviy xossalari bilan bir-biridan keskin farq qiladi. Uzum va vino kislotalari turli xil bo’lishiga qaramasdan bir xil emperik  formula bilan ifodalanadi. Kimyogarlardan biri 1830-yilda bunday birikmalarni izomeriya deb atashni taklif qilgan. Qaysi kimyogar bu taklifni kiritgan? (Berselius)  5. Sof holatda bu elementni olish ustida ishlagan olimlardan bir nechtasi halok bo’lishgan. Ingliz kimyogarlari aka-uka  Nokslar, fransuzlardan Gey-Lyussak va L.J.Tenar jarohat olishgan. Uni hatto mashhur olim M.Faradey ham ololmagan. 1886-yili fransuz kimyogari A.Muassan bu “qo’lga tushmas qasoskor”ni sof holda olganini e’lon qilgan. Bu paytda uning bir ko’zi jarohat tufayli bog’liq edi. Olimlarni ko’p yillar sarson qilgan elementning nomini ayting. ( Ftor.)  6. 1890-yillarda Lord Raley va ser Uilyam Ramzay uran minerallarida ulardan ajralib chiqadigan gazlarni o’rganish jarayonida noma`lum spektr chiziqlari borligini aniqlaydilar. Ular uran na`munasini Lokyerga tekshirib ko’rish uchun yuboradilar. Lokyer namunani sinab ko’rib quyosh nurini kuzatgandagi jarayonga o’xshashligini aniqlagan. Hozirda bu gaz kundalik hayotda havo sharlarini va dijabllarni to’ldirishda qollaniladi. Reley va Ramzay bu gazni ,,dangasa’’ yoki ,,befarq’’ so’zlarining grekcha nomi bilan ataganlar. gap qaysi element haqida ketyapti? (Argon.)      7.Gamburglik savdogar Xenni Brand kimyoga juda qiziqqan. U o’zicha juda ko’p tajribalar o’tkazgan. jumladan, siydikni bulg’atib, hosil bo’lgan och sariq rangdagi qoldig’iga ko’mir va qum aralashtirgan hamda retortada havosiz qizdirgan. Natijada 1669-yili yangi, qorong’ida yrug’lik chiqarish xossasiga ega bo’lgan moddani hosil qilgan. u modda tabiatda muhim ahamiyatga ega. U qaysi kimyoviy elementni ixtiro qilgan edi? (Fosfor.)  8. 1811-yilda fransiyalik kimyogar-texnolog  Bernar Kurtuaning otasi selitra pishirish bilan, Kurtuaning  o’zi esa dengiz o’simliklari kulini o’rganish bilan shug’ullanishar edi. O’sha paytda soda dengiz o’ti kulidan olinardi. Kurtua kul eritmasini mis qozonda bug’latganda qozonning tez yemrilishini kuzatgan. Uikkita kolba olib, bittasiga sulfat kislota bilan temir, ikkinchisiga esa kul va suv aralashmasini solidi. Tadqiqotni o’tkazayotgan paytda laboratoriyaga kirib qolgan mushuk kolbalarni yiqitib yuboradi. Natijada kolbadagi eritmalar bir-biriga aralashib ketadi va aralashmadan siyohrang tutun chiqa boshlaydi. Buni ko’rgan yosh olim hayron bo’lib qoladi.U aslida o’zi bilmagan holda yangi kimyoviy elementni ixtiro qilgan edi. Bu kimyoviy elementning nomini ayting. (Yod.)  9. Ingliz kimyogari Robert Boyl labaratoriyada navbatdagi tajriba o’tkazayotgan paytda  bog’bon unga bir savat binafsha olib keladi.Gullarni yaxshi ko’rgan Boyl ularni hidlab, saqlash uchun stakandagi suvga solib qo’yadi.O’sha paytda laboratoriyani achchiq gaz hidi qoplab olgan edi.Birozdan so’ng gullar rangi to’q siyohrangdan qizil rangga o’tib qoladi. Buni ko’rgan olim shogirdlariga bir necha xil eritma tayyorlashni buyuradi va ularga gul bargidan solib ko’radi.Lakmusli lishaynik eritmasi yaxshi natija beradi. Boyl  uni ko’rsatkich so’zining lotincha nomi bilan atagan. Hozirda bu pereparat kimyoviy laboratoriya analizlarida keng qo’llaniladi.Uning nomini ayting. (Indikator.)  10.Amerikalik Garas Uells azot oksidlari ustida tajribalar o’tkazardi. Bir kuni azot oksidlaridan birini, kolba sinig’idan shikastlangan laborantining og’rigan yuziga hazillashib surtadi.Tasodifni qarangki, birozdan so’ng og’riq to’xtaydi.Shundan so’ng Uells bu moddani og’riq qoldirish uchun ishlata boshlaydi.1772-yildan boshlab esa ixtiro qilingan modda stomatologiyada ishlatila boshlanadi.Bu qanday modda edi? (N2O.)   11.Shotlandiyalik olim Alekandr Flemingning ish joyi doimo tartibsiz bo’lardi. Uning labaratoriya ishlari:Petri kosachasi, kolba va probirkalardan iborat bo’lib, ularda zararli va zararsiz bakteriyalar o’sib yotardi.Kunlarning birida olim ish joyini tartibga keltirish niyatida keraksiz idishlarni axlatga tashlagan. Zarur shisha idishlarni suv bilan chayayotgan paytda esa biriga mog’or tushib qolib, bu mog’or infeksiyaga qarshi kurashda samarali modda bo’lib chiqqan. Flemning  1928-yilda ixtiro qilgan modda hozirgacha tibbiyotda keng ko’lamda ishlatiladi. Bu moddaning nomini ayting. (Penitsilin)   12. Yosh rus emigrant Filbert amerikalik A. Remesenning laboratoriyasida 1872-yilda tadqiqotchi bo’lib ishlar edi. navbatdagi tajribasini tugatmasdanoq tushlik qilish uchun oshxonaga bogan olim qo’llarini yuvishni ham unitib, ovqatlanishga o’tiradi. Ovqatlanish paytida u og’zida shirin ta’mni sezadi. Buning sababini bilish uchun laboratoriyaga kelib, sintez uchun qo’llagan reagentlarni ko’zdan kechiradi. Idishdagi tashlab yuborish uchun mo’ljallangan oraliq mahsulotni tekshirib ko’rsa, u juda shirin bo’lgan.Hozirda bu modda diabet xastaligiga uchragan odamlan uchun mo’ljallangan shirinlik bo’lib, uning shirinlik darajasi odatdagi shirinliklardan 500 marta yuqori. Bu modda qanday nomlanadi? (Saxarin.)   13. Nemis kimyogari Vyoler kalsiy karbonat va ko’mir aralashmasini kalsiy metalini ajratib olish uchun uzoq vaqt qizdirganda kulrang massa hosil bo’ldi. Uni keraksiz modda deb, hovlidagi chiqit tashlaydigan joyga tashlaydi. Yomg’ir yog’ganda toshga o’xshagan bu massadan gaz ajralib chiqqanini ko’radi. tekshirib ko’rganda bu gaz 1836-yilda E. Devi tomonidan ixtiro qilingan asetilenligi ma’lum bo’ladi. Vyoler ixtiro qilgan toshga o’xshash kulrang massa qanday modda bo’lgan? (Kalsiy karbid.)   14. Qaysi olim o’z kashfiyoti tufayli o’zini bir umr kechira olmagan,  lekin uning bu kashfiyoti haligacha uni nomini mashhur qilib kelmoqda. (A. Nobel.)   15. Kimyo fanidagi birinchi nazariya “moddalar yonishining boshlanishi” deb atalgan(metallarning oksidlanish qaytarilish jarayoni). Bu jarayon qanday nomlangan? (Flagiston.)   16. 1774-yili Jozef Pristli tajribalar o’tkazib, ammoniy xlorid kukuni bilan kalsiy gidroksidni aralashtirdi. Bunda u o’tkir bo’g’iq gaz ajralib chiqa boshladi. Qizdirganda esa bu gazning ajralib chiqishi yanada kuchayadi. J.Pristli qanday gazni ixtio qilgan? (Ammiak.)   17.  G.Devi kaliy elementi ustida tajriba o’tkazayotgan paytida portlash sodir bo’ladi va u bir ko’zidan ajraladi. G.Devi quyida keltirilgan qaysi modda bilan reaksiya o’tkazayotgan paytda bu hodisa sodir bo’lgan deb o’ylaysiz? (Suv.)    18.Yosh M.Faradey dastlab kitoblarni muqovalaydigan ustaxonada ishlagan.G. Devining ma’ruzalarida qatnab yurgan. G.Devi M. Faradeyning harakatchanligi va qobiliyatini sezib o’ziga laborant qilib olgan. Faradey faoliyati davomida Devi yordamida bir necha ilmiy maqolalarni chop ettiradi. Maykl Faradey 1831-yili birinchi, eng muhim ixtirosini qiladi. Bu ixtiro qanday nomlanadi? ( Elektromagnit induksiyta hodisasi.)   19. 1602-yil boloniyalik kimyoga qiziquvchi etikdo’z Kassiarolo juda og’ir tosh topib oladi. Uning tarkibida oltin bo’lishi mumkin,deb o’ylab,toshni ko’mir va olif moyi aralashmasida qizdiradi;sovigandan so’ng undan to’q qizil nur chiqishini kuzatadi. 1774-yili shved kimyogari K.Sheyele va Yuganlar bu toshni barit deb o’ylab,uning tarkibidan yangi elementni ajratib olganlar. Etikdo’z qaysi elementning ochilishiga sabab bo’lgan? (Bariy.)   20.22 yashar yosh kimyogar Robert Chizbro 1859-yili Pensilvaniyada joylashgan neftni qayta ishlash zavodiga boradi. U bu yerga mahsulot saqlanadigan idish tubidagi parafinni ko’rib qoladi. Uni ishchilar jarohatlangan qo’llariga surtish uchun ishlatishar edi.Chizbro parafindan namuna olib, labaratoriyada tajribalar o’tkazadi. Namunadan yangi mahsulot oladi va uni ishlab chiqarishni tashkil etadi. Keyinchalik Afrika va yevropa mamlakatlarida zavodlar tashkil etib, yirik kapitalistga aylanadi. R. Chizbro qaysi moddani ixtiro qilgan edi? ( Vazelin.)   21. 1831-yili 19 yashar laborant Sharl Soria Bertolle tuzining oltingugurt bilan aralashmasiga qattiqroq kuch bilan ta`sir qilganda yengil portlash yuz beradi. Bo’lg’usi olim mazkur aralashmaga fosfor qo’shib, uni cho’p yorfdamida aralashtiradi. Aralashmani cho’p bilan aralashtirilganda cho’p yonib ketadi. Olim nimani ixtiro qilgandi? (Gugurt.)   22. Ingliz olimi kimyogari M.Faradey o’z tajribaklarida kimyoviy eritmalarda elektronlarning anoddan katoga qarab harakatlanishni kuzatgan va bu oksidlanish –qaytarilish reaksiyasi deb ta`kidlangan. Bu jarayon qanday nomlanadi? (Elektroliz.)  23.Ispaniya admiral X. Kolumb o’zining Gaita orollarida qilgan sayohatida mahalliy kishilarning nima qilib yurganini ko’rib nihoyatda hayratlangan edi? (koptok o’ynab yurganini.)  24.Yerning 3 sutka davomida Quyoshdan oladigan energiya miqdori qanchaga teng? (tabiatdagi barcha neft, gaz, ko’mir va yog’och zapaslarining yoqishidan ajralib chiqadigan energiya miqdoriga teng.)  25. 1-ptotivogazni kim ixtiro qilgan? (Zelinskiy).26.Eramizdan avvalgi IV asrda Aleksandr Makedonskiy qo’shinlari Hindistonni bosib oldi. Hind daryosi  sohillarida qo’nim topgan askarlar yoppasiga oshqozon-ichak kasalligiga chalinib qolishdi.Qizig’i shundaki sarkardalar bu kasallikdan xoli edilar. Sababi maxsus idishlardan foydalanishgan. Bu idishlar tarkibida qanday modda bo’lgan? (kumush.)27. Sichqonlarning “margi”ni beradigan modda nima? (Mishyak.)28.Aslida o’zi bo’lmagan qanday tosh kimyoning fan sifatida rivojlanishida katta turtki bo’lgan? ( falsafa toshi.) 29. D. I. Mendeleyev 1869 yilda Karlsruedagi kimyogarlar anjumanida davriy qonunni kashf etganligini e’lon qilganida unga eng kata mukofot sifatida nima sovg’a qilishgan? (aluminiy metalidan yasalgan krujka.)30. Nima uchun shamning alangasi yorug’lik beradi-yu, spirt lampasining alangasi yorug’lik bermaydi?(sham yonganda undagi uglerodning bir qismi to’liq yonmay cho’g’lanadi va cho’g’langan uglerod atomlari shula tarqatadi, spirt bug’lanib to’liq yonadi va yorug’lik tarqatmaydi.)31.Skandinaviya, Yevropa, Germaniya, Amerika Fransiya Kaliforniya, Polsha. Bu geografik nomlarni nima birlashtiradi? ( bular radioaktiv elementlarning nomlari.)32.Germaniya-3-,Rossiya-44-,Polsha-84-, Fransiya-87-,Amerika-95-o’rinda, 1- o’rindachi? ( vodorod)33. Hindular bu moddani “daraxt ko’z yoshlari” deb atashgan, o’z vaqtida u oltindan ham qimmat bo’lgan. Bu qanday modda.( kaychuk.)34.Pol Gogen uni “temirdan yasalgan badiiy asar” deb aytgan. Uning nomi…(Parij shahrida qad ko’targan Eyfel minorasi.)35.Bundan 500 yil avval Siri-Lanka orolining shimolida bir maqbara bunyod etilgan. Haligacha uning bitta ham g’ishti ko’chmagan. Tekshirishlar aniqlashicha binoning g’ishti oddiy loy yoki sement  bilan  emas, balki qimmatbaho mahsulot  bilan terilgan ekan. Bino gishti nimadan terilgan  bo’lishi mumkin? (asaldan.)

