avatar
Куч
4.94
Рейтинг
+6.64

ashurova norbibish jo'rayevna

Мақолалар

Asoslarning tarkibi, xossalari

Xabarlar

G`ijduvon tumanidagi51- umumiy o`rta ta`lim maktabi kimyofani o`qituvchisiAshurova Norbibishning7- sinfda“Asoslarning olinishi va xossalari”mavzusida tayyorlangan namunali dars ishlanmasi  Sana:Mavzu:Asoslarning olinishi va xossalari.Dars maqsadlari.                                                                      Darsning ta`lim maqsadi o`quvchilarga asoslarning olinish va xossalari haqida tushuncha berisg,mavzuni o`zlashtirishlarini ta`minlash;         Darsning tarbiyaviy maqsadi:O`quvchilarning asoslarning olinishi va xossalari to`g`risidagi bilimlari va dunyoqarashlarini kengaytirish,iqtisodiy va gigiyenik tarbiya berish;         Darsning rivojlanuvchi maqsadi:O`quvchilarning bilimlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar orqali boyitish mustaqil fikrlashga undash mustaqil ishlashga o’rgatish va muloqot madaniyatini rivojlantirish .                                                                                                                                                                                Dars turi; savol – javob amaliyt va suhbat asosida yangi bilimlarini o`rganish.Dars tipi: yangi bilimlar berish.Dars uslubi: Savol-javob mustaqil ish baxtli tasodif aqliy hujum.    Kutilayotgan natija: o`quvchilar asoslarining olinishi va xossalari haqidagi ma`lumotga ega bo`ladilar: suvda eriydigan asoslarning indikatorlar rangining o`zgartirishni o`rganaladilar. Mavzuga taalluqli ma`lumotlarni qiziqish bilan qabul qiladilar.    Dars jihozi: Asos namunalari indikatorlar ,tarqatma materiallar.Darsning borishi.Dars quyidagi bosqichlardalarda olib boriladi.I.Tashkiliy qism.II.O’tgan mavzuni so’rash.III.Yangi mavzu bayoni.IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.V.Darsni yakunlash.Tashkiliy qism: Salomlashish; Sinf tozaligi va o`quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish;davomatni aniqlash(3 min)II. O`tgan mavzuni so’rash. (12 min)Faollashtiruvchi mashq :Fe3O4 ning  elementar % tarkibini hisoblang.Mr(Fe3O4)=56x3+16x4=232.232g_________100%168g__________X%X=168gX100%: 232g=72,4% Fe 27.6% O1.    “Baxtli tasodif” usuli asosida “Asoslarning tarkibi tuzilishi, namlalanish va toifalanish” mavzusi o`quvchilar tomonidan nechog`lik o`rganilganligini  aniqlash mumkin.Buning uchun qog`ozdan kartochkalar tayyorlanadi va har bir kartochkaga ikkitadan savol qo`yiladi. “Faqat bitta kartochkaga “ yutuq “5”baho deb yoziladi.    Shu yutuqli kartochkaga kimga tushsa “Baxtli tasodif” sohibi hisoblanadi.  Masalan “Baxtli tasodif savollari”    Baxtli tasodif-1.1.    Asoslar deb qanday moddalarga aytiladi? 2.    Alyuminiy gidrogsidning formulasi qanday? 3.                  Baxtli tasodif II1.    Asos tarkibidagi gidroksoguruhlar  soni qanday aniqlaniladi. 2.    O`quvchi kaliyning formulasi qanday?3.    Baxtli tasodif III.1.    Asoslarning toifalanishi qanday?2.    Zn(OH)2  qanday asos turiga kiradi?3.              Baxtli tasodif IV1.    Yutuq “5” baho.2.                  Baxtli tasodif V1.    Ishqorlar deb qanday gidroksidlarga aytiladi?2.    Bi(OH)3  ning grafik tasvirini yozing3.    O`tilgan mavzuni xulosalash: O`qituvchi va o`quvchilar bilan   birgalikda savol-javoblar asosida o`tilgan mavzu yuzasidan xulosa chiqariladi.Aqliy hujum.1.Asoslar qanday moddalar?2.Asolarning umumiy formulasi qanday?3.Ba(OH)2 ning nomi qanday?4.Bi(OH)3 dagi kim bog`lar nechta?5.O`yuvchi natriyning formulasi qanday?6.Amfoter asoslar qanday xossaga ega?7.O`yuvchi ishqor nomi qanday asoslanadi?8.Suvda erimaydigan asosga misol ayting?III. Yangi mavzu bayoni (16min)    Yangi mavzu quyidagi reja asosida o`zlashtiriladi.                         Reja1.Asoslarning olinishi.2Fizik xossalri3Kimyoviy xossalari    1Asoslar quyidagi usullar bilan olinadi.a)ishqoriy va ishqoriy yer metallarining suv bilan ta`sirlashuvidan :1- tajriba 2Na +2H 2 O=NaOH+H2Ob)Ishqoriy va ishqoriy yer metallari oksidlarining suv bilan ta`sirlashuvidan:CaO+H2O=Ca(OH)2v)suvda erimaydigan asoslar tuzlarning suvdagi eritmasining ishqor bilan ta`sirlashishi natijasida :BiCl3 +3KOH =Bi(OH)3 +3KCl Asoslarning toifalanishi.1)Suvda eruvchi asoslar ishqorlar deb ataladi.(NaOH,KOH)2)Suvda erimaydigan asoslarga qolgan barcha asoslar kiradi (Cu(OH)2, Fe(OH)3).3)Amfoter asoslar, Hm asos ham kislota xossalarini namoyon qiladi.(Zn(OH)2, Cr(OH)3, Al(OH)3)2.Fizik xossalari     Asoslar turli ranglarga ega bo`lgan qattiq moddalardir: KOH,NaOH,Ca(OH)2 – oq rangli Ni(OH)2-yashil rangli, Fe(OH)3 – qo`ng`ir rangli moddalar ishqoriy va  ishqoriy yer metallar(Be va Mg dan) boshqa gidroksidlari suvda eriydi.Qolgan asoslar suvda erimaydi yoki juda yomon eriydi.2-tajriba orqali eruvchanligi o`rganiladi.Natriy gidroksid (o’yuvchi natriy) NaOH.Oq tusli, suvda juda yaxshi eriydigan, hatto havodagi suv bug’larini ham tortib olib suyuqlanadigan (gigroskopik) qattiq modda.Natriy gidroksidning suvdagi kuchsiz eritmasi qo’l bilan ushlab ko’rilganda sovundek tuyuladi va terini o’yib yuboradi. Shuning uchun uni texnik maqsadlarda “kaustik soda” deb ham nomlanadi. O’yuvchi natriy bilan ishlaganda juda ehtiyot bo’lish kerak! Uni teri va kiyimlarga tegishidan saqlanish kerak.Kalsiy gidroksid (so’ndirilgan ohak) Ca(OH)2Oq g’ovak modda, kuchli asoslardan hisoblanadi, suvda kam eriydi. 1 I suvda 200C da 1,56 geriydi. Uning suvdagi bir jinsli  eritmasi “ohakli suv” deb ataladi.(loyqalangan holda esa “ohak suti” deb ataladi)va ishqoriy muhitga ega bo’ladi. Sanoatda ohaktoshni kuydirib olinadigan kalsiy oksidiga suv tasir ettirib olinadi.3.Kimyoviy xossalaria) suvda eriydigan asoslar ko`k indekatorlar rangini o`zgartiradi.    Masalan:3-tajriba fenolftaleinning suv spirtli eritmasi  har qanday suvda eruvchi  asos ta`sirida pushti rangga kiradi.   Indikator nomi     Neytral eritmadagi rangi    Ishqoriy eritmadagi rangilakmus    Binafsha     Ko`kfenolftalein    rangsiz    pushtiMetilzarg`aldog`i    To`q sariq    sariqb)kislotalar bilan ta`sirlashib tuz va suv hosil qiladi.(neytrallanish reaksiyasi)4-tajriba Mg(OH)2 +HCl    Mg(OH)Cl+H2O v)Kislotali oksidlar bilan ta`sirlashadi Ca(OH)2 +CO2 =CaCO3  +H2Og)Tuzlar bilan tasirlashadi va yangi asos hamda tuz hosil qiladiNiCl2 +2NaOH-Ni(OH)2 +2NaCld)qizdirilganda metal oksidi va suvga parchalanadi(KOH va NaOH dan tashqari)Cu(OH)2  — CuO+H2OIV.Yangi mavzuni mustahkamlash (10 min)    Mavzuni mustahkamlash uchun  “B.B.B” — bilaman,bilishni xoxlayman,bilib oldim usulidan foydalaniladi.    Bu usul o`quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi. Buning uchun o`qituvchi doskani 3qismga bo`ladi.1-qismga “Bilaman”. 2-qismga “Bilishni xoxlayman”3-qismga “Bilib oldim” deb yozdi. Keyin o`quvchilarga murojaat qilib, kim asoslar  haqida nima bilishini so`rab 1-qismga yozadi.    O`quvchilar fikri tugagach ulardan yana nimalarni bilishini xoxlashlari so`rab 2-qismga yozadi.    So`ngra o`qituvchi  asoslar haqida ma`lumotlar ,  savollar yozilgan tarqatma materiallarni sinfga tarqatib chiqadi. O`quvchilar matnlar bilan tanishib chiqib fikrlaydilar, xulosalaydilar yangi ma`lumotlarni bir-birlari bilan o`rtoqlashadilar. O`qituvchi  o`quvchilardan yana qanday ma`lumotlarga ega bo`lganlarini so`rab “Bilib oldim” ustuniga yozadi.    Mavzudan chetlashmagan holda o`quvchilarni zeriktirmaslik uchun o`yin mashq bajariladi. 1.Asosli oksidlarning gidratlari  qanday nomlanadi ?2.Fenolftalein ta`sirida asoslar qanday rangga kiradi?3.Asoslarning muhim xossasi   nima?4.Ham asosli, ham kislotali  xossaga ega bo`lgan asos qanday ataladi ?5.Asoslar qanday indikator ta`sirida ko`k rangga kiradi?6.Sanoatda asoslar qanday usul bilan olinadi?7.NaOH ning texnik nomi  qanday?8.Asoslar kislotalar bilan qanday reaksiga kiradi?116-bet 3-savol –topshiriq.Quyidagilar orasidagi reaksiyalarni yozing. 1).kaliy gidroksid +nitrat kislota.2)kaliy gidroksid + nikel (II)-xlorid.3)vismut trigidroksid +sulfat kislota.4)kaliy gidroksid + silikat kislota.5) natriy gidroksid +magniy gidroksid.    Darsni yakunlash(4 min)a)o`quvchilar baholanadi,rag`batlantiriladi.b)mavzu bo`yicha xulosa fikrlar bildiriladiv)uyga vazifa beriladi116-bet.4-savol topshiriq.2NaOH +H2SO4=Na2SO4 +2H2O80g---------------142g8g___________XX=14,2g Na2SO4Foydalanilgan adabiyotlar:1.I.R.Asqarov, N.X. To’xtaboyev,       K.G’.G’opirov. 7-sinf uchun darslik.2.”Maktabda kimyo” metodik jurnali .2012-yil 5-son.3.”Qiziqarli kimyo “metodik kitobi.

