avatar
Куч
4.94
Рейтинг
+6.64

ashurova norbibish jo'rayevna

Мақолалар

Alkaloidlar kimyosi

Илмий мақолалар
Илм-фан
Alkaloidlarning tarkibi va qo’llanilishi.

Alkoloidlar  deb   ayrim  o’simliklarga  uchraydigan,tarkibida  azot  atomi  bor,asos  xossalariga  ega bo’lgan  murakkab organik birikmalarga aytiladi. Alkaloidlarning ko’pi odam va hayvonlar  organizmida kuchli fiziologik va farmakologik ta’sir ko’rsatadi. Ular barcha o’simliklarda ham  uchrayvermaydi .
Hozirgacha malum bo’lgan o’simliklarning umumiy turlar soniga nisbatan olganda alkaloidlarning soni unchalik ko’p emas. Ko’knorguldoshlar  (papaveraceae), dukkaklilar  (leguminosae), murakkabguldoshlar  (compositae), ituzumguldoshlar (solanaceae), ayiqtovonguldoshlar  (ranunculaceae), zirkguldoshlar  (berberidaceae) singari oilalar alkaloidli turlarga boydir. Shu bilan bir qatorda, umuman alkaloidli o’simlik turiga ega bo’lmagan oilalar ham bor. Masalan, atirguldoshlar ( rosaceae )  oilasi. Ko’pincha bir o’simlikda va hatto bir avlodga mansub bo’lgan o’simliklarda kimyoviy jihatdan bir-biriga o’xshash alkaloidlar uchraydi. O’simliklarda alkaloidlarning miqdori turlicha bo’ladi. Hinna daraxtining po’stlog’ida koridalis, barbaris o’simliklarida  alkaloidlarning miqdori 10-15% ga yetadi. Lekin bunday o’simliklar juda kam. Umuman, tarkibida 1-2% alkaloid bo’lgan o’simliklar alkaloidga boy o’simlik hisoblanadi. Alkaloidlar o’simlikning organlarida uning o’sish fazalarida har xil funksiyalarni bajaradi. Alkaloidlar o’simliklarning vegetatsiya davriga tuproq sharoitiga qarab miqdor va sifat jihatidan o’zgarib turadi. Alkaloidlar o’simliklarda olma,limon, oksalat, qahrabo, sirka, propion sut, sulfat,fosfgat kislatalar va oksikislatalarning tuzlari holida uchraydi. Akaloidlar o’simliklarda tuz yoki erkin asoslar holida ekstrsiyalash yo’li bilan ajratib olinadi. Aldaloidlarning tuzlari suvda, metil va etil spirtlarida eriydi.Efirda va uglevodorodlarda erimaydi.
Alkaloidlarning o’zi esa suv va spirtdan boshqa ko’pgina boshqa organik erituvchilarda eriydi. Tuzlar holida ekstraksiyalashda erituvchi sifatida oz miqdorda kislata ( sirka,vino,xlorid va boshqalar ) qo’shilgan suv yoki spirt ishlatiladi. Alkaloidlarni erkin asoslar holida ajratib olish uchun tarkibida alkaloid bor o’simlik kukun holiga kelguncha maydalanib, so’ngra ammiak,soda yoki ishqor eritmasi bilan ho’llanadi  va biror erituvchi bilan ( xloroform, benzol, dixloretan va h.k. ) ekstraksiya qilinadi. Olingan ekstrak sulfat kislaotaning suvdagi suyultirilgan eritmasi bilan chayqatiladi. So’ngra kislatali eritmaga eritma  ishqoroy muhitga o’tgancha ammiak yoki ishqor eritmasi qo’shiladi va alkaloidlar tegishli organic erituvchilar yordamida ekstraksiya yo’li bilan ajratiladi.
Alkaliodlarni identifikatsiyalashda va ularning tuzilishini o’rganishda klassik metodlar bilan birgalikda, xromotografiya, iq-, yf-,mass- spektroskopiya, epr, yamr,roentgenstruktura analiz singari tekshirishning hozirgi zamon metodlari qo’llaniladi. Hozirgi vaqtda 2000dan ortiq alkaloid ma’lum bo’lib, ularning  ko’pi XX  asrda kashf etildi.
 S.Yu. Yunusov rahbarligidagi  O’bekiston Respublikasi  Fanlar akademiyasi  o’simlik moddalari kimyosi institutining alkaloidlar kimyosi laboratoriyasida alkaloidlar sohasida katta ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
1943-yilda tashkil etilgan bu laboratoriya xodimlari 4000dan ortiq tur o’simlikni analiz qilib, shularning 150 turidan 415 alkaloid ajratib olindi. Shulardan 222tasi yangi topilgan alkaloiddir. 206 ta alkaloidning tuzilishi,70ta alkaloidning esa konfiguratsiyasi aniqlandi. Galantamin, papaverin, sitizin singari 100dan ortiq oldindan ma’lum bo’lgan qimmatli alkaloidlarning yangi xomashyolari topildi.
 Alkaloidlar uglerod-azot skeletining tuzilishiga ko’ra 13 ta gruppaga bo’linadi. Bular pirolidin, piridin, xinolin, akridin, izoxinolin, indol, inmidazol va hokazo gruppa alkaloidlaridir.
  Anabazin. 2760C da qaynaydigan, suvda va ko’pchilik organik erituvchilarda erydigan moysimon suyuqlik. Anabazinni 1929 yilda A.P. Orexov Anabasis aphylla o’simligidan ajratib olgan. Anabazin  kaliy permanganat  bilan oksidlanganida nikotin kislota, kumush asetat bilan degidrogenlaganda a, b-dipiridil, katalitik  gidrogenlaganda esa a,b-dipiperidil hosil bo’ladi. Shularga asoslanib,1931-yilda A.P.Orixov va G.P.Menshikovlar anabazinni a-piperidil b-piridin tuzulishiga ega ekanligini aniqladilar.
 Anabazin juda zaharli bo’lib,qishloq xo’jaligida insektisid sifatida keng ishlatiladi.
 Nikotin. Tamaki (nikotiana tabacum) o’simligida 10dan ortiq  alkaloid bor. Ulardan asosiysi nikotindir. U havoda tezda qorayadagin, moysimon suyuqlik.
Hikotinni 1828-yilda Posselt va Reymanlar sof xolda ajratib olganlar:
Hikotin kuchli zahar. Qishloq xo’jaligida insektisid sifatida keng   ishlatiladi.
      Koniin. O’tkir hidli, rangsiz suyuqlik, suvda va organik erituvchilarda yaxshi eriydi.Conium maculatum o’simligidan ajratib olingan. Tekshirishlar natijasida uning a-propilpiperidin tuzilishiga ega ekanligi aniqlandi: C5H5-NH-CH2-CH2-CH3
Koniin sintetik usul bilan olingan birinchi tabiiy alkaloiddir. Uni 1886-yilda Ladenburg  sintezlagan.
    Kofein. 2340 da suyuqlanadigan, xloroformda va issiq suvda yaxshi, sovuq suvda, spirtda va efirda yomon eriydigan kristal modda. Kofeinni 1819-yilda Runge  kofe (coffea arabica L.) dan ajratib oldi. Keyinchalik   bir necha bosqich boshqa o’simliklarda ham kofein borligi aniqlandi. Kofein 1,3,7-trimetil-2,6-dioksipurin tuzilishiga ega.
 Kofein markaziy nerv sistemasiga qo’zg’atuvchi tasir ko’rsatadi. U qon bosimini oshiradi, yurak faoliyatini   kuchaytiradi. Charchaganda, narkotiklar bilan zaharlanganda, bazi bir yurak kasalliklarida dori sifatida ishlatiladi. 
  Teobromin. 3510 C da suyuqlanadigan, suvda va spirtda qiyin eriydigan oq kukun. Uni 1842-yilda Voskresenskiy kakao ( Thebroma cacao ) mevasidan ajratib olngan. Kakao tarkibida 1,5 -2% ga yaqin teobromin bo’ladi. U boshqa o’simliklarda ham uchraydi. Teobromin tuzulishiga ko’ra 3,7-dimetil 2,6-dioksipurindir: 
 