Sulfat kislota

Xabarlar

Dars  mavzusi:Sulfat kislota.    Dars  shiori:Intilganga  tole   yor.    Darsning   ta’limiy   maqsadi:o’quvchilarga sulfat kislota  haqida, uning laboratoriyada va sanoatda olinishi,fizik va kimyoviy xossalari haqida, ishlatilish bo’yicha   ma’lumotlar  berish.        Darsning  tarbiyaviy  maqsadi: o’quvchilarga  sulfat kislota  haqida, uning xossalari  to’g’risidagi   bilimlari  va  dunyoqarashlarini  kengaytirish,  iqtisodiy , ekologik  tarbiya berish.    Darsning  rivojlantiruvchi  maqsadi: o’quvchilar  bilimlarini  zamonaviy  pedagok  texnologiyalar   orqali  boyitish. Mustaqil  fikrlashga  undash, mustaqil  ishlashda  o’rgatish , nutq  va  muloqot  madaniyatini  rivojlantirish.      Kutilayotgan  natija :O’quvchilarning  sulfat kislota   mavzusidagi bilimlarni   qiziqish  bilan   qabul  qilishlarini  ta’minlash , yangi  pedagogik   texnologiyalarni  qo’llash  orqali  o’quvchilar  bilimini  shakllantirish.DTS talabi:  Sulfat kislota, uning olinishi, xossalari,ishlatilishi  haqida   BKMlarga  ega  bo’lish.Dars jihozi :1) Reaktivlar: Sulfat kislota, temir qirindilari,indikator qog’ozi, ishqor eritmasi, bariy xlorid eritmasi,  mis (II) oksidi.2) Laboratoriya jihozlari: Shtativ, probirkalar, shpatel, chinni kosacha.3) Jihozlar:  kompyuter, elektron  darslik, grafoproyektor, PKMQ.Dars  turi : yangi  bilimlar  berish.Dars  uslubi: savol-javob,mustaqil  ish, demonstratsiya.             Darsning borishi.Sinf  o’quvchilari 3 guruhga bolinib har bir guruhga nom qo’yiladi .  1-guruh  “Evrika”,    2-guruh   “Elektron”,   3-  guruh   “Akva”.Dars musobaqa tarzida olib boriladi.1) Tashkiliy  qism   a) salomlashish,b)o’quvchilar  va  sinfning  darsga  tayyorligini  kuzatish, c)davomatni  aniqlash. 2) “Mahorat  bekati”__”Ha” yoki “yo’q” oyini. Bunda o’tgan  mavzular  asosida   savol-javoblar o’tkaziladi.O’quvchilar savollarga  “ha” yoki “yo’q” deb javob beradilar.1.Oltingugurt VI-guruh elementi.2.Kislorod va oltingugurtning tashqi qavatida 6 ta  electron bor 3.Kislorod ftorli birikmasida  -2  oksidlanish darajasini namoyon qiladi.4.Oltingugurt tabiatda faqat erkin holda uchraydi.5.Oltingugurt rombik, plastik, monoklinik ko’rinishdagi allotropik shakl o’zgarishlarni namoyon  qiladi.6.Kimyoviy birikmalarda oltingugurt faqat oksidlovchi bo’ladi.7.Kauchukni  vulkanlashda oltingugurt kerak.8.Oltingugurt 2 xil oksid hosil qiladi.9.Sulfid kislota uchun sifat reaksiyani  bariy xlorid beradi.3) “Zukkolar  bekati”__ “ Anogramma” mashqi.  Bunda o’quvchilarga kartochkalar tarqatib chiqiladi, kartochkalarda turli kimyoviy jarayonlar izohlab berilgan.O’quvchilar bu jarayonlarning reaksiya tenglamalarini belgilangan vaqt ichida yozishlari talab etiladi.4) “Bilimdonlar  qasri”___ Yangi          mavzu  mazmuni.Sulfat kislotaning molekulyar formulasi   H2SO4Olinishi. Sulfat kislotani olish uchun  quyidagi o’zgarishlarni amalga oshirish kerak.FeS2__SO2---SO3---H2SO4Fizik xossalari. Sulfat kislota rangsiz, hidsiz,og’ir moysimon suyuqlik. 96% li konsentrlangan sulfat kislotaning zichligi 1,84 g|sm3. U suvda eriganda juda ko’p issiqlik ajralib chiqadi.  Shuning uchun sulfat kislotani suvda eritganda juda ehtiyot bo’lish kerak.Sulfat kislotani suvga aralashtirib turgan holda  quyish kerak Aksincha suvni sulfat  kislotaga quyish mumkin emas.Kimyoviy xossalari.Suyultirilgan sulfat kislota bilan konsentrlangan sulfat kislotaning kimyoviy xossalarida farq bor.Suyultirilgan sulfat kislota kislotalar uchun xos bo’lgan xossalarni o’zida namoyon qiladi.1. Metallarning  faollik qatoridagi vodoroddan oldin turgan metallar bilan reaksiyaga kirishib tuz va vodorod hosil qiladi.Zn +H2SO4==ZnSO4 +H2 2AL +3H2SO4 ==AL2(SO4)3 + 3H22.Asosli va amfoter oksidlar bilan reaksiyaga kirishib tuz va suv hosil qiladi.CuO +H2SO4 ==CuSO4 +H2OZnO + H2SO4==ZnSO4 +H2O3.Asoslar bilan reaksiyaga kirishib, tuz va suv hosil qiladi.2NaOH + H2SO4==Na2SO4 + 2H2OMg(OH)2 + H2SO4==MgSO4 + 2H2O4.Kuchsiz va uchuvchan kislotalarning tuzlari bilan reaksiyaga kirishib,  yangi tuz va yangi kislota hosil qiladi.3H2SO4 + Ca3(PO4)2 ==3CaSO4 + 2H3PO4.5.Konsertrlangan sulfat kislota juda kuchli oksidlovchi bo’lgani uchun,  deyarli barcha metallar bilan reaksiyaga kirishadi. U kumush,oltin,platinaga va konsentratsiyasi 100% ga yaqin bo’lganda Fe ga ta’sir etmaydi.6.Sulfat kislota metallar bilan reaksiyaga kirishganda metallarning faolligiga, sulfat kislotaningf konsentratsiyasi va reaksiya sharoitiga qarab SO2, S yoki H2S gazlarini ajratib chiqaradi. Cu + 2H2SO4==CuSO4 + SO2 + 2H2O7.Konsentrlangan sulfat kislota  qaynatilganda  metalmasslar bilan ham reaksiyaga kirishadi.2H2SO4 + C ==CO2 + 2SO2 + 2H2O8.Konsentrlangan  sulfat kislota shakar, qog’oz, yog’och va gazlamalar tarkibidagi sellulozadan suvni tortib oladi va  ularni ko’mirga aylantiradi.Shakar (yog’och) + H2SO4==nC + H2SO4 + nH2O9.Sulfat kislota va sulfatlarni aniqlash uchun  bariyning eruvchan tuzi (bariy xloridni )  ta’sir ettiramiz. Reaksiya natijasida suvda ham nitrat kislotada ham erimaydigan oq cho’kma tushadi.H2SO4 + BaCI2 = BaSO4  + 2HCINa2SO4 + BaCI2 ==BaSO4 + 2NaCI.                Ishlatilishi.1.Bo’yoq moddalar olishda.2.Mineral o’g’itlar olishda.3. Akkumulatorlarda elektrolit sifatida.4.Turli xildagi sulfatlar olishda.5.Har xil kislotalar olishda.6.Neft mahsulotlarini tozalashda.7.Portlovchi moddalar olishda.8.Tibbiyotda.9.O’simliklarni himoya qilish vositalari olishda.5) “Topqirlar  bekati”___Kimyoviy domino.Bunda o’quvchilar quyidagi o’zgarishlar asosida boradigan reaksiya tenglamalarini yozishlari talab etiladi.1)FeS2—SO2—SO3—H2SO4.---BaSO42) NaCI__ CI2___KCIO3___O2___P2O5     6)”Manzil”.___ Darsni  yakunlash: o’quvchilardan  savollar  so’raladi , uyga  vazifa  beriladi , o’quvchilar  baholanadi  .       Vazifa: 4-savol-topshiriq ,  151-bet.Buxoro viloyati  G’ijduvon tumanidagi 51- umumiy o’rta ta’lim maktabi kimyo fani o’qituvchisi Norbibish Ashurova.

Kimyodan viktorina savollari

Xabarlar

Viktorina savollari.1.    Kimyoviy  tajribalarda  eng  ko’p ishlatiladigan asbobning  nomi?2.    Vodorodni ko’p miqdorda olinadigan idish nima?3.    O’zbekistonda qaysi hududlar qazilma boyliklar nomiga qo’yilgan?4.    Gudron nima? U qanday maqsadlarda ishlatiladi?5.    “Qalovini topsa” qor ham yonadimi?6.    Kerosinni suvga qanday qilib aylantirish mumkin?7.    Ingibator nima?8.    Mashhur olimlar nomi bilan atalgan elementlarning nomini ayting.9.    Kimyoviy elementlarning soni nechta?10.    Mamlakat nomi bilan atalgan elementlar nomini ayting.11.    Indikator nima?12.    Yer qobig’ida eng ko’p tarqalgan 2 elementni ayting.13.    Planetalar nomiga qo’yilgan elementlar nomini ayting.14.    Keramik buyumlar uchun xomashyo nima?15.    Suyuq holatdagi oddiy moddalarni ayting?16.    1 – o’zbek ayol kimyogari kim?17.    Qaysi  kimyogar o’z kashfiyotini  tushida  ko’rgan?18.    Yalqov  gaz deb nom olgan gaz nima?19.    Qit’alar  nomiga qo’yilgan elementlarni ayting.20.    Suyuq kislorod saqlanadigan idish nima?21.    Qaysi tosh o’zi bo’lmagan holda kimyoning rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko’rsatdi?22.    Nima uchun shamning alangasi yorug’lik  beradi – yu, spirt lampasining alangasi yorug’lik  bermaydi?23.    Kislorodni kim birinchi bo’lib kashf etgan?24.    2 element: biri yonadi, 2 – yonishga yordam beradi, ulardan hosil bo’lgan modda yong’inni o’chiradi. Bu qaysi moddalar?25.    Ozon qavatining ahamiyati nimada?26.    Suvga cho’kkan tuxum qanday qilsa suv betiga qalqib chiqadi?27.    Eng og’ir suvning molekulyar massasi qancha?28.    Eng yengil suyuqlik nima?29.    Ko’p miqdorda vodorod olinadigan asbob nima?30.    Suvni yondiradigan metal nima?31.    Nima qilsa qor “yonadi”?32.    Sog’lom odam oshqozonida qaysi kislota doim bo’ladi?33.    Po’lat qanday pechlarda olinadi?34.    Qaysi elementlar ularni oddiy modda holidagi rangiga qarab nomlangan?35.    Kishi organizmiga qaysi moddalar yetishmasa bo’qoq kasalligi paydo bo’ladi?36.    Qaysi “karam”da yod ko’p bo’ladi?37.    Quyosh elementi nima?38.     Yer elementi nima?39.    Taniqli fizik nomi bilan atalgan elementlarni ayting40.    Qaysi metal bilan  xat yozish mumkin?41.    Qaysi metal oltindan ham qimmat turadi?42.    Qizil sayyora nima? Nima uchun bunday atalgan?43.    Qanday oyoq kiyimlarni oltingugurtsiz tayyorlab bo’lmaydi?44.    Qanday kislota akkumilator kislotasi deyiladi?45.    Olyeum nima?46.    Qaysi modda kimyoning “noni”  deyiladi?47.    Qanday elementning birikmasi kiprikka surtiladi?48.    Davriy sistema elementlar nimaga soslanib joylashtirilgan?49.    Adsorbsiya nima?50.    1 – Protivogazni kim  kashf etgan?51.    Organizm biolaboratoriyasi nima? (jigar) 500 dan ortiq funksiya bajaradi?52.    Kimyo faniga asos slogan olim kim?53.    1 g radiy qancha oltin narxiga teng?54.    1 km kub ocean suvida qancha oltin bor?55.    O’zbek adabiyoti asoschisi A. Navoioy o’zining “Hayrat ul – abror “ asarida kimni aql ramzi deb ta’riflagan?56.    Formalin u qanday maqsadda ishlatiladi?57.    Sintetika qanday 3 kit ustida turibdi?58.    Anilinni kim kashf etgan?59.    Ertalab nonushtadan oldin qaysi tuzdan foydalanasiz?60.    “Tosh” tuzining formulasi qanday?61.    Quyidagi 3 moddaning qaysi biri ortiqcha? Nima uchun? Selluoza, glukoza, fruktoza.62.    Turmushda ishlatiladigan eng toza tuz nima?63.    Katalizator nima?64.    Pomidor nima uchun qizarib pishadi?65.    Miltiq otilganda qanday jarayon boradi?66.    Sublimatsiya qanday jarayon?67.    Flotatsiya qanday hodisa?68.    Mendeleyev oilaning nechanchi farzandi bo’lgan?69.    Inson organiozmida eng ko’p qaysi metal bor?70.    Dunyodagi hamma suvni yer sirtiga 1 tekis yoyilsa u holda qancha qalinlikdagi suv qatlami hosil bo’ladi?71.    Xlorofil donachalari tarkibi qaysi metallda bor?72.    70 kg og’irlikdagi kishi organizmida  necha chelak suv bo’ladi?73.    Qaysi element hidiga qarab nomlangan?74.    Kelajak yoqilg’isi nima?75.    Akkumulator kislotasi qaysi kislota hisoblanadi?76.    Yer yuzida eng ko’p tarqalgan modda nima?77.    Hayot uchun yaroqsiz deb nom olgan modda nima?78.    Hayot va fikrlash elementi nima?79.    Chanqaganda qaysi kislotani ichish mumkin?80.    Narkoz uchun ishlatiladigan modda nima?81.    Cho’yan domna pechlarida nimadan olinadi?82.    Qaysi suv o’tda yod miqdori ko’p?83.    Lampochka sperali qaysi metalldan yasaladi?84.    Havoda o’z – o’zidan yonadigan modda?85.    Qorong’uda shulalanuvchi modda nima?86.    Mendeleyevning yaqin do’sti bo’lgan rus revolyutsion shoiri kim?87.    Mendeleyevning xizmatlarini hisobga olib o’sha vaqtda unga qanday sovg’a berishgan?88.    Antifriz nima? U qanday maqsadda ishlatiladi?89.    Daraxtdan ajralib chiqadigan “ko’z yoshi” nima?90.    Nasliy axborot tashuvchi modda nima?91.    “Qora oltin” nima?92.    Qon tarkibida qaysi metal ioni bor?93.    Sut qandi nima?94.    Elektronlar harakatini nechta kvant son xarakterlaydi?95.    Valentlikning son qiymatlarini ayting.96.    Uglerodning allotromik shakl o’zgartirishlarini ayting.97.    Silikat sanoatida qanday mahsulotlar olinadi?98.    Korroziya nima?99.    Izomerlar qanday moddalar?100.     Kimyoviy elementlar tabiiy oilalarini ayting.101.    Radioaktivlik qanday jarayon?102.    Qaysi olim o’z kashfiyoti tufayli bir umr o’zini kechira olmagan? Lekin uning shu kashfiyoti hali – hanuz nomini mashhur qilmoqda.103.    Qaysi elementning kashf etilishida mushuk sababchi bo’lgan?104.    1 elementdan hosil bo’lgan 2 oddiy moddaning 1i chiqindi 2 – oltindan qimmat bu element va moddalarni toping.