Intelektual ring

Xabarlar

Aql aytur,abadiy gavharlar aro,Topilmas ilmdan yaxshiroq kimyo.8-sinflar o’rtasida kimyo fanidan o’tkaziladigan  “Intelektual  ring “ dasturi. Sahna kimyo faniga oid plakatlar ,molekula modellari ,gullar bilan bezatilgan. Devoriy gazetalar ilingan.Sahnaga kimyo fani o’qituvchisi chiqib, bellashuvni o’tkazishdan maqsad va o’kazish tartibini tushuntiradi.Tadbirni 9-sinfning eng iqtidorli o’quvchisi  olib borishi mumkin.Assalomu aleykum, hurmatli ustozlar,aziz o’quvchilar. Bizning “Intelektual ring” tadbirimizga xush kelibsiz. Bugun biz o’z bilimimizni yanada boyitish maqsadida  yig’ilganmiz.Bugun 8-sinfning eng bilimli o’quvchilaridan 9 nafari kimyo fanidan bellashishga yig’ilgan.Bu o’quvchilar bilan tanishing.“Intilganga tole yor “. deyishadi.Shuning uchun ishtirokchilarimiz astoyidil intilsa,g’oliblikni qo’lga kiritadi. Buning uchin bulardan faqat bilim va chaqqonlik talab etiladi. Barcha ishtirokchilarga omad tilagan holda 1-raundni boshlaymiz.1-raund.Kimyo juda ajoyib Har narsa bo’lar g’oyibU qattig’ bu shirin Bunda kimyo yashirin.Diqqat 1-raund savollari.1.Kerosinni qanday suvga aylantirish mumkin.?2.Qaysi hududlar tabiiy xom ashyolar nomi bilan ataladi?3.Yer qobig’ida eng ko’p tarqalgan modda nima?4.Qaysi element “nur” degan ma’noni beradi?5.Qaysi modda qorong’ida shulalanadi?6.Qanday  tosh kimyoning rivojlanishiga katta rol o’ynadi?7.Kislorodni kim kashf etgan?8.Qaysi gaz “hayot uchun xavfli” degan ma’noni beradi?9.Eng yengil suyuqlik nima?10.Qaysi metal suvni yondiradi?11.:Brom”so’zining ma’nosi nima?12.Kishi organizmiga qaysi element yetishmasa bo’qoq kasalliga kelib chiqadi?13.”Galogen” so’zining ma’nosi nima?14.Koinotda eng ko’p tarqalgan 2 gaz nimalar?15.Qaysi olim o’z kashfiyotini tushida ko’rgan?16.Fizik olim nomi bilan atalgan elementni ayting?17.Elektronlar necha xil orbital hosil qilib harakatlanadi?18.”f” orbitallning  elektron sig’imi qancha ?19.Izotoplarda nima bir xil?20.Mendelleyev oilaning nechanchi farzandi bo’lgan?21.Nima uchun olmaning kesilgan joyi  qorayadi?22.Temir qotishmalarini ayting?23.Gemoglobinda qaysi metal ioni bor?24.Qaysi metallsiz o’simlik yashil bo’la olmaydi?25.Quyosh nuri tasirida o’simliklarda qanday jarayon boradi?26”.Kuporos” moyi nima?27.Akkumulator kislotasi nima?1-raund hisob kitobiga ko’ra eng past ball to’plagan ishtirokchi ringni tark etadi.Past ball olgan ishtirokchiga savol: 1.Siz 1- raynddanoq o’yindan chiqib ketaman deb uylagan edingizmi?2.Bunga sabab nima deb uylaysiz?2-raund.Bu  raundda qolgan 8 o’quvchi 4-juftlikni hosil qilib bellashadilar.Qattiq narsani agar Isitsachi kimyogar.Aylantirar suyuqqa Suyuqnichi quyuqqa.Har bir juftlikka 3tadan savol beriladi.1.    Yer qobig’ida eng ko’p tarqalgan modda nima?2.    Havoning tarkibini ayting?3.    Birdan-bir suyuq metal nima?4.    Kelajak yoqilg’isi nima?5.    Qaysi metal bilan xat yozish mumkin?6.    Miltiq otilganda qanday jarayon boradi?7.    Nima uchun pomidor qizarib pishadi?8.    1-o’zbek ayol kimyogari kim?9.    Radioaktivlik qanday jarayon?10.    “yalqov”gaz deb nom olgan modda nima?11.    “Tosh” tuzining formulasi qanday?12.    Qanday suvda kartoshka botmaydi?Javoblar natijasi tahlil qilinadi.Eng kam ball olgan juftlik keyingi rayndga o’ta olmaydi.Agar  1xil ball olgan juftliklar aniqlansa  yana qo’shimcha savollar berib o’yin davom ettiriladi.Past ball olgan juftlik  bilan  xayrlashishdan oldin quyidagi savollar berish mumkin.1.Sizning bu mag’lubiyatingizga sabab nima deb o’ylaysiz?2.Balki sherik tanlashda adashdandirsiz?Kam ball olgan juftlik bilan xayrlashib  keyingi raundni boshlaymiz.3-raund.Ko’cha kuylar charog’on Sababi kimyodandir.Turmushimiz farovon ,Sababi kimyodandirYildan yil o’sar hosil, Sababi kimyodandir.Egnimiz but muttasil, Sababi kimyodandir.Bu rauntda qolgan  3 juftlikka yanada murakkabroq savollar beriladi.1.    Mashhur olimlar nomi bilan ataladigan  elementlarni ayting.2.    Nima nchun elementlar belgisi davriy jadvalda 4 xil rangda yozilgan?3.    Qaysi elementlar nomi planetalar nomi bilan ataladi?4.    Mamlakat nomi bilan atalgan elementlarni ayting.5.    2 element erkin holda bir birining ichida yonadi,bir birining yonishiga yordam beradi.Ammo ularning o’zaro hosil qilgan birikmasi yong’inni o’chiradi.Bular qaysi elementlar?6.    Qaysi kislota sog’lom odam oshqozonida hamma vaqt bo’ladi?7.    Adsorbsiya qanday jarayon?8.    Qaysi karamda “yod” miqdori ko’p bo’ladi?9.    Quyosh va oy nomiga qo’yilgan elementlarni ayting?Javoblar natijasi aniqlanilib eng past ball olgan juftlik yana o’yinni tark etadi.Bu juftlikka beriladigan savollar .1.4-raundgacha kelganingizdan qoniqdingizmi?2.Demak siz nimaga ko’proq e’tibor berishingiz kerak ekan?4-raund.Yo’lda mashina qator Kimyoning qudratidan.Ko’kda uchar samolyot Kimyoning qudratidan.Qizlar kiyadi atlas Kimyoning qudratidan.Dasturxonda shirinlik Kimyoning qudratidan.Bu raundda qolgan 2 juftlik bellashadilar Ishtirokchilarga omad tilagan holda  savollarni o’qishni davom ettiramiz.Bu savollar o’quvchilarni ancha o’lantirib chuqurroq fikrlashni talab etadi.1.    Lantanoidlar va aktinoidlarning atom tuzilishini ayting.2.    Kimyogarlar qaysi nuqtai nazardan oltin ,kumush va platinani “yomon” metallar deb aytishadi.?3.    Mendeleyevning xizmatlarini hisobga olib o’sha vaqtda unga qanday mukofot berishgan?4.    1 xil elementdan hosil bo’lgan 2 moddadan biri  chiqindi, 2-si esa oltindan  qimmat, bu qaysi element va qanday moddalar.?5.    “Zar suvi”ning tarkibi qanday?6.    Yog’ochning yondirmasdan turib uni qanday ko’mirga aylantirish mumkun?Javoblar natijasi tahlil qilinadi, kam ball olgan juftlik o’yindan chiqadi.5-raund.Rahmat senga har ishda Elga hamkor ximiyaXizmatingdan yurt mamnun.Chin madadkor ximiyaEndi qolgan juftlik  yakka –yakka  holda, raqibga aylanib o’yinda ishtirok etadi. Ularning har biriga  3 tadan savol beriladi..1.    Dunyodagi eng katta o’lik dengiz qayerda goylashgan va bunday atalishiga sabab nima?2.    Qanday qilib gugurtsiz olov hosil qilish mumkin?3.    Gugurt qutisi va cho’pida qanday moddalar bo’ladi?2-ichtirokchiga savollar.1.    Izomeriya qanday jarayon?2.    Qanday oyoq kiyimlarini oltingugurtsiz tayyorlab bo’lmaydi?3.    Qaysi kislota eritmasi chanqoqlikni qondirishda foydalaniladi?Javoblar natijasi tahlil qilinib “Intelektual rihg” o’yini g’olibi aniqlaniladi. Va rag’batlantiriladi.Super o’yin.G’olib o’quvchi super o’yinda ishtirok etishni xoxlasa o’yin davom ettiriladiSuper o’yin  savollari.1.    Ispaniya admirali X.Kolumb o’zining “Gaita” orollarida qilgan sayohatida nimani ko’rib nihoyatda hayratlangan edi?2.    Quyoshda boradigan termoyadro reaksiyasining mohiyati nimadan iborat?3.    Tarixiy janglarning birida  aniqlanishicha bir otryadning komandrlari dan boshqa barcha jangchilari halok bo’lgan.Bunga sabab ovqatlanishda deb aniqlashgan .Sabab nimada bo’lishi mumkin?Ishtirokchi barcha savollarga javob bersa super o’yin g’libi bo’ladi .Bu o’quvchi rag’batlantiriladi.Biz bugungi “Intelektual ring” o’yinimizni tugatar ekanmiz ishtirokchilarni va shaxshan g’olib o’quvchini tabriklaymiz va esdalik sovg’alari bilan mukofotlaymiz.Barchangizgning o’qish va ishlaringizga omad tilagan  holda o’yinimizni tugatamiz. Etiboringiz uchun rahmat, xayr omon bo’ling. Vaqt qadriga yetganlar Yutadi har bir ishda.Vaqtning ham adog’i bor,Vaqtni o’tkazma bekor.                                                                                                     Ashurova Norbibish.Buxoro viloyati G’ijduvon tumanidagi 51-umumiy o’rta ta’lim maktabi kimyo fani o’qituvchisi.