Metalmasslar mavzusida ochiq dars.

Xabarlar

Buxoro viloyat G’ijduvon tuman51-umumiy  o’rta talim maktabikimyo  fani o’qituvchisiAshurova  Norbibishning“Festival darslar tanlovi”da8-“B”sinfda“ Metalmaslarningdavriy  sistemada joylashgano’rni, atom  tuzilishi.Umumiyxossalari “ mavzusidao’tkazgan  ochiq darsikonspekti .                                               Sinf:8-“B”  Sana :15.02Dars mavzusi: Metalmaslarning kimyoviy elementlar davriy sistemasidagi o’rni, atom  tuzulishi. Umumiy xossalari.Dars maqsadi: a) ta’limiy: o’quvchilarga metalmaslarning  davriy jadvaldagi  o’rni,atom tuzulishi, ularning umumiy  xossalari bo’yicha to’liq  ma’limot  berish .b)    tarbiyaviy: o’quvchilarning mavzu yuzasidan bilimlari va dunyoqarashlarini kengaytirish, ekalogik tushinchalarini shakllantirish.v)    rivojlantirish maqsadi: o’quvchilarning bilimlarini zamonaviy pedagogik texnalogiyalar orqali boyitish ,  mustaqil fikrlashga undashm mustaqil ishlashga o’rgatish.     Dars turi :  amaliyot va suhbat asosida yangi bilimlarni o’rgatish.       Kutilyotgan natija: o’quvchilar mavzu yuzasidan to’liq ma’lumotlarga  ega bo’ladilar ,  yangi  pedtexnologiyalar   asosida mavzu  bo’yicha  maqsadni   tushinib  oladilar. Mustaqil  yurt  farzandi  ekanliklaridan  faxrlanadilar.       Dars jihozi:davriy jadval , kompyuter,  elektron darslik, tarqatma materiallar  ,grafoproyektor.Reaktivlar: metalmasslar J2 ;S; C, Br2, HCl.       Darsning  borishi: 1.Tashkiliy  qism ( 3 min ) salomlashish, sinfni  va  o’quvchilarni  darsga  tayyorligini  kuzatish. II. O’tgan  mavzuni   so’rash: (7min) .Bunda  har bir  o’quvchiga  1 tadan teskor savollar berib ular  diqqati  to’liq  darsga  qaratiladi .Savollardan namunalar.1.    Kimyoviy  elemenlar  davriy jadvalining tuzilishini ayting.2.    Elementlar  davriy jadvalda nimaga asoslanib joylashgan?.3.    Izotoplar qanday atomlar?.4.    Energetik pog’onalar soni nechta?5.    Elektrmanfiylik qanday tushuncha?6.    Kimyoviy bog’lanishning qanday turlari bor?7.    Oksidlanish darajasi qanday tushuncha?8.    Quyidagi reaksiyada qaysi element  qaytaruvchi?    FeS2+O2→Fe2O3+SO29.Elektirolitlar qanday moddalar?10.Gidroliz qanday jarayon?     Faollashtiruvchi mashq:Quydagi asos ,kislaota va tuzlarning dissotsilanish tenglamalarini yozing. a)Al2(SO4)3              b)NaOH             v)H3PO4    Yangi mavzu mazmuni :(20min)Kimyoviy elementlar davriy sistemasida metallmaslar katta va kichik davrlar oxirida bosh guruhchalarda joylashgan .Ularga :B,C,Si,N,P,As,O,S,Se,Te,H,F,Cl,Br,J,At,He,Ne,Ar,Kr,Xe,Rn   kiradi.1)Metallmaslar p elementlar oilasiga mansub (vodorod va geliy S-elementlar ).Kimyoviy reaksiyalarda metallmaslar atomlari oksidlovchi xossalarini namayon qiladi va elektironlarni biriktirib olishi mumkin.           Elektironlarni biriktirib olish xossasi bir davrda joylashgan  metallmaslarda tartib raqami ortishi bilan kuchayib boradi, bir guruhda joylashgan metallmaslarda tartib raqami ortishi bilan kamayib boradi.           Elektrolarni  biriktirib olish  qobilyati  quyidagi  tartibda  kanayib  boradi .             F, O ,Cl , N ,S, C, P,H,Si .Metalmaslar tabiatda  oddiy  maddalar  shaklida    va  turli birikmalar  tarkibida  uchraydi. Kosmosda  vodorod  va  geliy  eng  ko’p  tarqalgan metalmaslar  bo’lsa, yer  qobig’ida  kislorod 47%  va  kremniy 29.5 %  eng  ko’p  tarqalgan metalmass  hisoblanadi .Normal sharoitda ba’zi  metalmaslar gazsimon (H2 N2 O2 F2  Cl2 ) ba’zilari  suyuq (Br2) qolganlari  qattiq (S, U, J2; P va h.k ) holda  uchraydi.  Ular issiqlik  va   eletr  tokini  yomon o’tkazadi .      Vodorod  kimyoviy    birikmalarda  ham  oksidlovchi ,  ham qaytaruvchi  bo’ladi.2H2+O2 →2H2+1O-2            N2+H20→2N-3H3+12.Metallmaslarning elektrmanfiyligi 2,00-4,00 olraliqda bo’ladi.Demak metallmaslar kuchli  elektrmanfiy elementlardir .3.Metallmaslarning  vodorodli birikmalari uchuvchan moddalardir HCl;H2S ;NH3;CH4.4. Metallmaslarning yuqori oksidlari kislotali oksidlardir SO2; SO3;P2O5;NO2;N2O5;5.Metallmaslar o’zaro birikib kovalent bog’lanishli birikmalar, metallar bilan  esa ion bog’lanishli birikmalar hosil qiladi.      Mustahkamlash :(12min).Quyidagi metallmaslarning elektronkonfiguratsiyasini  yozing .  168O;3216S;8035Br  16S  1s22s22p63s23p4             +35Br 1s22s22p63s23p64s23d104p5 Klaster metodi asosida dasrni umumlashtirishBu metodda o’qituvchi doskani o’rtasida “Metalmasslar” deb yozadi.O’quvchilar novbat bilan doskaga chiqib, metalmasslarga oid bilimlariniSxemalar asosida yozib chiqadilar.  B,B,B. metodi asosida dars sistemashtiriladi . Bunda doskani 3 ga bo’lib 1-qismga “Bilaman “2-qismiga “Bilib oldim “,3-qismiga “Bilishni xoxlayman “deb yozib shu asosda o’quvchilar o’z fikrlarini yozadilar.  Prezdent asarlari asosida  turli fikrlardan foydalanib, mavzuning mohiyati ochib beriladi va o’quvchilarga, tinch yurtda yashash, zamonaviy maktablarda  ta’lim olishdek baxtga musharraf bo’lishdan faxrlanish tuyg’usi hosil qilinadi . .  Krossvordni bajaring.1.Fizik olim nomi bilan atalgan element?2.Sublimatsiya xossasiga ega bo’lgan metalmass?3.Adsorbsiya xossasiga ega bo’lgan modda?4.Hayotga yaroqsiz deb nom olgan gaz?5.Yer qobig’id eng ko’p tarqalgan element?6.Hayot va fikrlash elementi?7.Flotatsiya xosasiga ega bo’lgan modda?8.Birdan bir suyuq metallmas?9.Eng kuchli oksidlovchi?10.Kelajak yoqilg’isi?   Darsni yakunlash :(3min)a)Mavzu yuzasidan o’quvchilardan xulosa fikrlar so’raladi. b)o’quvchilar rag’batlantiriladi baholaniladi .                    v)uyga vazifa  beriladi.120-bet 4-mashq

Alkoloidlar kimyosi

Xabarlar

Alkaloidlarning tarkibi va qo’llanilishi. Alkoloidlar  deb   ayrim  o’simliklarga  uchraydigan,tarkibida  azot  atomi  bor,asos  xossalariga  ega bo’lgan  murakkab organik birikmalarga aytiladi. Alkaloidlarning ko’pi odam va hayvonlar  organizmida kuchli fiziologik va farmakologik ta’sir ko’rsatadi. Ular barcha o’simliklarda ham  uchrayvermaydi .Hozirgacha malum bo’lgan o’simliklarning umumiy turlar soniga nisbatan olganda alkaloidlarning soni unchalik ko’p emas. Ko’knorguldoshlar  (papaveraceae), dukkaklilar  (leguminosae), murakkabguldoshlar  (compositae), ituzumguldoshlar (solanaceae), ayiqtovonguldoshlar  (ranunculaceae), zirkguldoshlar  (berberidaceae) singari oilalar alkaloidli turlarga boydir. Shu bilan bir qatorda, umuman alkaloidli o’simlik turiga ega bo’lmagan oilalar ham bor. Masalan, atirguldoshlar ( rosaceae )  oilasi. Ko’pincha bir o’simlikda va hatto bir avlodga mansub bo’lgan o’simliklarda kimyoviy jihatdan bir-biriga o’xshash alkaloidlar uchraydi. O’simliklarda alkaloidlarning miqdori turlicha bo’ladi. Hinna daraxtining po’stlog’ida koridalis, barbaris o’simliklarida  alkaloidlarning miqdori 10-15% ga yetadi. Lekin bunday o’simliklar juda kam. Umuman, tarkibida 1-2% alkaloid bo’lgan o’simliklar alkaloidga boy o’simlik hisoblanadi. Alkaloidlar o’simlikning organlarida uning o’sish fazalarida har xil funksiyalarni bajaradi. Alkaloidlar o’simliklarning vegetatsiya davriga tuproq sharoitiga qarab miqdor va sifat jihatidan o’zgarib turadi. Alkaloidlar o’simliklarda olma,limon, oksalat, qahrabo, sirka, propion sut, sulfat,fosfgat kislatalar va oksikislatalarning tuzlari holida uchraydi. Akaloidlar o’simliklarda tuz yoki erkin asoslar holida ekstrsiyalash yo’li bilan ajratib olinadi. Aldaloidlarning tuzlari suvda, metil va etil spirtlarida eriydi.Efirda va uglevodorodlarda erimaydi.Alkaloidlarning o’zi esa suv va spirtdan boshqa ko’pgina boshqa organik erituvchilarda eriydi. Tuzlar holida ekstraksiyalashda erituvchi sifatida oz miqdorda kislata ( sirka,vino,xlorid va boshqalar ) qo’shilgan suv yoki spirt ishlatiladi. Alkaloidlarni erkin asoslar holida ajratib olish uchun tarkibida alkaloid bor o’simlik kukun holiga kelguncha maydalanib, so’ngra ammiak,soda yoki ishqor eritmasi bilan ho’llanadi  va biror erituvchi bilan ( xloroform, benzol, dixloretan va h.k. ) ekstraksiya qilinadi. Olingan ekstrak sulfat kislaotaning suvdagi suyultirilgan eritmasi bilan chayqatiladi. So’ngra kislatali eritmaga eritma  ishqoroy muhitga o’tgancha ammiak yoki ishqor eritmasi qo’shiladi va alkaloidlar tegishli organic erituvchilar yordamida ekstraksiya yo’li bilan ajratiladi.Alkaliodlarni identifikatsiyalashda va ularning tuzilishini o’rganishda klassik metodlar bilan birgalikda, xromotografiya, iq-, yf-,mass- spektroskopiya, epr, yamr,roentgenstruktura analiz singari tekshirishning hozirgi zamon metodlari qo’llaniladi. Hozirgi vaqtda 2000dan ortiq alkaloid ma’lum bo’lib, ularning  ko’pi XX  asrda kashf etildi. S.Yu. Yunusov rahbarligidagi  O’bekiston Respublikasi  Fanlar akademiyasi  o’simlik moddalari kimyosi institutining alkaloidlar kimyosi laboratoriyasida alkaloidlar sohasida katta ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.1943-yilda tashkil etilgan bu laboratoriya xodimlari 4000dan ortiq tur o’simlikni analiz qilib, shularning 150 turidan 415 alkaloid ajratib olindi. Shulardan 222tasi yangi topilgan alkaloiddir. 206 ta alkaloidning tuzilishi,70ta alkaloidning esa konfiguratsiyasi aniqlandi. Galantamin, papaverin, sitizin singari 100dan ortiq oldindan ma’lum bo’lgan qimmatli alkaloidlarning yangi xomashyolari topildi. Alkaloidlar uglerod-azot skeletining tuzilishiga ko’ra 13 ta gruppaga bo’linadi. Bular pirolidin, piridin, xinolin, akridin, izoxinolin, indol, inmidazol va hokazo gruppa alkaloidlaridir.  Anabazin. 2760C da qaynaydigan, suvda va ko’pchilik organik erituvchilarda erydigan moysimon suyuqlik. Anabazinni 1929 yilda A.P. Orexov Anabasis aphylla o’simligidan ajratib olgan. Anabazin  kaliy permanganat  bilan oksidlanganida nikotin kislota, kumush asetat bilan degidrogenlaganda a, b-dipiridil, katalitik  gidrogenlaganda esa a,b-dipiperidil hosil bo’ladi. Shularga asoslanib,1931-yilda A.P.Orixov va G.P.Menshikovlar anabazinni a-piperidil b-piridin tuzulishiga ega ekanligini aniqladilar. Anabazin juda zaharli bo’lib,qishloq xo’jaligida insektisid sifatida keng ishlatiladi. Nikotin. Tamaki (nikotiana tabacum) o’simligida 10dan ortiq  alkaloid bor. Ulardan asosiysi nikotindir. U havoda tezda qorayadagin, moysimon suyuqlik. Hikotinni 1828-yilda Posselt va Reymanlar sof xolda ajratib olganlar:Hikotin kuchli zahar. Qishloq xo’jaligida insektisid sifatida keng   ishlatiladi.      Koniin. O’tkir hidli, rangsiz suyuqlik, suvda va organik erituvchilarda yaxshi eriydi.Conium maculatum o’simligidan ajratib olingan. Tekshirishlar natijasida uning a-propilpiperidin tuzilishiga ega ekanligi aniqlandi: C5H5-NH-CH2-CH2-CH3Koniin sintetik usul bilan olingan birinchi tabiiy alkaloiddir. Uni 1886-yilda Ladenburg  sintezlagan.    Kofein. 2340 da suyuqlanadigan, xloroformda va issiq suvda yaxshi, sovuq suvda, spirtda va efirda yomon eriydigan kristal modda. Kofeinni 1819-yilda Runge  kofe (coffea arabica L.) dan ajratib oldi. Keyinchalik   bir necha bosqich boshqa o’simliklarda ham kofein borligi aniqlandi. Kofein 1,3,7-trimetil-2,6-dioksipurin tuzilishiga ega. Kofein markaziy nerv sistemasiga qo’zg’atuvchi tasir ko’rsatadi. U qon bosimini ashiradi, yurak faoliyatini   kuchaytiradi. Charchaganda, narkotiklar bilan zaharlanganda, bazi bir yurak kasalliklarida dori sifatida ishlatiladi.    Teobromin. 3510 C da suyuqlanadigan, suvda va spirtda qiyin eriydigan oq kukun. Uni 1842-yilda Voskresenskiy kakao ( Thebroma cacao ) mevasidan ajratib olngan. Kakao tarkibida 1,5 -2% ga yaqin teobromin bo’ladi. U boshqa o’simliklarda ham uchraydi. Teobromin tuzulishiga ko’ra 3,7-dimetil 2,6-dioksipurindir:    Teofillin .268-2720da suyuqlanadigan,issiq suvda oson,sovuq suvda va spirtda esa qiyin eriydigan kristall modda. Uni 1889 yilda Kosses Thea sinensis o’simligidan olingan. Teofillin teobrominning izomeri bo’lib,1,3-dimetil-2,6 dioksipurin tuzilishiga ega:   Xinin.1820-yilda xinna daraxtining po’stlog’idan olingan. Bezgakka qarshi ishlatiladigan eng yaxshi dorilardan biridir.

Gemoglobin va xlorofilning kimyoviy tarkibi

Xabarlar

Gemoglobin.Qizil qon tanachalarida bo’ladigan gemoglobin kislorodni o’pkadan to’qimalarga va aksincha karbonat angidridni to’qimalardan o’pkaga olib borishda muhim rol o’ynaydi. Gemoglobin oqsil modda-globin va prastetik guruppa- gem dan iborat. Gem-protoporfirin bilan koordinatsion bog’ orqali bog’langan ikki valentli temir ionini saqlagan beqaror birikmadir. Gemoglobin molekulasi tarkibiga 4 ta gem kiradi. Uning molekulasidagi 4 atom temirning har qaysisi o’z valentligini o’zgartirmay bir molekula kislarodni biriktiradi. Gemoglobinning oqsil qismi-globinda 4 ta polipeptid zanjir bor. U gemni oksidlanishdan saqlaydi.Gemoglobinda konsentrlangan sirka  kislata va natriy xlorid tasir ettirilganda gem globindan ajraladi, ikki valentli temir uch valentligacha oksidlanadi va gem xlor anionini saqlagan geminga aylanadi.Geminni 1929-yilda G.Fisher sintez qilgan. Xlorofill. Barglarining yashil pigmenti –xlorofil bir jinsli modda emas. U ko’k-yashil rangli xlorofil a va sariq-yashil rangli xlorofil b ning taxminan 3:1 nisbatdagi  aralashmasidir.  Xlorofill a to’yinmagan fitol spirt C20H39OH qoldig’ini saqlagan porfilinning magniyli kompleksi bo’lib, quyidagi tuzulishga ega:  Xlorofil b  xlorofil a dan II halqadagi  --CH3 gruppasi o’rnida aldegid gruppa--COH bo’lishi bilan farq qiladi. 1903-yilda rus olimi M.S.Svet a  xlorofilni xlorofil b dan ajratishning adsorbsion xromatografiya usuluni kashf etdi. M.S.Svet   asos solgan adsorbsion xromatografik analiz metodi hozirgi vaqtda organik moddalarni ajratish va tozalashning muhim usullaridan biri bo’lib laboratoriyalarda, xususan sanoatda keng qo’llaniladi.  Xlorofil o’simliklarga boradigan fotosintez jarayonida ishtirok etadi. 1960-yilda R.Vudvord  xlorofillni sintez qildi.                   

Ekologik madaniyat

Xabarlar

Tabiat   yer   yuzasidagi   jamiki   tirik   mavjudot   uchun muqaddas  go’shadir.  Tabiat   ularni   to’ydiradi,   kiydiradi,   issiq   va  sovuqdan  asraydi.   O’z  navbatida   tirik  mavjudod  ham  tabiatga  mehr  qo’yadi.   Bu  mehr  tabiatni  asrash,  uning  boyliklarini  ko’paytirish  tuyg’usi  bilan  uyg’unlasha  olsagina  haqiqiy  sanaladi.  Yaqin  o’tmishimizda  biz  “Tabiatni  sevamiz”  deb  bong  urdigu,  biroq  uni  asrab-avaylash  ishiga  ma’sul  ekanligimizni  unutib  qo’ydik.  Ana  shu  mas’uliyatsizligimiz   “Ekologiya “  deb  nomlanuvchi  yangi  fanga  zamin  yaratdi. “Ekologiya”  so’zi  “eko” –uy,  turar-joy,  “logos”  fan  so’zlaridan  olingan  bo’lib,  u  atrof-muhitning  buzilishi  va  bunga  sabab  bo’lgan  omillar,  muhit  halokatining  oldini  olish  chora-tadbirlarini  ishlab  chiqish  borasidagi  bilimlarni  targ’ib  etish asoslarini  o’rganadi.      Yangi   asrning   barkamol   kishisi   o’zida  ekologik   madaniyat   unsurlarini   ham  namoyon  eta  olishi  zamon  talabidir.  Ekologik  madaniyat -bu  atrof- muhit  to’g’risida  chuqur  bilimga,  tabiatni  asrash  tuyg’usiga  ega  bo’lish,  o’simliklar  hamda  hayvonlarga   nisbatan  g’amxo’rlik  ko’rsatishga,  tabiat  zahiralaridan  oqilona foydalanish,  ularni  ko’paytirish  borasida  qayg’urishga  qaratilgan amaliy  faoliyatning  yuksak  ko’rsatkichidir.     Ana  shu  xislatlarni  o’zida aks  ettira  olgan  insonni  ekologik  madaniyat  egasi,  deb  atash mumkin.         Iste’moldan  ortiqcha  suv  jo’mraklardan  oqishiga  yo’l qo’ymaslik,  suv  havzalarini  ifloslantirmaslik,   axlatni  duch  kelgan  joyga  to’kmaslik,  turar  joylarni  ozoda  saqlash,  ko’chat  va  gullarni  sindirmaslik  hamda  ularni  ekish,  hayvonlarga  g’amxo’rlik   qilish,  qushlarni  parvarishlash,  xonadon  va xiyobonlarni  gulzorga  aylantirish  kabi  harakatlarni  amalga  oshirish  ekologik  madaniyatlilikning  eng  oddiy  ko’rinishlari  sanaladi.       Hozirgi   davrda   inson   va   tabiat,  fan- texnika    taraqqiyoti   va   atrof -muhit,  jamiyat  va   ekologiya    o’rtasida   nomutanosiblik   vujudga    kelayotir.  Bularning   barchasi    ekologik   madaniyatni   yanada   yuksaltirish   masalasini     ko’ndalang   qo’ymoqda.     O’rta  asrlarda  yashab  ijod  etgan  allomalar  tabiat  va  ulardagi  muvozana,   hayvonot  olami  va  o’simliklar  dunyosi,  atrof- muhitni  e’zozlash  haqida  qimmatli  fikrlar  aytganlar.        Muhammad  Muso  Al -Xorazmiy   risolaridan  birida  odamlarni  daryoga  mehrli  bo’lishiga  da’vat  qiladi,  agar   daryoning  ko’zlari  yoshlansa,  uning  boshiga  g’am  kulfati  tushgan  bo’ladi,  deydi. Ehtimol ,  buyuk  bobomiz  daryo  suvini  ortiqcha  isrof  qilmaslikni  ham  nazarga  tutgandir?       Abu  Rayhon  Beruniy  esa  tabiatning  davomiyligi  haqida  shunday  fikr  aytadi:  “Ekin  ekish  va  nasl qoldirish  bilan  daryo  to’lib  boraveradi”.        Zahiriddin  Muhammad  Bobur   “Boburnoma”  asaida  ko’rgan- kechirganlari,  brogan   joylarining  tabiati,  boyligi,  hayvonoti,  o’simliklari  va  odamlari,   xalqlarning -urf  odatlarini  tasvirlagan.  Unda  ter,  suv,  havo,  turli  tabiat  hodisalariga   tegishli  koplab fkirlar  bor.  Bobur  o’lkani  bilgan  kishilarni   hurmat   qilgan,  qadrlagan   va  ular  bilan  hamisha  maslahatlashgan.  Ayniqsa,  u  gullar,  manzarali  hamda  mevali  daraxtlarni  ko’paytirishga  etibor  bergan.         Madaniyatli  kishi  tabiat  va  jamiyat  o’rtasidagi  muvozanatni  saqlaydi,  bu  borada  boshqalarni  ham  to’g’ri  faoliyat  ko’rsatishiga  davat  etadi,  hech  bo’lmaganda  ko’chalarga   axlat    tashlanmasligiga,  suv  va  havo  ifloslanmasligiga   hissa  qo’shadi.      Ekologik  madaniyat  tarkibiga  tabiatni  muhovaza  qilish  madaniyati,  tabiat  boyliklaridan  foydalanish  madaniyati,  ekologik  tizimni  qaytadan  o’zgartirish  madaniyati  ham  kiradi.  Bular  bir  kishining  yoki  hududning  vazifasi  bo’la  olmaydi. Umuminsoniyat  bunday  vazifalarni  yechishga  birgalikda  kirishsagina  ekologik  muammolar  hal  bo’ladi.       Ma’lumki   tabiatda  hamma  narsa  bir- biriga  uyg’undir.  Fan-texnika  yutuqlaridan  unumli  foydalanayotgan  inson  esa  ana  shu  uyg’unlikni  buzmoqda,  unga  nisbatan  shavqatsizlarcha  munosabatda  bo’lmoqda.  Tabiiy  boyliklardan:  suvdan,  yerdan  o’rinsiz  foydalanish  ekologiyani   o’zgartirib  yubordi.  Qishloq xo’jaligi  ekinlarni  noto’g’ri  rejalashtirish,  kimyoviy  o’g’tlarni  haddan  ziyot  ko’p  qo’llash  yer  unumdorligi  va  inson  salomatligiga   salbiy  tasir  ko’rsatmay  qolmayapti.  Korxonalardan  oqib  chiqayotgan  zararli  oqavalar  suv  havzalarini  ifloslantirib  birinchi  navbatda   hayvonot  olami  va  o’simliklar   dunyosiga  ofat  keltirmoqda.    Transport  vositalaridan    chiqayotgan   tutun –gaz   havoning  tozaligini   buzmoqda.  Bularning  barchasi  insongdan  ekologil madaniyatni  talab  etmoqda.   1992 -yil  9- dekabrda  “Tabiatni  muhofaza  qilish  to’g’risida”gi  qonun  qabul  qilindi.      “Sog’lom  avlod  davlat  dasturi”  va  “Ekologik   talim –tarbiya  konsepsiyasi”  ishlab  chiqildi,  ”Ekosan”  jamg’arnasi  tuzildi,  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  tabiatni  muhofaza  etish  va  ekologiyaga   oid  zarur hujjatlar  qabul  qilib,   ekologiya  ishlarining  huquqiy  asosini  yaratdi.        Aslida  ekologik  madaniyat  tabiatni  barcha  go’zalliklari   bilan  his  qilishdan,  sevishdan   boshlanadi.  Insonning  tabiat  kuchlari- sovuq  va  issiq ,  qurg’oqchilik,   yong’inlar,  turli  ofatlar  ustidan  g’alabasi  unga  bo’lgan  munosabatini  o’zgartiradi.  Bu  ko’r- ko’ronalikdan  asta-  sekin  ongli  munosabatga  aylana  boradi.  Tabiatga  bo’lgan  mehr  tuyg’usi  boyib,  unga  munosabat   shaxs  madaniyatining  ajralmas  bir  bo’lagini  tashkil  etadi.        Har  bir  inson  tabiatdan  bahra  oladi.  Ammo  bu  hali  tabiatga  muhabbat  degani  emas.  Tabiatga  muhabbat  uni  tushunishdan, uning  gozalliklarini  anglashdan,  tabiat  bilan  munosabatga  kirishishdan  boshlanadi.     O’z  navbatida,  tabiat   insonda  kuzatuvchanlik,   sezgirlik,  mazokatlilik   kabi   tuyg’ularini   tarbiyalaydi.  Bu  insonda  ikki  ko’rinishda:  tabiatga  va  o’ziga  bo’lgan  munosabatlarda  namoyon  bo’ladi.      Inson  tabiatdan  faqat  zavqlanishni  emas,  balki  uni  yaxshi  tushunishni  ham  o’rganadi.  Natijada  o’zligini  his  qilib,  tabiatda  unga  inson  bo’lish  inkonini  bergan  ”narsa” ni ,  yani   insonga  xos  madaniyat  hislarini  topishga  intiladi .  Demak,  insoniy  tuyg’ular  tabiatga  mehr  bilan  qarashdan  oziq  oladi.      Tabiat  insonda  vatan  tuyg’usini  uygotadi,  uni  mehnat  va  jasoratga  undaydi,  juda  ko’p  tuyg’ularni  kamol  toptiradi  hamda  ko’p  narsalarni   talab  etadi.   Madaniyatli,   ma’naviy  kamol  topgan inson  uchun  o’z  Vatani  tabiatini  muhfaza  qilish  hayoti  va  faoliyatining   uzviy  qismiga  aylanib  qoladi.