Sulfat kislota

Xabarlar

G`ijduvon tumanidagi51-umumiy o`rtata`lim maktabi kimyofani o`qituvchisiAshurova Norbibishning“Sulfat kislota.”mavzusida tayyorlagandars  ishlanmasi.Fan:kimyo  Sana: Dars  mavzusi:Sulfat kislota.    Dars  shiori:Intilganga  tole   yor.    Darsning   ta’limiy   maqsadi:o’quvchilarga sulfat kislota  haqida, uning laboratoriyada va sanoatda olinishi,fizik va kimyoviy xossalari haqida, ishlatilish bo’yicha   ma’lumotlar  berish.        Darsning  tarbiyaviy  maqsadi: o’quvchilarga  sulfat kislota  haqida, uning xossalari  to’g’risidagi   bilimlari  va  dunyoqarashlarini  kengaytirish,  iqtisodiy , ekologik  tarbiya berish.    Darsning  rivojlantiruvchi  maqsadi: o’quvchilar  bilimlarini  zamonaviy  pedagok  texnologiyalar   orqali  boyitish. Mustaqil  fikrlashga  undash, mustaqil  ishlashda  o’rgatish , nutq  va  muloqot  madaniyatini  rivojlantirish.      Kutilayotgan  natija :O’quvchilarning  sulfat kislota   mavzusi  bo’yicha  bilimlarni   qiziqish  bilan   qabul  qilishlarini  ta’minlash , yangi  pedagogik   texnologiyalarni  qo’llash  orqali  o’quvchilar  bilimini  shakllantirish.DTS talabi:  Sulfat kislota, uning olinishi, xossalari,ishlatilishi  haqida   BKMlarga  ega  bo’lish.Dars jihozi :1) Reaktivlar: Sulfat kislota, temir qirindilari,indikator qog’ozi, ishqor eritmasi, bariy xlorid eritmasi,  mis (II) oksidi.2) Laboratoriya jihozlari: Shtativ, probirkalar, shpatel, chinni kosacha.3) Jihozlar:  kompyuter, elektron  darslik, grafoproyektor, PKMQ.Dars  turi : yangi  bilimlar  berish.Dars  uslubi: savol-javob,mustaqil  ish, demonstratsiya.             Darsning borishi.Sinf  o’quvchilari 3 guruhga bolinib har bir guruhga nom qo’yiladi .  1-guruh  “Evrika”,    2-guruh   “Elektron”,   3-  guruh   “Akva”.Dars musobaqa tarzida olib boriladi.1) Tashkiliy  qism   a) salomlashish,b)o’quvchilar  va  sinfning  darsga  tayyorligini  kuzatish, c)davomatni  aniqlash. 2) “Mahorat  bekati”__”Ha” yoki “yo’q” oyini. Bunda o’tgan  mavzular  asosida   savol-javoblar o’tkaziladi.O’quvchilar savollarga  “ha” yoki “yo’q” deb javob beradilar.1.Oltingugurt VI-guruh elementi.2.Kislorod va oltingugurtning tashqi qavatida 6 ta  electron bor 3.Kislorod ftorli birikmasida  -2  oksidlanish darajasini namoyon qiladi.4.Oltingugurt tabiatda faqat erkin holda uchraydi.5.Oltingugurt rombik, plastik, monoklinik ko’rinishdagi allotropik shakl o’zgarishlarni namoyon  qiladi.6.Kimyoviy birikmalarda oltingugurt faqat oksidlovchi bo’ladi.7.Kauchukni  vulkanlashda oltingugurt kerak.8.Oltingugurt 2 xil oksid hosil qiladi.9.Sulfid kislota uchun sifat reaksiyani  bariy xlorid beradi.3) “Zukkolar  bekati”__ “ Anogramma” mashqi.  Bunda o’quvchilarga kartochkalar tarqatib chiqiladi, kartochkalarda turli kimyoviy jarayonlar izohlab berilgan.O’quvchilar bu jarayonlarning reaksiya tenglamalarini belgilangan vaqt ichida yozishlari talab etiladi.4) “Bilimdonlar  qasri”___ Yangi          mavzu  mazmuni.Sulfat kislotaning molekulyar formulasi   H2SO4Olinishi. Sulfat kislotani olish uchun  quyidagi o’zgarishlarni amalga oshirish kerak.FeS2__SO2---SO3---H2SO4Fizik xossalari. Sulfat kislota rangsiz, hidsiz,og’ir moysimon suyuqlik. 96% li konsentrlangan sulfat kislotaning zichligi 1,84 g|sm3. U suvda eriganda juda ko’p issiqlik ajralib chiqadi.  Shuning uchun sulfat kislotani suvda eritganda juda ehtiyot bo’lish kerak.Sulfat kislotani suvga aralashtirib turgan holda  quyish kerak Aksincha suvni sulfat  kislotaga quyish mumkin emas.Kimyoviy xossalari.Suyultirilgan sulfat kislota bilan konsentrlangan sulfat kislotaning kimyoviy xossalarida farq bor.Suyultirilgan sulfat kislota kislotalar uchun xos bo’lgan xossalarni o’zida namoyon qiladi.1. Metallarning  faollik qatoridagi vodoroddan oldin turgan metallar bilan reaksiyaga kirishib tuz va vodorod hosil qiladi.Zn +H2SO4==ZnSO4 +H2 2AL +3H2SO4 ==AL2(SO4)3 + 3H22.Asosli va amfoter oksidlar bilan reaksiyaga kirishib tuz va suv hosil qiladi.CuO +H2SO4 ==CuSO4 +H2OZnO + H2SO4==ZnSO4 +H2O3.Asoslar bilan reaksiyaga kirishib, tuz va suv hosil qiladi.2NaOH + H2SO4==Na2SO4 + 2H2OMg(OH)2 + H2SO4==MgSO4 + 2H2O4.Kuchsiz va uchuvchan kislotalarning tuzlari bilan reaksiyaga kirishib,  yangi tuz va yangi kislota hosil qiladi.3H2SO4 + Ca3(PO4)2 ==3CaSO4 + 2H3PO4.5.Konsertrlangan sulfat kislota juda kuchli oksidlovchi bo’lgani uchun,  deyarli barcha metallar bilan reaksiyaga kirishadi. U kumush,oltin,platinaga va konsentratsiyasi 100% ga yaqin bo’lganda Fe ga ta’sir etmaydi.6.Sulfat kislota metallar bilan reaksiyaga kirishganda metallarning faolligiga, sulfat kislotaningf konsentratsiyasi va reaksiya sharoitiga qarab SO2, S yoki H2S gazlarini ajratib chiqaradi. Cu + 2H2SO4==CuSO4 + SO2 + 2H2O7.Konsentrlangan sulfat kislota  qaynatilganda  metalmasslar bilan ham reaksiyaga kirishadi.2H2SO4 + C ==CO2 + 2SO2 + 2H2O8.Konsentrlangan  sulfat kislota shakar, qog’oz, yog’och va gazlamalar tarkibidagi sellulozadan suvni tortib oladi va  ularni ko’mirga aylantiradi.Shakar (yog’och) + H2SO4==nC + H2SO4 + nH2O9.Sulfat kislota va sulfatlarni aniqlash uchun  bariyning eruvchan tuzi (bariy xloridni )  ta’sir ettiramiz. Reaksiya natijasida suvda ham nitrat kislotada ham erimaydigan oq cho’kma tushadi.H2SO4 + BaCI2 = BaSO4  + 2HCINa2SO4 + BaCI2 ==BaSO4 + 2NaCI.                Ishlatilishi.1.Bo’yoq moddalar olishda.2.Mineral o’g’itlar olishda.3. Akkumulatorlarda elektrolit sifatida.4.Turli xildagi sulfatlar olishda.5.Har xil kislotalar olishda.6.Neft mahsulotlarini tozalashda.7.Portlovchi moddalar olishda.8.Tibbiyotda.9.O’simliklarni himoya qilish vositalari olishda.5) “Topqirlar  bekati”___Kimyoviy domino.Bunda o’quvchilar quyidagi o’zgarishlar asosida boradigan reaksiya tenglamalarini yozishlari talab etiladi.1)FeS2—SO2—SO3—H2SO4.---BaSO42) NaCI__ CI2___KCIO3___O2___P2O5      6)”Manzil”.___ Darsni  yakunlash: o’quvchilardan  savollar  so’raladi , uyga  vazifa  beriladi , o’quvchilar  baholanadi  .       Vazifa: 4-savol-topshiriq ,  151-bet.

ta'limda integrallashuv- davr talabi

Xabarlar

Fanlararo  integrasiya     Fan_ ma’naviy  madaniyatning  muhim  bo’lagi,insoniyat  tafakkurining  yuqori  shakli, maqbul  metodlar  vositasida  erishilgan, aniq  bayon  qilingan, haqiqiyligi  ijtimoiy  soha  tajribasida  isbotlangan  bilimlar  tizimi. Integrasiya  esa  ayrim  bo’laklarning  qo’shilib, bir  butun  bo’lishidir.     O’quv  fanlarini  integratsiyalash  fanlarni  bir-biri  bilan  sun’iy  ravishda  birlashtirish  degani  emas. Ularni  o’zaro  uyg’nlik, uzviylikda  o’rganish  fanlar  o’rtasidagi  umumiy  o’xshashlikni, har  biriga  xos  xususiyatni  va  hayotga  tatbiq  etish  usullarini  puxta, aniq  bilib  olgan  taqdirdagina  samarali  bo’ladi. Shundagina  o’quvchilarda  ilmiy  dunyoqarash  shakllanadi, ular  mehnat  jarayonida, ijtimoiy  hayot, tabiatda  sodir  bo’layotgan  voqea-hodisalar  o’rtasidagi  uyg’unlikni  chuqur  anglaydi.      Mamlakatimizda ta’lim – tarbiya tizimining   huquqiy   asosi  bo’lgan   “Ta’lim   to’g’risida” gi qonun   hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida  ham   o’quv fanlarini uzviy va  izchil   tarzda   o’rganish  aniq   ifodalangan.     Amaliy  tajribalarga  ko’ra, ta’limiy  integrasiyalashtirish  o’quvchilarga  jo’shqinlik, fanlarni  ongli  ravishda  o’rganishga  qiziqish  hissini  kuchaytiradi, o’quv  fanlari  bo’yicha  bilim  darajasini  oshiradi, aqliy  faoliyatini, mustaqil  fikrlash  va  ijodkorlik  qobilyatini  rivojlantiradi,o’quv  materiallarini  tabiiy  uyg’unlikda  o’rganishiga  yordam  beradi. Ta’lim-tarbiya  uzviyligi  ham  bir  butun  holda  amalga  oshadi.     Bugun  mamlakatimiz  ta’lim  tizimi  ma’naviy  hayot  va jamiyatdagi  yangicha  munosabatlar  mohiyatini  anglash,muammolarni  yechimini  izlash,tahlil qilish  va  to’g’ri  yo’lni  tanlash  qobilyatiga  ega  komil  insonni  tarbiyalashni  asosiy  maqsad  qilib  qo’ydi.Tabiiyki,komil  inson  ma’naviy  hayotni  yaxlit  holda  ko’ra  olisi,  hayotda  sodir  bo’layotgan  voqea-hodisalarni  tasavvur  etishi,mohiyatini  tushuna  bilishi  lozim.Tarbiyaviy  ishning  asosiy   g’oyasi esa  mehnatsevarlik,  insonparvarlik, vatanparvarlik, milliy  iftixor,  iymon- e’tiqod, axloqiy poklik,  odillik,  bilimdonlik,   onglilik,  birodarlik,  baynalmilallik  g’oyalaridan iborat .   O’quvchi  — yoshlar   mazkur  tushunchalar  mazmun-mohiyati  va  tarkibini  chuqur  bilib  olsa, bu  ulug’  fazilatlarni  egallashga  ongli  ravishda  intiladi.   Ma’lumki, ilm-fan  taraqqiyoti,ixtisoslashuvining  chuqurlashuvi  natijasida  umumta’lim  maktablarida  o’quv  fanlari  soni  ortib  borayotgani  o’quvchilar  uchun  qo’shimcha  yuklamani  vujudga  keltirmoqda. O’quv  yuklamalari  hajmi  kengayishi  o’quvchilarda  zo’riqish  va  toliqishni  vujudga  keltirib, ta’lim  samaradorligi  va  bilim   sifatining  pasayishiga  olib   kelishi  hech   gap  emas. Bu   muammoni  hal  etish   uslublaridan  biri  ta’lim  mazmunini  integrallashga  bilimlar  asosida  tashkil   etishdir.Xususan,fizika  va  ijtimoiy-gumanitar  fanlar  integratsiyasining  ilmiy-metodik  asoslarini  yaratish   zamonaviy  ta’lim   talabi  hisoblanadi.    Kimyo  fanini  o’rganishda  o’quvchilar   fizikaning   ta’lim  tizimidagi   keng  imkoniyatlaridan  foydalanishi  mumkin.Bunda   asosan  o’quvchilarga  beriladigan   bilim  va   ko’nikmalar   fizikaning  g’oyaviy,  texnik, gumanitar   imkoniyatlarini   hisobga  olgan  holda  boyitilishi  muhim   ta’limiy  ahamiyatga  ega.                                        O’QUV  FANLARINI   INTEGRATSIYALASH  ZARURATI       Fan  va  texnika  rivojlanishi   natijasida   fizikaviy  kimyo, kimyoviy   fizika ,geofizika, biofizika  singari  o’nlab   kompleks  fanlar  vujudga  kelmoqda.Bu  yuqori  malakali, ixtisoslashgan  kadrlar  tayyorlash  va  yangi-yangi  kasblar   paydo  bo’lishiga  asos   yaratadi.Fan  va  texnikaning   rivojlanishi  bilan  ilmiy  bilimlar  ko’lami  har  10  yilda  ikki  martaga  ko’paymoqda.Shunga   monand   tabiiy –ilmiy  fanlar  mazmuni  murakkablashib,  o’quvchilardan  talab  qilinayotgan  bilimlar  ko’lami  yildan-yilga  orta  bordi.Buni   ta’limda  hisobga  olishning   birdan-bir  yo’li  o’quv  fanlari  soni  va   dars  soatlarini   ko’paytirish,  deb   tushuniladi. Bu  ta’lim-tarbiya  jarayonini  murakkablashtirib,  o’quvchilar  bilim sifatiga  salbiy  ta’sir  eta   boshladi.  