Viktorina savollari N2

Xabarlar

FIZIKAdan viktorina savollari.1.    1 Quloch qadimgi o’lchov birligi bo’lib, o’rtacha odam ikki qo’lini yozganida barmoq uchlari orasidagi uzunlikka teng. Bu birlik qayerda qanday (necha sm ) bo’lgan?Javob: Buxoroda 1Q = 142,24 sm,  Farg’onada 1Q = 167,5 sm2.    Siderik yil (s.y) yerning quyosh atrofidagi orbitasida 1 marta aylanib chiqish vaqti 1 s.y  qancha vaqt davom etadi?Javob: 1 s.y= 365, 2536 sutka=365 sutka 6 soat 9 minut 10 sekund.3.    Oy tutilishi uning qaysi chetidan boshlanadi va to’la tutilishi qancha vaqt davom etadi?Javob:Shimoliy yarim sharlarda chap chetidan va janubiy yarim sharlarda  o’ng chetidan boshlanadi. To’la tutilishi 1 soat 50 minut davom etadi.4.    Qadimgi uzunlik birligi bo’lgan bir gaz (G) necha smga teng?Javob: Toshkent, Samarqand va Turkistonda 1G = 1,24 arshin (olchin)=88,9sm, Agndijon va Marg’ilonda 1G= 83-85 sm.5.    Qadimgi og’irlik birligi bo’lgan 1 botmon (B) necha pud (P)ga teng?Javob: Buxoroda 1B = 7P,   Jizzaxda 1B = 8P,   Qozonda 1B = 4,5P6.    Jism og’irligiga teng kuch bilan uni yerdan ko’tarish mumkinmi?Javob: Yo’q, chunki kuchlar muvozanatda bo’ladi7.    Zambarakdan  vertikal yo’nalishda otilgan snaryad qaytib snaryad stvoliga tushadimi?Javob: Yo’q, chunki snaryad yerning tortish kuchi va havoning  qarshilik kuchini yengib, oxirgi “o’lik” nuqtaga yetib borib, otilgan joyga qaytib kelguncha ma’lum vaqt o’tadi. Bu vaqt davomidazambarak  yer bilan birga siljigan bo’ladi.8.    Agar ichiga suv to’ldirilgan va hamma tomoni zich berkitilgan yupqa yog’och yashikka qaratib kichik kalibrli miltiqdan o’q uzilsa, qanday hodisa sodir bo’ladi?Javob: Paskal qonuniga ko’ra yashik suvga to’la bo’lgani uchgun o’qning katta bosiumi uning hamma devorlari bo’ylab teng tarqaladi va yashik parchalanib ketadi.9.    Lift qanday tezlkanishda va qanday yo’nalishda harakatlanganida undagi odam vazinsizlik holatida bo’ladi?Javob: Erkin tushish tezlanishida, pastga.10.    Kosmik kema ichidagi kosmonavtlar chanqaganlarida qanday suv ichadilar?Javob: Maxsus butilkasimon idishdan..11.    Oyda odamlar bir – birlari bilan qanday gaplashadilar?Javob: Radioaloqa vositasida gaplashadilar.12.    Stansiyaga kelib to’xtagan poyezd vagonlari g’ildiraklarini temiryo’l  xizmatchisi bolg’acha bilan urib chiqayotganini kuzatamiz. Nima uchun shunday qilinadi?Javob: G’ildiraklar butunligini tekshirish uchun.13.    Mayatnikni havodan suvga tushirsak, uning tebranish davri qanday o’zgaradi?Javob: Ortadi,chunki mayatnikning harakatiga qarshilik ortadi.14.    Jyul Vernning  “Zambarakdan oyga” nomli romanini o’qigan bo’lsangiz kerak. Unda sayohat davomida yo’lovchilar o’lgan itning murdasini tashqariga otib yuboradilar. Aytingchi, yo’lovchilar qanday g’aroyib voqeani kuzatadilar: tashlab yuborilgan murda Yerga qaytib tushadimi?Javob: Yerga qaytib tushmay  apparat bilan harakatini davom ettiradi. Bo’shliqda barcha jismlar bir xil tezlikda harakatlanadi. Yerrning tortishish kuchi barcha jismlarga bir xil tezlanins beradi.15.    Noaniq tarozida aniq tortishning bir necha usullari mavjud. Shu usullardan biri D.I. Mendeleyev usulidir. Bu usulni tushuntiring.Javob:  Kimyogar olim D.I. Mendeleyev tomonidan taklif qilingan usul quyidagicha: Tortish tarozi pallalarining biriga biror yuk (qanday bo’lishning farqi yo’q – tortilayotgan yukdan og’ir bo’lsa bas) qo’yishdan boshlanadi. Bu yuk tarozining ikkinchi pallasiga toshlar qo’yib, muvozanatga keltiriladi. So’ngra toshlar qo’yilgan pallaga og’irligini aniqlash kerak bo’lgan yuk qo’yiladi va  muvozanatni qayta tiklash uchun zarur miqdorda toshlar olinadi. Olingan tarozi toshlarining og’irligi aniqlanishi kerak bo’lgan yukning  og’rligiga teng; u tarozining bir pallasida olingan toshlar o’rnini bosadi, demak, og’irliklari ham bir xil bo’ladi.16.    Likopchaga biri suvda qaynatib pishirilgan va ikkinchisi pishirilmagan xom tuxum qo’yilgan. Tuxumlarning po’tlog’ini sindirmay turib pishirgan yoki pishmaganligini oldindan qanday aniqlash mumkin?Javob: Tuxumni stol ustiga aylantirib yoki uni ipga bog’lab aylantirib ko’rish kerak. Pishgan tuxum yaxlit jism kabi inersiyasi bo’yicha ko’proq aylanadi, xom tuxum esa ichgidagi suyuqlik o’zining inersiyasi tufayli aylanishga to’sqinlik qilishi sababli tez tormozlanadi (to’xtaydi).17.    Tangani kata, yassi likopchaga qo’yib, unga tangani ko’madigan miqdorda suv quying. Savol: tangachaga qo’l tekkizmay, quruq tangachani quruq qo’l bilan olish mumkinmi?Javob?  Mumkin. Buni bitta stakan va bir parcha qog’oz yordamida bajarish mumkin. Buning uchun qog’ozni yondirib stakan ichiga tashlang, keyin stakanni tezda likopchadagi tanga yoniga, og’zini pastga qaratib qo’ying. Yonayotgan qog’oz o’chadi, stakan  oq  tutunga  to’ladi, keyin  uning  tagiga  o’zidan  o’zi likopchadagi hamma suv so’riladi. Tanga esa o’z joyida qoladi. 1 daqiqadan so’ng quruq  tangani barmoqlaringizni suvga tekkizmay qo’lga olasiz. Bunda stakan ichidagi havo bosimi ortib, uning bir qismi tashqariga chiqib ketadi. Qog’oz yonishi to’xtagach, undagi bosim kamayadi, tashqaridagi atmosfera bosimi ta’sirida likopchadagi  hamma suv stakan ostiga yig’iladi.18.    Odatda, hazil tariqasida beriladigan savol bor: qaysi biri og’irroq – 1 tonna  yog’ochmi yoki 1 tonna temirmi?1 tonna yog’och 1 tonna temirdan og’irroq deb javob berilsa nima deysiz?Javob: 1 tonna yog’och 1 tonna temirdan og’irroq, chunki Arximed qonuni gaz muhitda ham qo’llaniladi.Har qanday jism o’zi siqib chiqargan havo hajmining og’irligiga teng bo’lgan vaznni “yo’qotadi”. Ularning haqiqiy vaznlarini bilish uchun havoda yo’qotilgan og’irliklarni qo’shish kerak: 1 tonna temir + temir egallagan hajmdagi havoning og’irligi; 1 tonna yog’och + yog’och egallagan hajmdagi havoning og’orligi. 1 tonna yog’och egallagan havo hajmi 2 m kub, 1 tonna temir egallagan havo hajmi 1/8 m kub ni tashkil etadi. Demak, ular egallagan hajmlar og’irligi orasidagi farq 2,5 kgga teng. 1 tonna yog’och 1 tonna temirdan 2,5kgga og’irroq ekan.    19.    Quyosh Yerni yozda qishdagiga qaraganda necha marta kuchliroq yoritadi?Javob: Quyosh Yertni yozda qishdagidan taxminan 10 marta kuchli yoritadi(Yozda – 100 000 lyuks, qishda 10 000 lyuks). 20.    Atom diametri o’zining yadrosi diametrida necha marta kata?Javob: 10 000 – 100 000 marta katta.21.    Bo’sh shisha butulkaga tutun qamaldi. Butulkaga suv yoki boshqa biror suyuqlik quymasdan, uning ichidagi tutunni chiqarin yuborish mumkinmi?Javob: Mumkin, Gugurt donasini chaqib, u yonib turgan paytda tez butulka ichiga tashlash kerak. Tutun tezda butulka ichidan siqib chiqariladi.22.    Nima uchun qaynoq suv quyilganda qalin devorli shisha stakanning  yorilish hodisasi yupqa devorli shisha stakaniga nisbatan ko’proq kuzatiladi?Javob: Shisha issiqlikni yomon o’tkazadi. Stakan  devoir ancha qalin bo’lsa, uning ichki va tashqi sirtlarining temperaturalari farqi shuncha katta bo’ladi. Shuning uchun issiq suv quyilganda uning ichki qizigan qismi kengayadi va  tashqi sirti esa isib ulgurmaydi, natijada stakanning yorilish ehtimoli ortadi.23.    Nimaninh uzunligi, chuqurligi, kengligi, balabdligi yo’q – ku, biroq uni o’lchash mumkin?Javob: Vaqt va harorat.24.    Stakanga kerosin, Kolbaga esa suv solingan. Boshqa idishda foydalanmay qanday qilib stakandagi kerosinni – kolbaga, kolbadagi suvni – stakanga quyib olish mumkin?Javob: Kolbaning og’zini qog’oz tasma bilan berkitib, kaftingiz bilan siqing va uni to’nkaring. Kolba bo’g’zini stakanga tushirib, qog’oz tasmani tortib oling.25.    Miltiqdan otilgan o’qni qo’l bilan ushlab olish mumkinmi?  Qanday sharoitda?Javob:Ha,agar odam o’q bilan bir yo’nalishda va  bir xil tezlikda harakatlanayotgan uchish apparatida bo’lsa.26.    G’alvirda suv tashish mumkinmi  yokibu faqat ertaklarda boladimi?Javob: Mumkin. Ma’lumki, agar g’alvirning sim to’ri parafinning yupqa ko’z ilg’amas qatlami bilan qoplangan bo’sa.27.    Odatda metal buyumlar suvda cho’kadi.Po’lat ignani suvda cho’kmaydigan qilish mumkinmi?Javob:Ha, agar igna yupqa yog’ pardasi bilan qoplangan bo’lsa.28.    Agar po’stin isitmaydi, deb ishontirishga harakat qilishsa, nima degan bo’lar edingiz.Javob: Ha, u isitmaydi ham, sovutmaydi ham, chunki  po’stin o’zi o’rab turgan muhitni tashqi muhdan saqlaydi, xolos.29.    Stulda gavdani  tik tutgan holda  o’tirgan odam bog’lanmagan bo’lsa ham, oyoqlarini stul ostiga surmay va gavda holatini o’zgartirmay stuldan tura oladimi?Javob: Yo’q, o’tirgan odamning og’irlik markazi uning kindigidan 20 sh yuqoriroqqa bo’ladi. Shu nuqtadan pastga tik chiziq tushirilsa, stul tagiga, oyoq kaftlarining orqasiga tushadi. Odam o’rnidan turishi uchunbu chiziq oyoq kaftlari orasidan o’tishi kerak.  30.    Odam tanasi haroratining me’yori 36,70C ni tashkil etadi. Tabiiyki bu harorat atrof muhit haroratidan har doim baland. Fizikadan ma’lumki, odam tanasi ham atrof muhit bilan issiqlik almashiniv jarayonida qatnashadi: qonunga ko’ra issiq jismlar o’zidan sovuqroq jismlarga energiya uzatib, natijada tana va muhit harorati tenglashishi, ya’ni tana harorati pasayishi kerak. Biroq odam tanasi harorati doimobirday saqlanadi. Bu hodisani qanday tushuntirish mumkin?Javob: Organizm hujayralarida ekzotermik reaksiya: C2+ 2O2=2CO2+Q   bo’ladi. Bundan tashqari tana harorati almashiniv jarayonlari hisobiga intensive issiqlik ajralishi tufayli saqlanib turadi.   