Integratsiyalash   esa  turli  o’quv  fanlariga  xos  tushuncha  va  malakalarni  umumlashtirib,  birikma   holida     osonroq  o’rganish   imkonini   beradi. Yon atrofimizd yuz berayotgan tabiat hodisalarida, ishlab – chiqarish va maishiy xizmatning barcha jabjasida integrasiyalashmagan faoliyat, jarayonni toppish yoki tasavvur qilish qiyin. Ular mohiyatiga ko’ra ilmiy bilimlar integrasiyasidir. Demak, integrasiya hayotiy ehtiyoj bo’lib, bu jarayonsiz fan – texnika, ishlab- chiqarish va maishiy xizmat ko’rsatish sohalari rivojlanmaydi.Integrasiya – ta’lim muassasasi taraqqiyotining hozirgi bosqichida eng istiqbolli g’oyalardan hisoblanadi. Bir tomondan, o’quv soatlarining qisqarib borishi sharoitida fanlararo integrasiya dars doirasida didaktik maqsadlarga erishishga ko’maklashadigan resurs bo’lishi mumkin. Boshqa tonmondan esa, fanlararo aloqalardalan foydalanish o’quvchi atrofdagi dunyoni turli-tumanlikda va yaxlitlikda  bilish imkonini beradi.      Bag’dod  akademiyasi  “Bayt  ul-hikma”da  tadqiqot  olib  borgan  allomalardan  yana  biri  Abu  Nasr  Muhammad  Uzlug’  Tarxon  al-Farobiydir.Uning  fikricha,har  qanday  jismning  harorati  yuqori  yoki  past  bo’lishi  shu  jismni  tashkil  qilgan  bo’laklarning  kataklariga  bog’liqdir.Farobiy  “Issiqlik-harakat  barobarinda  mavjuddir”,deb  hisoblaydi.Farobiy  va  Ibn  Sino  issiqlik  hodisalari  haqidagi  ilmiy  farazlarida  qizigan  jismlar  hajmi  kengayishi  natijasida  zichligi  kamayib,yuqoriga  intiladi,sovugan  vaqtda  esa,hajm  kichrayib,zichlik  ortishi  hisobiga  pastga  intiladi,deb  tushuntiradilar.Farobiy  va  Ibn  Sinoning  mazkur  fikrlaridan  “issiqliq  otkazuvchanlik”,”konveksiya”  hodisalariga  asoslangan  bo’lsa  ajab  emas.    Buyuk  allomalaridan  yana  biri  Abu  Abdulloh  Muhammad  ibn  Muso  al-Xorazmiydir.780-yili  Xivada  tug’ilib  ,850-yili  Bog’dodda  vafot  etgan.U  matematika,astronomiya,geografiya  sohasida  nodir  asarlar  yaratgan.”Al-jabr”(algebra)fani  va  “Algoritm”tushunchasiga  asos  solgan.Uning  “Hisob  al-hind”  va “Astronomiya  jadvallari”  asarlari  XII  Asrdayoq  lotin  tiliga  tarjima  qilinib,Yevropada  o’nli  sanoq  sistemasi  va  algoritm  tushunchasining  yoyilishiga  sabab  bo’lgan.      Abdul  Abbos  Ahmad  ibn  Mihammad  ibn  Kashr  al-Farg’oniy  ham  astronomiya, geografiya,matematika  fanlari  bilan  shug’ullangan.U  Bag’dod  observatoriyasi  xodimlaridan  biri  edi.Muhammad  Xorazmiyning    zamondoshi  bo’lgan.Olim  Quyosh  tutilishini  oldindan  hisoblab  chiqqan.Yerning sharsimonligini hisoblab ilmiy isbotlagan.Nil   daryosining   oqimini  o’lchash  uchun  asbob  yasagan  va  unga  doir  risolalar  yozgan.Allomaning  “Yulduzlar  ilmi  va  samoviy  harakatlar  haqida  to’plam” nomli  qomusiy  asari  ko’plab  tillarga  tarjima  qilingan.     Yana  bir  alloma  Mirzo  Ulug’bek  (1394-1449 yillar) XV  asrda  Samarqand  akademiyasini  tashkil  etib  dunyodagi  eng  yirik  astronomiya  maktabini  tuzdi.Samarqand  akademiyasi  qoshida  yaxshi  jihozlangan  rasadxona,boy  kutuxona  va  oliy  o’quv  yurti-madrasa  faoliyat  yuritar  edi.     Muhammad  Tarag’ay  Ulug’bek  o’zidan  katta  ilmiy  va  madaniy  meros  qoldirgan.Shulardan  biri  “Ziji  Ko’ragoniy”dir.Mazkur  kitob  Kirish  va   to’rt  qismdan  iborat  bo’lib,Kirish  qismida  rasatxonada  o’tkazilgan  kuzatishlar  asosida  tuzilgan  jadvallar  keltirilgan.Asarning  birinchi,ikkinchi  va  uchinchi  qismlari  eralar,turli  tavqimlar,matematika  va  sferik  asrtonomiya  hamda  trigonometrik  jadvalda  bag’ishlangan.Trigonometrik  jadvallarda  sinus  va  tangenslar  o’nta  xona  aniqligida  hisoblangani  bilan  ajralib  turadi.Ayniqsa,uchinchi  kitobning  amaliy  astronomiyaga  bag’ishlangan  bo’limida  ekliptikaning  ekvatorga  nisbatan  og’maligi,osmon  jismlarining  koordinatalarini,yulduzlar  va  sayyoralar  orasidagi  masofalarini  aniqlash  kabi  masalalar  bayon  qilingan.Bundan  tashqari  asarda  sayyoralarning  osmon  sferasidagi  hjarakati,Quyosh  va  Oy  tutilishini  oldindan  aniqlashning  ikki  xil  usuli,shuningdek  yulduzlar  katalogi  bo’limida  1018 ta  yulduzning  yulduz  turkumlari  bo’yicha  joylashgan  o’rinlari  belgilangan.

sinfdan tashqari tadbirlar

Xabarlar

8-sinflar o’rtasida kimyo fanidan o’tkaziladigan  “Intelektual  ring “ dasturi.


 


Sahna kimyo faniga oid plakatlar ,molekula modellari ,gullar bilan bezatilgan. Devoriy gazetalar ilingan.


Sahnaga kimyo fani o’qituvchisi chiqib, bellashuvni o’tkazishdan maqsad va o’kazish tartibini tushuntiradi.


Tadbirni 9-sinfning eng iqtidorli o’quvchisi  olib borishi mumkin.


Assalomu aleykum, hurmatli ustozlar,aziz o’quvchilar. Bizning “Intelektual ring” tadbirimizga xush kelibsiz. Bugun biz o’z bilimimizni yanada boyitish maqsadida  yig’ilganmiz.


Bugun 8-sinfning eng bilimli o’quvchilaridan 9 nafari kimyo fanidan bellashishga yig’ilgan.


Bu o’quvchilar bilan tanishing.


 


“Intilganga tole yor “. deyishadi.Shuning uchun ishtirokchilarimiz astoyidil intilsa,g’oliblikni qo’lga kiritadi. Buning uchin bulardan faqat bilim va chaqqonlik talab etiladi.


Barcha ishtirokchilarga omad tilagan holda 1-raundni boshlaymiz.


 


1-raund.


Kimyo juda ajoyib


Har narsa bo’lar g’oyib


U qattig’ bu shirin


Bunda kimyo yashirin.


Diqqat 1-raund savollari.


1.Kerosinni qanday suvga aylantirish mumkin.?


2.Qaysi hududlar tabiiy xom ashyolar nomi bilan ataladi?


3.Yer qobig’ida eng ko’p tarqalgan modda nima?


4.Qaysi element “nur” degan ma’noni beradi?


5.Qaysi modda qorong’ida shulalanadi?


6.Qanday  tosh kimyoning rivojlanishiga katta rol o’ynadi?


7.Kislorodni kim kashf etgan?


8.Qaysi gaz “hayot uchun xavfli” degan ma’noni beradi?


9.Eng yengil suyuqlik nima?


10.Qaysi metal suvni yondiradi?


11.:Brom”so’zining ma’nosi nima?


12.Kishi organizmiga qaysi element yetishmasa bo’qoq kasalliga kelib chiqadi?


13.”Galogen” so’zining ma’nosi nima?


14.Koinotda eng ko’p tarqalgan 2 gaz nimalar?


15.Qaysi olim o’z kashfiyotini tushida ko’rgan?


16.Fizik olim nomi bilan atalgan elementni ayting?


17.Elektronlar necha xil orbital hosil qilib harakatlanadi?


18.”f” orbitallning  elektron sig’imi qancha ?


19.Izotoplarda nima bir xil?


20.Mendelleyev oilaning nechanchi farzandi bo’lgan?


21.Nima uchun olmaning kesilgan joyi  qorayadi?


22.Temir qotishmalarini ayting?


23.Gemoglobinda qaysi metal ioni bor?


24.Qaysi metallsiz o’simlik yashil bo’la olmaydi?


25.Quyosh nuri tasirida o’simliklarda qanday jarayon boradi?


26”.Kuporos” moyi nima?


27.Akkumulator kislotasi nima?


1-raund hisob kitobiga ko’ra eng past ball to’plagan ishtirokchi ringni tark etadi.


Past ball olgan ishtirokchiga savol:


1.Siz 1- raynddanoq o’yindan chiqib ketaman deb uylagan edingizmi?


2.Bunga sabab nima deb uylaysiz?


2-raund.


Bu  raundda qolgan 8 o’quvchi 4-juftlikni hosil qilib bellashadilar.


 


Qattiq narsani agar


Isitsachi kimyogar.


Aylantirar suyuqqa


Suyuqnichi quyuqqa.


Har bir juftlikka 3tadan savol beriladi.


  1. Yer qobig’ida eng ko’p tarqalgan modda nima?

  2. Havoning tarkibini ayting?

  3. Birdan-bir suyuq metal nima?

  4. Kelajak yoqilg’isi nima?

  5. Qaysi metal bilan xat yozish mumkin?

  6. Miltiq otilganda qanday jarayon boradi?

  7. Nima uchun pomidor qizarib pishadi?

  8. 1-o’zbek ayol kimyogari kim?

  9. Radioaktivlik qanday jarayon?

  10. “yalqov”gaz deb nom olgan modda nima?

  11. “Tosh” tuzining formulasi qanday?

  12. Qanday suvda kartoshka botmaydi?


 


Javoblar natijasi tahlil qilinadi.Eng kam ball olgan juftlik keyingi rayndga o’ta olmaydi.Agar  1xil ball olgan juftliklar aniqlansa  yana qo’shimcha savollar berib o’yin davom ettiriladi.


Past ball olgan juftlik  bilan  xayrlashishdan oldin quyidagi savollar berish mumkin.


1.Sizning bu mag’lubiyatingizga sabab nima deb o’ylaysiz?


2.Balki sherik tanlashda adashdandirsiz?


Kam ball olgan juftlik bilan xayrlashib  keyingi raundni boshlaymiz.


3-raund.


Ko’cha kuylar charog’on


Sababi kimyodandir.


Turmushimiz farovon ,


Sababi kimyodandir


Yildan yil o’sar hosil,


Sababi kimyodandir.


Egnimiz but muttasil,


Sababi kimyodandir.


Bu rauntda qolgan  3 juftlikka yanada murakkabroq savollar beriladi.