D.I. Mendeleyevning hayoti va ijodi.

Xabarlar

Mendeleyev hayoti va ilmiy faoliyati. Davriy qonun                                va davriy sistemaning ahamiyati.Dimitriy  Ivanovich  Mendeleyev 1834-yil  27-yanvar (8-fevral)da  Tobolsk  shahrida  gimnaziya  direktori  oilasida  tug’ildi.U  Tobolsk  gimnaziyasini  tugatib ,Peterburg  pedagogika   institutida  o’qidi  va  uni  1855-yilda oltin  medal  bilan  tamomladi. 1859-yilda  “Solishtirma  hajmlar”  mavzusida  magistrlik  dissertatsiyasini  himoya  qilgandan  keyin  ikki  yil  davomida   chet  elda  ilmiy   safarda  bo’ldi. Xorijdan  qaytgandan  keyin  33  yil  davomida, dastlab  Peterburg  Texnologiya  institutida, keyin  Peterburg Universitetida professor  lavozimida  ilmiy  va  pedagogik  ish  olib  bordi.   1869-yilda  D.I.Mendeleyev  davriy  qonunni   kashf  etdi  va  kimyoviy  elementlar  davriy  sistemasini  yaratdi. U  “Spirtning  suv  bilan  birikishi” va  “Eritmalarni  assotsiatlar sifatida  tushunish “  mavzusida  doktorlik  dissertatsiyasini  yoqladi.    D.I.Mendeleyevning  ilmiy  faoliyati  juda  ko’p  qirrali  bo’lib, uning  pedagogik  merosi  o’ziga  xos  qiymatga  ega. U  1861-yilda  organik  kimyodan   birinchi  darslikni yozdi. Ayniqsa  ,uning  2  tomonlik  “Kimyo  asoslari “  asari  kimyogarlarning   bir  necha  avlodini  tarbiyalash  uchun  xizmat  qildi.   Mashhur rus  olimi  L.A.Chugayevning  ta’ biri  bilan  aytganda “D.I.Mendeleyev  genial  kimyogar, birinchi  darajali  fizik, gidrodinamika, metrologiya, geologiya,kimyo  texnologiyasining  turli  sohalarida  unumli  izlanish  olib  brogan  olim, kimyo  sanoatini   mukammal  biladigan  ajoyib  mutaffakkir”  bo’lgan. U Rossiya  kimyogarlar  jamiyatini  tuzgan (1868 ) tashabbuskorlardan  biri  edi.  Hozir  bu  jamiyat  D. I.  Mendeleyev  nomi  bilan  ataladi.Elementlar  davriy  jadvali  har  bir  kimyoviy  element  haqida  atroflicha  ma’lumot  olishga  muhim  ahamiyatga  ega.  Kimyoviy  elementlarning  juda  ko’p  xossalarini  ularning  davriy  jadvaldagi  o’rniga  qarab  aytib  berish  mumkin.Elementning  tashqi   qavaqtidagi  elektronlar  soniga  qarab,  bu  elementning  metal  yoki  metallmas  ekanligini,  kislorodga  nisbatan  yuqori  valentligini,  vodorod  bilan  uchuvchan  birikmasi  va  bu  birikmadagi  valentligini  aniqlash  mumkin. Kimyoning  fan  sifatida  shakllanishida  davriy  qonunning  ijobiy  ta’siri  juda  kata  bo’ldi.  1)    Atomlarning  ichki  tuzilishini  bilishga  va  atom  energiyasidan  foydalanishga  yo’l  ochildi.2)    Kimyoviy  elementlarni  kashf  qilishda  ularni  qaysi  minerallardan  izlash  kerakligini  aniq  reja  asosida  tashkil  etish  yuzaga  keldi.3)    XX  asrdagi  kimyo  va  fizika  fanlaridagi  kashfiyotlar  uchun  bosh  omil  bo’ldi.4)    Radioaktivlik  hodisasi,  radioaktiv  izotoplardan  texnikada,  tibbiyotda,  qishloq  xo’jaligida  keng  foydalanishga  imkon  yaratildi.  Davriy  qonun  va  kimyoviy  elementlarning  davriy  sistemasida  tabiatdagi  rivojlanishning  umumiy  ob’yektiv  qonuniyatlari  o’z  isbotini  topgan,  chunonchi;a)    Atomlar  yadro  zaryadlarining  ortib  borishi  va  tashqi  energetik  pog’onalarda  valent  elektronlar  sonining  ortib  borishi  bilan  elementlar  xossalarining  o’zgarisi,  tabiat  rivojlanishining  umumiy  qonuni  --  miqdor  o’zgarishlarining  tub  sifat  o’zgarishlarga  o’tish  qonuning  yaqqol  isboti  hisoblanadi.    b)Atom  yadrosida  musbat  zaryadlangan  zachalar,  ularning  atrofida  esa  manfiy  zaryadlangan  zarrachalarning  bo'lishi  ikki   qarama-qaqrshi  zaryadli   zarrachalarning  ma’lum  miqdoriy  nisbatlari  tufayli  atom  mavjud  ekanligi  tabiatning  yana  bir  qonuni--  qarama  qarshiliklar  birligi  va  ularning  kurashi  qonuninig  yaqqol tasdig’idir.d) Har  bir  davr  ishqoriy  metallardan  boshlanib  inert  gaz  bilan  tugaydi.  Bunda  yangi  davr  boshidagi  element  o’zidan  oldin  joylashgan  nodir  gaz  xossasidan  tubdan  farq  qiladi.  Bunday  tabiiy  hodisa  har  bir  yangi  davr  boshlanganda  kuzatiladi.  Shu yo’sinda  eng  muhim  qonunlaridan  biri—inkorni-inkor  qonuni  o’z  isbotini  topadi.Xulosa  qilib  shuni  aytish  lozimki,  davriy  qonun  va  kimyoviy  elementlar  davriy  sistemasi  insonda  ilmiy  dunyoqarashning  shakllanishi  uchun  ham  katta  ahamiyatga  ega.                                                                                                   

Kimyo fanidan test savollari

Xabarlar

Kimyodan testlar.1. Vant — Goff kimyoning qaysi sohasidagi yangiligi uchun kimyogar olimlar orasida birinchi bo’lib Nobel mukofotiga sazovor bo’lgan?A. Kolloid va fizik kimyo.B. Anorganik kimyo.C. Analitik kimyo.                    D. Organik kimyo.2. Kimyo fanining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan elektrolitik dissotsilanish nazariyasini yaratganligi sababli Nobel mukofotiga sazovor bo’lgan olim:A. E.Rezerford.    B.D.I.Mendeleyev.C. M.S.Kyuri.D. S.A.Arrenius.3. Bu oila a’zolari radioaktiv elementlarni kashf etish bo’yicha kimyo tarixida bir necha marta Nobel mukofotiga sazovor bo’lishgan. Ulardan biri ikki marta Nobel mukofotiga sazovor bo’lgan yagona olima hisoblanadi. Bu oilaning familiyasini ayting.A. Kleyton.B. Kyuri.C. Yuzef.D. Karrer.4. Sanoati rivojlangan ayrim shaharlarda zavod va bug’ qozonlaridan ajralib chiqqan gazlar tufayli kislotali yomgir yogadi. Bu qanday gazlar?A. Azot,kislorod,etan.B. Xlor,metan,vodorod.C.Azot,uglerod va oltingugurt oksidlari.D. Organik gazlar. 5. Ma`lumki rezina mahsulot tayyorlanishidan oldin kauchukka uning sifatini yaxshilovchi har xil qo’shimchalar, jumladan, oltingugurt kukuni ham qo’shilgan. Kunlardan birida bir olimning kalishidan suv o’tib ketadi. U uyiga kelgach, jahl bilan kalishini qizib turgan pechkaning ustiga otib yuboradi. Biroz vaqtdan keyin qarasa, kalishlar suyuqlanmagan. Kalishlar sovigandan keyin ancha mustahkam bo’lib qolgan edi. Pechkaga tashlangan oyoq kiyimida qanday kimyoviy jarayon sodir bo’lgan?A. Vulkanlanish.B. Erish. C. Kaogullanish.D. Kristallanish.6. Temir kolchedani ko’mir tarkibida ham mavjud.Ko’mir yonganda ko’ngilni aynitadigan qo’lansa hidli gaz ajralib chiqadi. Bu qanday gaz?A. Azot dioksidi.B. Vodorod xloridi.C. Ammiak.D. Oltingugurt oksidi.7. Tabiiy gaz toza organik yoqilg’i hisoblanadi. U chala yonganda zaharli gaz ajralib chiqadi. Bu gazning nomi:A. Metan.B. Etan.C. Oltingugurt oksidi.D. Azot oksidi.8. Tabiiy gaz tarkibida azot bo’lmaydi. Lekin uni qozonxona o’txonasiga yoqqanda uning tutuni tarkibida azot oksidlari uchraydi.  Azot oksidi tutun tarkibida qanday hosil bo’ladi?A. Gaz yaxshi yonishi uchun o’txonaga tarkibida azot va kislorod bo’lgan havo beriladi .B. Gaz yaxshi yonishi uchun o’txonaga tarkibida ozon va azot oksidi bo’lgan havo beriladi.C. Gaz yaxshi yonishi uchun o’txonaga tarkibida geliy va azot bo’lgan havo  beriladi.D. Gaz yaxshi yonishi uchun o’txonaga tarkibida argon va azot bo’lgan havo beriladi.9. Nemis kimyogari  I.Glauber osh tuzida sulfat kislota ta’sir ettirib, xlorid kislota olish usulini yaratdi. U kislotalar haydalgandan keyin qolgan qoldiq tuzni sinchiklab o’rganib, bu modda kuchli ich yumshatish xususiyatiga ega ekanligini aniqlagan.Bu tuzning nomini ayting.A. Osh tuzi.B. Hayot eleksiri.C. Bertole tuzi.D. Glauber tuzi.10. Bu qomusiy olim oltin simob qo’rg’oshin kumush, mis, temir va qalayning solishtirma og’irligini shu darajada aniq topganki, oradan deyarli ming yil o’tib zamonaviy usullar yordamida aniqlangan solishtrma og’irlik bilan solishtirilganda ular orasidagi farq atigi 0,1…0,3 %ni tashkil etadi. Bundan tashqari, u juda ko’p minerallarning xossa va xususiyatlarini ham to’liq tavsiflab bergan. Olimning nomini ayting.                                 A.    Ibn Sino.B.    Abu Rayhon Beruniy.C.    Ar-Roziy.D.    Al-Xorazmiy.11. Kimyo tarixidan ma’lumki, yog’ yoki shakar kabi tabiiy moddalar organik moddalar, suv va tuz kabi jonsiz tabiatga xos bo’lgan moddalar anorganik  moddalar deb ataladi. Moddalarni shunday atashni birinchi bo’lib qaysi olim taklif qilgan?A.    Y.Y. Berselius.B.    A.V. Kolbe.C.    M.G. Kucherov.D.    S.Y. Yunusov.12. Kraxmaldan shakar olish usulini ixtiro qilgan olimning nomini ayting. A.   A. Bayer. B.   K.S. Kirxgof. C.   F.A. Kekule.                     D.   Abu Rayhon Beruniy.13. Ma`lumki, ba`zi  organik moddalarning kimyoviy formulasi bir xil bo’lsa-da, ular kimyoviy xossalari bilan bir-biridan keskin farq qiladi. Uzum va vino kislotalari turli xil bo’lishiga qaramasdan bir xil emperik  formula bilan ifodalanadi. Kimyogarlardan biri 1830-yilda bunday birikmalarni izomeriya deb atashni taklif qilgan. Qaysi kimyogar bu taklifni kiritgan?A.    Y.Y.Berselius.B.    A.M.Butlerov.C.    M.E.Shevrel.D.    F.F.Belshyeyn.14. Davriy qonunning kashf etilishiga  qanday  tadqiqotlar asos qilib olingan?A.    Kimyoviy elementlarning nomining birliklarini aniqlash va ularni sistemaga keltirish.B.    Molekulalar nazariya va kimyoviy elementlarning birikmalar shaklini aniqlash.C.    Har xil kimyoviy elementlar birikmasi kristall shakllarining o’xshashligini o’rganish. D.Elementlarning atom tuzilishi va elementlar fizik va kimyoviy xossalarining davriy ozgarishi.D.    15. Rus kimyogarlaridan biri kimyoviy reaksiya vaqtida bir moddaning ikkinchi moddaga aylanishi natijasida hosil bo’ladigan issiqlik miqdori bir xil bo’lish qonunini ochgan.Bu qonun qanday nomlanadi ?A.    Gress qonuni.B.    Orexov qonuni.C.    Nesmeyanov qonuni.D.    Maroviov qonuni. 16. 1867-yilda nemis kimyogari Adolf Bayer indigo bo’yog’ning sintezi ustida tadqiqotlar olib borgan. 1868-yili uning shogirdi Karl Gryobe esa birinchi bo’lib tabiiy bo’yoqni sintez qilgan. Bu bo’yoqning nomi qanday natalgan?A.    Kongo qizili.B.    Alizarin .C.    Bayer bo’yog’i.D.    Anilin qizili.17. Shveysariyalik kimyogar K. F. Shyonben ish jarayonida nitrat va sulfat kislota aralashmasini tasodifan to’kib yuboradi va aralashmani paxta fartuk bilan artib oladi, keyin fartukni pechka ustiga qurutishga qo’yadi. Fartuk qurishi bilan kuchsiz portlash yuz berib, fartuk uchib ketadi. Qanday modda bunday portlashga sabab bo’lgan?A.    Nitroselluloza.B.    Alfa selluloza.C.    Sulfat selluloza.D.    Gemiselluloza       18. Sof holatda bu elementni olish ustida ishlagan olimlardan bir nechta olimlar halok bo’lishgan. Ingliz kimyogarlari aka-uka  Nokslar, fransuzlardan Gey-Lyussak va L.J.Tenar jarohat olishgan. Uni hatto mashhur olim M.Faradey ham ololmagan. 1886-yili fransuz kimyogari A.Muassan bu “qo’lga tushmas qasoskor”ni sof holda olganini e’lon qilgan. Bu paytda uning bir ko’zi jarohat tufayli bog’liq edi. Olimlarni ko’p yillar sarson qilgan elementning nomini ayting.A.    Azot.B.    Xlor.C.    Ftor. D.    Brom.19. Tarkibida uglerod bo’lgan moddalarning holatini tushuntirish masalasi kimyoviy tuzilish nazariyasi orqali uzil-kesil hal qilingan.Bu nazariyaning muallifi kim?A.    A.F.Kekule.B.    V.V.Markovnikov.C.    A.M.Butlerov.D.    K.E.Erlenmeyer.20. Norman Lokyer 1868-yilda quyoshdan vaqti-vaqti bilan ajralib chiqadigan juda katta plazma spektrlarini o’rganish jarayonida, avval fanga noma’lum bo’lgan bir qancha spektr chiziqlarini kuzatgan. Lokyer yangi kimyoviy element ixtiro qilgani anglagan va uni quyosh so’zining grekcha nomi bilan atagan.Bu qaysi kimyoviy element edi?A.    Geliy. B.    Argon.C.    Vodorod.D.    Kislorod.

Viktorina savollari

Xabarlar

     FIZIKAdan viktorina savollari.1.    1 Quloch qadimgi o’lchov birligi bo’lib, o’rtacha odam ikki qo’lini yozganida barmoq uchlari orasidagi uzunlikka teng. Bu birlik qayerda qanday (necha sm ) bo’lgan?Javob: Buxoroda 1Q = 142,24 sm,  Farg’onada 1Q = 167,5 sm2.    Siderik yil (s.y) yerning quyosh atrofidagi orbitasida 1 marta aylanib chiqish vaqti 1 s.y  qancha vaqt davom etadi?Javob: 1 s.y= 365, 2536 sutka=365 sutka 6 soat 9 minut 10 sekund.3.    Oy tutilishi uning qaysi chetidan boshlanadi va to’la tutilishi qancha vaqt davom etadi?Javob:Shimoliy yarim sharlarda chap chetidan va janubiy yarim sharlarda  o’ng chetidan boshlanadi. To’la tutilishi 1 soat 50 minut davom etadi.4.    Qadimgi uzunlik birligi bo’lgan bir gaz (G) necha smga teng?Javob: Toshkent, Samarqand va Turkistonda 1G = 1,24 arshin (olchin)=88,9sm, Agndijon va Marg’ilonda 1G= 83-85 sm.5.    Qadimgi og’irlik birligi bo’lgan 1 botmon (B) necha pud (P)ga teng?Javob: Buxoroda 1B = 7P,   Jizzaxda 1B = 8P,   Qozonda 1B = 4,5P6.    Jism og’irligiga teng kuch bilan uni yerdan ko’tarish mumkinmi?Javob: Yo’q, chunki kuchlar muvozanatda bo’ladi7.    Zambarakdan  vertikal yo’nalishda otilgan snaryad qaytib snaryad stvoliga tushadimi?Javob: Yo’q, chunki snaryad yerning tortish kuchi va havoning  qarshilik kuchini yengib, oxirgi “o’lik” nuqtaga yetib borib, otilgan joyga qaytib kelguncha ma’lum vaqt o’tadi. Bu vaqt davomidazambarak  yer bilan birga siljigan bo’ladi.8.    Agar ichiga suv to’ldirilgan va hamma tomoni zich berkitilgan yupqa yog’och yashikka qaratib kichik kalibrli miltiqdan o’q uzilsa, qanday hodisa sodir bo’ladi?Javob: Paskal qonuniga ko’ra yashik suvga to’la bo’lgani uchgun o’qning katta bosiumi uning hamma devorlari bo’ylab teng tarqaladi va yashik parchalanib ketadi.9.    Lift qanday tezlkanishda va qanday yo’nalishda harakatlanganida undagi odam vazinsizlik holatida bo’ladi?Javob: Erkin tushish tezlanishida, pastga.10.    Kosmik kema ichidagi kosmonavtlar chanqaganlarida qanday suv ichadilar?Javob: Maxsus butilkasimon idishdan..11.    Oyda odamlar bir – birlari bilan qanday gaplashadilar?Javob: Radioaloqa vositasida gaplashadilar.12.    Stansiyaga kelib to’xtagan poyezd vagonlari g’ildiraklarini temiryo’l  xizmatchisi bolg’acha bilan urib chiqayotganini kuzatamiz. Nima uchun shunday qilinadi?Javob: G’ildiraklar butunligini tekshirish uchun.13.    Mayatnikni havodan suvga tushirsak, uning tebranish davri qanday o’zgaradi?Javob: Ortadi,chunki mayatnikning harakatiga qarshilik ortadi.14.    Jyul Vernning  “Zambarakdan oyga” nomli romanini o’qigan bo’lsangiz kerak. Unda sayohat davomida yo’lovchilar o’lgan itning murdasini tashqariga otib yuboradilar. Aytingchi, yo’lovchilar qanday g’aroyib voqeani kuzatadilar: tashlab yuborilgan murda Yerga qaytib tushadimi?Javob: Yerga qaytib tushmay  apparat bilan harakatini davom ettiradi. Bo’shliqda barcha jismlar bir xil tezlikda harakatlanadi. Yerrning tortishish kuchi barcha jismlarga bir xil tezlanins beradi.15.    Noaniq tarozida aniq tortishning bir necha usullari mavjud. Shu usullardan biri D.I. Mendeleyev usulidir. Bu usulni tushuntiring.Javob:  Kimyogar olim D.I. Mendeleyev tomonidan taklif qilingan usul quyidagicha: Tortish tarozi pallalarining biriga biror yuk (qanday bo’lishning farqi yo’q – tortilayotgan yukdan og’ir bo’lsa bas) qo’yishdan boshlanadi. Bu yuk tarozining ikkinchi pallasiga toshlar qo’yib, muvozanatga keltiriladi. So’ngra toshlar qo’yilgan pallaga og’irligini aniqlash kerak bo’lgan yuk qo’yiladi va  muvozanatni qayta tiklash uchun zarur miqdorda toshlar olinadi. Olingan tarozi toshlarining og’irligi aniqlanishi kerak bo’lgan yukning  og’rligiga teng; u tarozining bir pallasida olingan toshlar o’rnini bosadi, demak, og’irliklari ham bir xil bo’ladi.16.    Likopchaga biri suvda qaynatib pishirilgan va ikkinchisi pishirilmagan xom tuxum qo’yilgan. Tuxumlarning po’tlog’ini sindirmay turib pishirgan yoki pishmaganligini oldindan qanday aniqlash mumkin?Javob: Tuxumni stol ustiga aylantirib yoki uni ipga bog’lab aylantirib ko’rish kerak. Pishgan tuxum yaxlit jism kabi inersiyasi bo’yicha ko’proq aylanadi, xom tuxum esa ichgidagi suyuqlik o’zining inersiyasi tufayli aylanishga to’sqinlik qilishi sababli tez tormozlanadi (to’xtaydi).17.    Tangani kata, yassi likopchaga qo’yib, unga tangani ko’madigan miqdorda suv quying. Savol: tangachaga qo’l tekkizmay, quruq tangachani quruq qo’l bilan olish mumkinmi?Javob?  Mumkin. Buni bitta stakan va bir parcha qog’oz yordamida bajarish mumkin. Buning uchun qog’ozni yondirib stakan ichiga tashlang, keyin stakanni tezda likopchadagi tanga yoniga, og’zini pastga qaratib qo’ying. Yonayotgan qog’oz o’chadi, stakan  oq  tutunga  to’ladi, keyin  uning  tagiga  o’zidan  o’zi likopchadagi hamma suv so’riladi. Tanga esa o’z joyida qoladi. 1 daqiqadan so’ng quruq  tangani barmoqlaringizni suvga tekkizmay qo’lga olasiz. Bunda stakan ichidagi havo bosimi ortib, uning bir qismi tashqariga chiqib ketadi. Qog’oz yonishi to’xtagach, undagi bosim kamayadi, tashqaridagi atmosfera bosimi ta’sirida likopchadagi  hamma suv stakan ostiga yig’iladi.18.    Odatda, hazil tariqasida beriladigan savol bor: qaysi biri og’irroq – 1 tonna  yog’ochmi yoki 1 tonna temirmi?1 tonna yog’och 1 tonna temirdan og’irroq deb javob berilsa nima deysiz?Javob: 1 tonna yog’och 1 tonna temirdan og’irroq, chunki Arximed qonuni gaz muhitda ham qo’llaniladi.Har qanday jism o’zi siqib chiqargan havo hajmining og’irligiga teng bo’lgan vaznni “yo’qotadi”. Ularning haqiqiy vaznlarini bilish uchun havoda yo’qotilgan og’irliklarni qo’shish kerak: 1 tonna temir + temir egallagan hajmdagi havoning og’irligi; 1 tonna yog’och + yog’och egallagan hajmdagi havoning og’orligi. 1 tonna yog’och egallagan havo hajmi 2 m kub, 1 tonna temir egallagan havo hajmi 1/8 m kub ni tashkil etadi. Demak, ular egallagan hajmlar og’irligi orasidagi farq 2,5 kgga teng. 1 tonna yog’och 1 tonna temirdan 2,5kgga og’irroq ekan.    19.    Quyosh Yerni yozda qishdagiga qaraganda necha marta kuchliroq yoritadi?Javob: Quyosh Yertni yozda qishdagidan taxminan 10 marta kuchli yoritadi(Yozda – 100 000 lyuks, qishda 10 000 lyuks). 20.    Atom diametri o’zining yadrosi diametrida necha marta kata?Javob: 10 000 – 100 000 marta katta.21.    Bo’sh shisha butulkaga tutun qamaldi. Butulkaga suv yoki boshqa biror suyuqlik quymasdan, uning ichidagi tutunni chiqarin yuborish mumkinmi?Javob: Mumkin, Gugurt donasini chaqib, u yonib turgan paytda tez butulka ichiga tashlash kerak. Tutun tezda butulka ichidan siqib chiqariladi.22.    Nima uchun qaynoq suv quyilganda qalin devorli shisha stakanning  yorilish hodisasi yupqa devorli shisha stakaniga nisbatan ko’proq kuzatiladi?Javob: Shisha issiqlikni yomon o’tkazadi. Stakan  devoir ancha qalin bo’lsa, uning ichki va tashqi sirtlarining temperaturalari farqi shuncha katta bo’ladi. Shuning uchun issiq suv quyilganda uning ichki qizigan qismi kengayadi va  tashqi sirti esa isib ulgurmaydi, natijada stakanning yorilish ehtimoli ortadi.23.    Nimaninh uzunligi, chuqurligi, kengligi, balabdligi yo’q – ku, biroq uni o’lchash mumkin?Javob: Vaqt va harorat.24.    Stakanga kerosin, Kolbaga esa suv solingan. Boshqa idishda foydalanmay qanday qilib stakandagi kerosinni – kolbaga, kolbadagi suvni – stakanga quyib olish mumkin?Javob: Kolbaning og’zini qog’oz tasma bilan berkitib, kaftingiz bilan siqing va uni to’nkaring. Kolba bo’g’zini stakanga tushirib, qog’oz tasmani tortib oling.25.    Miltiqdan otilgan o’qni qo’l bilan ushlab olish mumkinmi?  Qanday sharoitda?Javob:Ha,agar odam o’q bilan bir yo’nalishda va  bir xil tezlikda harakatlanayotgan uchish apparatida bo’lsa.26.    G’alvirda suv tashish mumkinmi  yokibu faqat ertaklarda boladimi?Javob: Mumkin. Ma’lumki, agar g’alvirning sim to’ri parafinning yupqa ko’z ilg’amas qatlami bilan qoplangan bo’sa.27.    Odatda metal buyumlar suvda cho’kadi.Po’lat ignani suvda cho’kmaydigan qilish mumkinmi?Javob:Ha, agar igna yupqa yog’ pardasi bilan qoplangan bo’lsa.28.    Agar po’stin isitmaydi, deb ishontirishga harakat qilishsa, nima degan bo’lar edingiz.Javob: Ha, u isitmaydi ham, sovutmaydi ham, chunki  po’stin o’zi o’rab turgan muhitni tashqi muhdan saqlaydi, xolos.29.    Stulda gavdani  tik tutgan holda  o’tirgan odam bog’lanmagan bo’lsa ham, oyoqlarini stul ostiga surmay va gavda holatini o’zgartirmay stuldan tura oladimi?Javob: Yo’q, o’tirgan odamning og’irlik markazi uning kindigidan 20 sh yuqoriroqqa bo’ladi. Shu nuqtadan pastga tik chiziq tushirilsa, stul tagiga, oyoq kaftlarining orqasiga tushadi. Odam o’rnidan turishi uchunbu chiziq oyoq kaftlari orasidan o’tishi kerak.  30.    Odam tanasi haroratining me’yori 36,70C ni tashkil etadi. Tabiiyki bu harorat atrof muhit haroratidan har doim baland. Fizikadan ma’lumki, odam tanasi ham atrof muhit bilan issiqlik almashiniv jarayonida qatnashadi: qonunga ko’ra issiq jismlar o’zidan sovuqroq jismlarga energiya uzatib, natijada tana va muhit harorati tenglashishi, ya’ni tana harorati pasayishi kerak. Biroq odam tanasi harorati doimobirday saqlanadi. Bu hodisani qanday tushuntirish mumkin?Javob: Organizm hujayralarida ekzotermik reaksiya: C2+ 2O2=2CO2+Q   bo’ladi. Bundan tashqari tana harorati almashiniv jarayonlari hisobiga intensive issiqlik ajralishi tufayli saqlanib turadi.   