  1. Mashhur olimlar nomi bilan ataladigan  elementlarni ayting.

  2. Nima nchun elementlar belgisi davriy jadvalda 4 xil rangda yozilgan?

  3. Qaysi elementlar nomi planetalar nomi bilan ataladi?

  4. Mamlakat nomi bilan atalgan elementlarni ayting.

  5. 2 element erkin holda bir birining ichida yonadi,bir birining yonishiga yordam beradi.Ammo ularning o’zaro hosil qilgan birikmasi yong’inni o’chiradi.Bular qaysi elementlar?

  6. Qaysi kislota sog’lom odam oshqozonida hamma vaqt bo’ladi?

  7. Adsorbsiya qanday jarayon?

  8. Qaysi karamda “yod” miqdori ko’p bo’ladi?

  9. Quyosh va oy nomiga qo’yilgan elementlarni ayting?


Javoblar natijasi aniqlanilib eng past ball olgan juftlik yana o’yinni tark etadi.


Bu juftlikka beriladigan savollar .


1.4-raundgacha kelganingizdan qoniqdingizmi?


2.Demak siz nimaga ko’proq e’tibor berishingiz kerak ekan?


4-raund.


Yo’lda mashina qator


Kimyoning qudratidan.


Ko’kda uchar samolyot


Kimyoning qudratidan.


Qizlar kiyadi atlas


Kimyoning qudratidan.


Dasturxonda shirinlik


Kimyoning qudratidan.


Bu raundda qolgan 2 juftlik bellashadilar Ishtirokchilarga omad tilagan holda  savollarni o’qishni davom ettiramiz.


Bu savollar o’quvchilarni ancha o’lantirib chuqurroq fikrlashni talab etadi.


  1. Lantanoidlar va aktinoidlarning atom tuzilishini ayting.

  2. Kimyogarlar qaysi nuqtai nazardan oltin ,kumush va platinani “yomon” metallar deb aytishadi.?

  3. Mendeleyevning xizmatlarini hisobga olib o’sha vaqtda unga qanday mukofot berishgan?

  4. 1 xil elementdan hosil bo’lgan 2 moddadan biri  chiqindi, 2-si esa oltindan  qimmat, bu qaysi element va qanday moddalar.?

  5. “Zar suvi”ning tarkibi qanday?

  6. Yog’ochning yondirmasdan turib uni qanday ko’mirga aylantirish mumkun?


Javoblar natijasi tahlil qilinadi, kam ball olgan juftlik o’yindan chiqadi.


5-raund.


Rahmat senga har ishda


Elga hamkor ximiya


Xizmatingdan yurt mamnun.


Chin madadkor ximiya


Endi qolgan juftlik  yakka –yakka  holda, raqibga aylanib o’yinda ishtirok etadi. Ularning har biriga  3 tadan savol beriladi..


  1. Dunyodagi eng katta o’lik dengiz qayerda goylashgan va bunday atalishiga sabab nima?

  2. Qanday qilib gugurtsiz olov hosil qilish mumkin?

  3. Gugurt qutisi va cho’pida qanday moddalar bo’ladi?


2-ichtirokchiga savollar.


  1. Izomeriya qanday jarayon?

  2. Qanday oyoq kiyimlarini oltingugurtsiz tayyorlab bo’lmaydi?

  3. Qaysi kislota eritmasi chanqoqlikni qondirishda foydalaniladi?


Javoblar natijasi tahlil qilinib “Intelektual rihg” o’yini g’olibi aniqlaniladi. Va rag’batlantiriladi.


Super o’yin.


G’olib o’quvchi super o’yinda ishtirok etishni xoxlasa o’yin davom ettiriladi


Super o’yin  savollari.


  1. Ispaniya admirali X.Kolumb o’zining “Gaita” orollarida qilgan sayohatida nimani ko’rib nihoyatda hayratlangan edi?

  2. Quyoshda boradigan termoyadro reaksiyasining mohiyati nimadan iborat?

  3. Tarixiy janglarning birida  aniqlanishicha bir otryadning komandrlari dan boshqa barcha jangchilari halok bo’lgan.Bunga sabab ovqatlanishda deb aniqlashgan .Sabab nimada bo’lishi mumkin?


Ishtirokchi barcha savollarga javob bersa super o’yin g’libi bo’ladi .Bu o’quvchi rag’batlantiriladi.


 


Biz bugungi “Intelektual ring” o’yinimizni tugatar ekanmiz ishtirokchilarni va shaxshan g’olib o’quvchini tabriklaymiz va esdalik sovg’alari bilan mukofotlaymiz.


Barchangizgning o’qish va ishlaringizga omad tilagan  holda o’yinimizni tugatamiz. Etiboringiz uchun rahmat, xayr omon bo’ling.


Vaqt qadriga yetganlar


Yutadi har bir ishda.


Vaqtning ham adog’i bor,


Vaqtni o’tkazma bekor.


 


 


 


                                                                                                     Ashurova Norbibish.


Buxoro viloyati G’ijduvon tumanidagi 51-umumiy o’rta ta’lim maktabi kimyo fani o’qituvchisi.

Dars ishlanmalari.

Xabarlar

G`ijduvon tumanidagi


51-umumiy o`rta


ta`lim maktabi kimyo


fani o`qituvchisi


Ashurova Norbibishning


“Sulfat kislota.”


mavzusida tayyorlagan


dars  ishlanmasi.


 


 


 


 


 


 


 


 


 


 


 


Fan:kimyo


  Sana:


Dars  mavzusi:Sulfat kislota.


    Dars  shiori:Intilganga  tole   yor.


    Darsning   ta’limiy   maqsadi:o’quvchilarga sulfat kislota  haqida, uning laboratoriyada va sanoatda olinishi,fizik va kimyoviy xossalari haqida, ishlatilish bo’yicha   ma’lumotlar  berish. 


      Darsning  tarbiyaviy  maqsadi: o’quvchilarga  sulfat kislota  haqida, uning xossalari  to’g’risidagi   bilimlari  va  dunyoqarashlarini  kengaytirish,  iqtisodiy , ekologik  tarbiya berish.


    Darsning  rivojlantiruvchi  maqsadi:o’quvchilar  bilimlarini  zamonaviy  pedagok  texnologiyalar   orqali  boyitish. Mustaqil  fikrlashga  undash, mustaqil  ishlashda  o’rgatish , nutq  va  muloqot  madaniyatini  rivojlantirish.


      Kutilayotgan  natija :O’quvchilarning  sulfat kislota   mavzusi  bo’yicha  bilimlarni   qiziqish  bilan   qabul  qilishlarini  ta’minlash , yangi  pedagogik   texnologiyalarni  qo’llash  orqali  o’quvchilar  bilimini  shakllantirish.


DTS talabi:  Sulfat kislota, uning olinishi, xossalari,ishlatilishi  haqida   BKMlarga  ega  bo’lish.


Dars jihozi :1) Reaktivlar: Sulfat kislota, temir qirindilari,indikator qog’ozi, ishqor eritmasi, bariy xlorid eritmasi,  mis (II) oksidi.


2) Laboratoriya jihozlari: Shtativ, probirkalar, shpatel, chinni kosacha.


3) Jihozlar:  kompyuter, elektron  darslik, grafoproyektor, PKMQ.


Dars  turi : yangi  bilimlar  berish.


Dars  uslubi: savol-javob,mustaqil  ish, demonstratsiya.


            


Darsning borishi.


Sinf  o’quvchilari 3 guruhga bolinib har bir guruhga nom qo’yiladi .  1-guruh  “Evrika”,    2-guruh   “Elektron”,  


3-  guruh   “Akva”.


Dars musobaqa tarzida olib boriladi.


1) Tashkiliy  qism   a) salomlashish,


b)o’quvchilar  va  sinfning  darsga  tayyorligini  kuzatish,


c)davomatni  aniqlash.


 2) “Mahorat  bekati”__”Ha” yoki “yo’q” oyini.


Bunda o’tgan  mavzular  asosida   savol-javoblar o’tkaziladi.O’quvchilar savollarga  “ha” yoki “yo’q” deb javob beradilar.


1.Oltingugurt VI-guruh elementi.


2.Kislorod va oltingugurtning tashqi qavatida 6 ta  electron bor


3.Kislorod ftorli birikmasida  -2  oksidlanish darajasini namoyon qiladi.


4.Oltingugurt tabiatda faqat erkin holda uchraydi.


5.Oltingugurt rombik, plastik, monoklinik ko’rinishdagi allotropik shakl o’zgarishlarni namoyon  qiladi.


6.Kimyoviy birikmalarda oltingugurt faqat oksidlovchi bo’ladi.


7.Kauchukni  vulkanlashda oltingugurt kerak.


8.Oltingugurt 2 xil oksid hosil qiladi.


9.Sulfid kislota uchun sifat reaksiyani  bariy xlorid beradi.


3) “Zukkolar  bekati”__ “ Anogramma” mashqi. 


Bunda o’quvchilarga kartochkalar tarqatib chiqiladi, kartochkalarda turli kimyoviy jarayonlar izohlab berilgan.O’quvchilar bu jarayonlarning reaksiya tenglamalarini belgilangan vaqt ichida yozishlari talab etiladi.


4) “Bilimdonlar  qasri”___Yangi          mavzu  mazmuni.


Sulfat kislotaning molekulyar formulasi   H2SO4


Olinishi. Sulfat kislotani olish uchun  quyidagi o’zgarishlarni amalga oshirish kerak.


FeS2__SO2---SO3---H2SO4


Fizik xossalari. Sulfat kislota rangsiz, hidsiz,og’ir moysimon suyuqlik. 96% li konsentrlangan sulfat kislotaning zichligi 1,84 g|sm3. U suvda eriganda juda ko’p issiqlik ajralib chiqadi.  Shuning uchun sulfat kislotani suvda eritganda juda ehtiyot bo’lish kerak.Sulfat kislotani suvga aralashtirib turgan holda  quyish kerak Aksincha suvni sulfat  kislotaga quyish mumkin emas.


Kimyoviy xossalari.


Suyultirilgan sulfat kislota bilan konsentrlangan sulfat kislotaning kimyoviy xossalarida farq bor.Suyultirilgan sulfat kislota kislotalar uchun xos bo’lgan xossalarni o’zida namoyon qiladi.


1. Metallarning  faollik qatoridagi vodoroddan oldin turgan metallar bilan reaksiyaga kirishib tuz va vodorod hosil qiladi.


Zn +H2SO4==ZnSO4 +H2


2AL +3H2SO4 ==AL2(SO4)3 + 3H2


2.Asosli va amfoter oksidlar bilan reaksiyaga kirishib tuz va suv hosil qiladi.


CuO +H2SO4 ==CuSO4 +H2O


ZnO + H2SO4==ZnSO4 +H2O


3.Asoslar bilan reaksiyaga kirishib, tuz va suv hosil qiladi.


2NaOH + H2SO4==Na2SO4 + 2H2O


Mg(OH)2 + H2SO4==MgSO4 + 2H2O


4.Kuchsiz va uchuvchan kislotalarning tuzlari bilan reaksiyaga kirishib,  yangi tuz va yangi kislota hosil qiladi.


3H2SO4 + Ca3(PO4)2 ==3CaSO4 + 2H3PO4.


5.Konsertrlangan sulfat kislota juda kuchli oksidlovchi bo’lgani uchun,  deyarli barcha metallar bilan reaksiyaga kirishadi. U kumush,oltin,platinaga va konsentratsiyasi 100% ga yaqin bo’lganda Fe ga ta’sir etmaydi.


6.Sulfat kislota metallar bilan reaksiyaga kirishganda metallarning faolligiga, sulfat kislotaningf konsentratsiyasi va reaksiya sharoitiga qarab SO2, S yoki H2S gazlarini ajratib chiqaradi.


Cu + 2H2SO4==CuSO4 + SO2 + 2H2O


7.Konsentrlangan sulfat kislota  qaynatilganda  metalmasslar bilan ham reaksiyaga kirishadi.


2H2SO4 + C ==CO2 + 2SO2 + 2H2O


8.Konsentrlangan  sulfat kislota shakar, qog’oz, yog’och va gazlamalar tarkibidagi sellulozadan suvni tortib oladi va  ularni ko’mirga aylantiradi.


Shakar (yog’och) + H2SO4==nC + H2SO4 + nH2O


9.Sulfat kislota va sulfatlarni aniqlash uchun  bariyning eruvchan tuzi (bariy xloridni )  ta’sir ettiramiz. Reaksiya natijasida suvda ham nitrat kislotada ham erimaydigan oq cho’kma tushadi.


H2SO4 + BaCI2 = BaSO4  + 2HCI


Na2SO4 + BaCI2 ==BaSO4 + 2NaCI.


                Ishlatilishi.

1.Bo’yoq moddalar olishda.


2.Mineral o’g’itlar olishda.


3. Akkumulatorlarda elektrolit sifatida.


4.Turli xildagi sulfatlar olishda.


5.Har xil kislotalar olishda.


6.Neft mahsulotlarini tozalashda.


7.Portlovchi moddalar olishda.


8.Tibbiyotda.


9.O’simliklarni himoya qilish vositalari olishda.


5) “Topqirlar  bekati”___Kimyoviy domino.


 


Bunda o’quvchilar quyidagi o’zgarishlar asosida boradigan reaksiya tenglamalarini yozishlari talab etiladi.


1)FeS2—SO2—SO3—H2SO4.---BaSO4


2) NaCI__ CI2___KCIO3___O2___P2O5


 


     6)”Manzil”.___ Darsni  yakunlash: o’quvchilardan  savollar  so’raladi , uyga  vazifa  beriladi , o’quvchilar  baholanadi  .


       Vazifa: 4-savol-topshiriq ,  151-bet.

Kimyoni o'qitishda AKT dan foydalanish

Xabarlar

Kimyoni o’qitishda AKT.


 


            Axborot – komunikatsiya  texnologiyalari  (AKT)  biznes, iqtisodiyot, sayohat, nashriyot, ta’limning asosiy sohalarida tubdan o’zgarishlarga olib keladi. AKT globallashuvga ta’sir etadigan, butun dunyoni yaxlit qiladigan kuch va imkoniyatlarga ega.    AKTning o’quv jarayoniga  integratsiyasi  yangi imkoniyatlarga yaratadi hamda o’qituvchilar oldida yangi vazifalar  qo’yadi.


                        Kimyo fan sifatida yuqori darajadagi absrakt mazmunga ega. Kimyoda biz kimyoviy voqealarni “makro – darajada” kuzatamiz, “mikro – darajada” talqin qilamiz va tushuntiramiz, so’ngra “ ramziy darajada” (formula,  tenglama,  grafik va boshqalar  asosida) taqdim etamiz.


Maktabni obodonlashtirish.

Xabarlar

Buxoro viloyati G'ijduvon tumanidagi 51- umumiy o'rta ta'lim maktabida 13- mart kuni «Obodonlashtirilgan maktab» mavzusida seminar bo'lib o'tdi. Seminarda tuman bo'yicha barcha maktablarning direktorlari, xo'jalik ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari, G'ijduvon tumani xalq ta'limi bo'limi mudiri, va tuman hokimi shaxsan tashrif buyurib maktabdagi obodonlashtirish ishlarini yuksak baholadilar.

maktab xabarlari

Xabarlar

Buxoro viloyati G'ijduvon tumanidagi 51- umumiy o'rta ta'lim maktabida 14- mart kuni «Talimda integrallashuv- davr talabi» mavzusida ilmiy amaliy seminar bo'lib o'tdi. seminarda kimyo, biologiya va matematika fanlaridan integrallashgan darslar o'tkazildi.Sinfdan tashqari  bellashuvlar, «Kim ko'p formula biladi?» tanlovlari o'tkazildi.