Kislorod guruhchasi elementlari

Xabarlar

2014 yil  20.028-“B” sinf.Dars mavzusi: Kislorod guruhchasi elementlari.                             Oltingugurt.                                           Dars  shiori:Intilganga  tole   yor.    Darsning   ta’limiy   maqsadi:o’quvchilarga kislorod guruhchasi elementlari va oltingugurt haqida, uning tabiatda uchrashi, olinishi,fizik va kimyoviy xossalari haqida, ishlatilish bo’yicha   ma’lumotlar  berish.        Darsning  tarbiyaviy  maqsadi: o’quvchilarning mavzu bo’yicha  bilimlari  va  dunyoqarashlarini  kengaytirish,  iqtisodiy , ekologik va kasb tarbiyasi berish.    Darsning  rivojlantiruvchi  maqsadi: o’quvchilar  bilimlarini  zamonaviy  pedagok  texnologiyalar   orqali  boyitish. Mustaqil  fikrlashga  undash, amaliy ko’nikmalarini , nutq  va  muloqot  madaniyatini  rivojlantirish.      Kutilayotgan  natija :O’quvchilarning    mavzu  bo’yicha  bilimlarni   qiziqish  bilan   qabul  qilishlarini  ta’minlash , yangi  pedagogik   texnologiyalarni  qo’llash  orqali  o’quvchilar  bilimini  shakllantirish.DTS talabi:  Oltingugurtning oksidlanish darajalari, selen, tellur,pirit,rux,mis yaltirog’i, gips, taxir tuz, rombik, monoklinik, plastik oltingugurt, oltingugurt oksidlovchi, oltingugurt qaytaruvchi, flotatsiya bo’yicha BKM larga ega bo’lish.Dars jihozi :1) Reaktivlar: Mineralllar kolleksiyasi, oltingugurt, dis. suv,  2) Laboratoriya jihozlari: Shtativ, probirkalar, shpatel, stakan, metal qoshiqcha, quruq yoqilg’i.3) Jihozlar:  kompyuter, elektron  darslik, grafoproyektor, PKMQ.Dars  turi : Integrallashgan usulda yangi  bilimlar  berish.Dars  uslubi: Interfaol usullar: imkon- shou, kimyoviy domino,fikrlar cho’qqisi, savol-javob,mustaqil  ish, demonstratsiya,  Dars qoidasi: Bilimdonlik, chaqqonlik, o’zga fikriga hurmat.            Darsning borishi.Sinf  o’quvchilari 2 guruhga bolinib har bir guruhga nom qo’yiladi .  1-guruh  “Evrika”,   2-  guruh   “Akva”.Dars musobaqa tarzida olib boriladi.1) Tashkiliy  qism   a) salomlashish,b)o’quvchilar  va  sinfning  darsga  tayyorligini  kuzatish, c)davomatni  aniqlash.Dars reiasi            1.Tashkiliy qism.                           2.O’tgan mavzuni so’rash.                       3. Yangi mavzu bayoni.                               4.Mavzuni mustahkamlash.                             5. O’quvchilarni baholash.                   6.Darsni yakunlash.Musobaqa shartlari.             1.Orzular bekati______Imkon shoy.             2. Bilimdonlar qasri____-O’rganamiz- shodlanamiz.             3. Mahorat bekati_____Topgan- topaloq.             4 .Fikrlar cho’qqisi______Kim bilimdon?1.    O’tgan mavzuni so’rash..”Orzular bekati.”1.Metallmaslar soni nechta?2.Oksidlanish darajasi qanday tushuncha?3.Galogen so’zining ma’nosi nima?4.1 l suvda qancha xlor eriydi?5.Qaysi kislota “ tutovchi kislota” deb ataladi?6.Ion nima?7.Odam oshqozonida qaysi kislota bor?8.Metallmaslar soni nechta?9.P orbitalning elektron sig’imi qancha?10.Inert gazlar davriy jadvalda qayerda joylashgan?11.Metallmaslar qanday elementlar jumlasiga kiradi?12.Qaysi metallmas  birikmasi asabni tinchlantiruvchi dori sifatida ishlatiladi?13.Xlor so’zining ma’nosi nima?14.Galogenlarga qaysi elementlar  kiradi?15.Suyuq holatdagi metallmas nima?16.Qaysi metallmas hidiga qarab nomlangan?17. Sublimatsiya qanday jarayon?18.Qaysi suv o’tda yod miqdori ko’p??19.Organizmda yod yetishmasa qanday kasallik kelib chiqadi?20.Eng kuchli metallmas nima?    O’rganamiz-shodlanamizMavzu rejasi.1.Kislorod guruhi.2.Oltingugurtning  tabiatda uchrashi.3.Xossalari.4.Ishlatilishi.Kislorod guruhi elementlariga  kislorod, oltingugurt, selen, tellur va poloniy elementlari kiradi.Atom tuzilishi:+8O  2e, 6e           1S22S22P4+16S  2e,8e, 6e      1S22S22P63S23P4+34Se  2e, 8e, 18e, 6e+52Te  2e,8e, 18e, 18e, 6eKislorod guruhchasi elementlarining tashqi qavatida 6 ta elektron bor, shu sababli ular kimyoviy reaksiyalarda 2 ta elektron olib -2  oksidlanish darajasini namoyon qiladi.Kislorod ftorli birikmasida+2, vodorod peroksidda -1, qolgan barcha birikmalarida _-2 oksidlanish darajalarini namoyon qiladi. Uning tashqi energetik qavatida bo’sh d orbital mavjud emas, shuning uchun u +4 va +6 oksidlanish darajalarini namoyon qilmaydi.Oltingugurt, selen, tellurning tashqi energetik pog’onasida bo’sh d orbital mavjud. Tashqi qobiqdagi p va s elektronlar bittadan d orbitalga ko’chishi mumkin.S, Se, Te  electron qabul qilib -2 va elektpon berib +4, +6 oksidlanish darajalarini namoyon qiladi.  +4       +6                   -2              SO2     SO3    H2S       SeO2, SeO3,  H 2Se      TeO2 ,  TeO3,  H2TeOltingugurtning     tabiatda uchrashi:      Erkin holda:  tabiiy gaz tarkibida, mis rudalari tarkibida bo’ladi.Birikmalar ko’rinishida: Sulfidlar:Prit FeS2     Rux aldamasi ZnS              Mis yaltirog’i  Cu2O  ,Qo’rg’oshin yaltirog’I PbSVodorod sulfid H2SSulfatlar:Gips CaSO4*2H2O   Taxir tuz MgSO4*7H2O    Glauber tuzi a2SO4*10 H2OFizik xossalari:Allotropik shakl o’zgarishlari:rombik, monoklinik, plastik.Rombik oltingugurt sariq rangli,qattiq kristall modda, suvda erimaydi, zichligi 2g\sm kub, elektr toki va issiqlikni yomon o’tkazadi, 112,8 C da suyuqlanadi, 444,5 C da qaynaydiKimyoviy xossalari.Oltingugurt oksidlovchi xossasini namoyon qiladiH2 +S=H2SZn+ S =ZnSOltingugurt qaytaruvchi:Kislorod, xlor va ftor bilan reaksiyaga kirishadi.            S + O2=SO2              S +3F2= SF6Ishlatilishi:Kauchukni vulkanlashdaGugurt ishlab chiqarishdaSulfat kislota ishlab chiqarishdaDorilar olishdaQora porox ishlab chiqarishdaQog’oz ishlab chiqarishdaO’simliklar zararkunandalariga qarshi kurashdaUglerod ( IV )-sulfid olishdaMahorat bekati.Tarqalgan joyi uningHavo,qum ham tuproqdir.Suvda massa ulushi,Barchasidan ko’proqdirOksidlanish darajasi,                         Ikki, olti hamda to’rt.                             Qattiq holda bo’lsa ham                         Asli o’zi juda mo’rt.                      Elektr o’tkazaman,Vaqtimni ketkazaman,Oltinman deb aldasam,                  Ko’p- ko’p pullar topaman.Suyuqman bitta aybim                                   Ammo zo’rdir xislatim.            Tana haroratingni                                     Tegsam bir zumda aytgum Oksidlanmas havodaYer tagida zanglamas.                                                             U nimada erishinBalki ko’plar anglamas.Kimyoviy domino:O’zgarishlar asosida boradigan reaksiya tenglamalarini yozing.Zn____ZnS____SO2______SO3       Fikrlar cho’qqisi.•    Minerallar:              Shartli belgilari•    Oltingugurt             •    Pirit•    Ohaktosh•    Tabiiy gaz•    Oltin•    Mis •    Kumush•    Toshko’mir•    Grafit•    Osh tuzi         Uyga vazifa:      3- mashq, 144- bet.

Bilimlar manbai-kuzatish va tajribalar

Xabarlar

“Bilimlar manbai- kuzatish va tajribalar” mavzusidagi bellashuv.Bellashuv shartlari:1.Magnit doskasiga reaksiya tenglamalarini yozish.2.Shtativni ishga tayyorlash.3.Fizik tajribalar.    4.Kimyoviy tajribalar.5.Kristall panjara modellarini yasash.1-shartda har bir guruhdan 1dan ichtirokchi chiqib chaqqonlik bilan  magnit doskasiga elementlar belgilarining magnitli modellari yordamida  quyidagi reaksiya tenglamalarini yozishlari kerak.1-guruh:   Zn + 2HCL =ZnCl2 + H2 2-guruh:   3Fe +2O2 =Fe3O4  2-shartda  har bir guruhdan 2tadan ishtirokchi chiqib tarqatilgan shtativni laboratoriya ishiga tayyorlab, kerakli reaktivlarni ham jamlashlari kerak bo’ladi. 1-guruh “Vodorod olish va uning CuO bilan reaksiyasi” ga, 2-guruh esa “Kislorod olish va uning  xossalarini o’rganish”ga tayyorlashlari kerak.3-shartda har bir guruhdan 2tadan  ishtirokchi  qatnashadi.  1-guruh ishtirokchilari    3ta 100g.li toshni richagga shunday ildirishi kerakki, richag muvozanatga kelsin va richagning muvozanat shartini tushuntirishi lozim.2-guruh ishtirokchisi turli xil jismlarning issiqlik o’tkazuvchanligi turlicha eranligini tajribada isbotlab, qaysi jismning mis, alyuminiy va  temir ekanligini aniqlab berishlari kerak. Tajribani bajarishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilinganligi ham hisobga olinadi.4-shartda 1-guruh ishtirokchisi probirkadagi modda eritmasining ishqor ekanligini, indikator yordamida isbotlashi, 2- guruh ishtirokchisi esa, probirkadagi suyuqlikning kislota ekanligini 1-tajriba mahsuloti asosida isbotlab ko’rsatishi kerak.5-shartda ishtirokchilar molekulalarning shar sterjenli modellari asosida 3.min. ichida moddalarning kristall panjaralarini tuzishlari lozim.Tuzilgan panjaralar to’g’riligi va soniga qarab g’olib o’quvchilar aniqlaniladi.Barcha shartlar asosida olingan ballar jamlanib g’olib guruh aniqlaniladi va g’oliblar  rag’batlantiriladi.Buxoro viloyati  G’ijduvon tumanidagi 51- umumiy o’rta ta’lim maktabi fizika fani o’qituvchisi Ashurova Norbibish.

Malaka oshirishning zamonaviy shakli

Xabarlar

Malaka oshirishning zamonaviy shakli.2010 yil yanvardan XTV ning 102-sonli buyrug’iga asosan masofadan malaka oshirisah kurslari sinov tarzida joriy etildi.Sinovga Toshkent shahri, Farg’ona viloyati, Samarqand viloyati va Buxoro viloyati ishtirok etdi.Jumladan, Buxoro viloyati pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti huzurida  “ Masofadan o’qitishni hududiy muvofiqlashtirish markazi” tashkil etildi. Markaz rahbari sifatida Hasanov Amin Amonovich faoliyat olib bormoqda.Mazkur markazda 11 yo’nalish bo’yicha 264 nafar   pedagoglar qatnashib, malaka oshirish sertifikatini olishga muyassar bo’ldilar.Biz, mazkur  kimyo kursi qatnashchilari fan metodikasi bo’yicha, zamonaviy o’qitish usullari bo’yicha va axborot kommunikatsion texnologiyalardan ta’limda samarali foydalanish bo’yicha yetarlicha ma’lumotlar oldik va o’z bilimlarimizni takomillashtirishga erishdik.Bunda  bizga markaz xodimlaridan Odinayeva Mavluda va Solixova Zubaydalar yaqindan yordam berib,o’z bilimlarini ayamadilar.Internet tarmog’idan foydalanish,undagi ma’lumotlarni izlab topish hamda elektron pochta xizmatidan to’laqonli foydalanishga imkoniyat yaratib berildi.Shu o’rinda bunday o’qitish shaklining biz ayol pedagoglar uchun nihoyatda qulay va samarali ekanligini aytib o’tmoqchiman.Bu o’qitish tizimida pedagogik faoliyatdan ajralmagan holda malaka oshirib boriladi.Shu bilan birga, eng asosiysi, oilaviy sharoitdan ajralmagan holda xotirjam bilimlarni takomillashtirib borish mumkin.Biz mazkur kursda qatnashgan pedagoglar bunday ta’lim tizimini tashkil etgan tashkilotchilarga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz va boshqa pedagoglarga ham bunday imkoniyatlardan foydalanishlarini tavsiya etamiz.                         Buxoro viloyati     G’ijduvon tumanidagi 51-maktab 1-toifali kimyo fani o’qituvchisi                                          Masofaviy ta’lim kursi ishtirokchisi                         Ashurova Norbibish.