Teofillin .268-2720da suyuqlanadigan,issiq suvda oson,sovuq suvda va spirtda esa qiyin eriydigan kristall modda. Uni 1889 yilda Kosses Thea sinensis o’simligidan olingan. Teofillin teobrominning izomeri bo’lib,1,3-dimetil-2,6 dioksipurin tuzilishiga ega:

  Xinin.1820-yilda xinna daraxtining po’stlog’idan olingan. Bezgakka qarshi ishlatiladigan eng yaxshi dorilardan biridir.

      
 
                    Buxoro viloyati G’ijduvon tumanidagi 51- umumiy o’rta
            ta’lim maktabi 1-toifali kimyo  fani o’qituvchisi Norbibish Ashurova.

9-SINFDA OPTIK ASBOBLAR MAVZUSIDAGI DARS ISHLANMA

"Бобурнома" да географик жой номлари
Илм-фан
Mavzu: Optik asboblar

«Optik asboblar» Mavzuning texnologik xaritasi
Mavzu    Optik asboblar
Maqsad    Optik asboblarning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish. o’quvchilarni optik asboblarning (lupa, fotoapparat, mikroskop) tuzilishi, ishlash prinsipi bilan tanishtirish va ularning fan hamda turmushda qo’llanilishi haqidaqi ma'lumotlar berish.
Vazifalar    o’quvchilarga optik asboblarning xarakteristikalari haqida ma'lumotlar berish va ularga misollar keltirish. o’quvchilarga optik asboblar (lupa, fotoapparat, mikroskop) va ularning ishlatilishi haqida ma'lumotlar berish, uning turmushda va fandagi ahamiyatini tushuntirish orqali fanga bo’lgan qiziqishlarini oshirish.
o’quv
jarayonining mazmuni    Optik asboblar yordamida yorug'likning qaytish va sinish qonunlarini o’rganish.
o’quv jarayo- nining amalga oshirish texnologiyasi    Metod: kichik ma'ruza orqali taqdimot, «aqliy hujum», «Sinkveyn», guruhlar bilan ishlash.
Vosita: 9-sinf fizika darsligi, tarqatma savollar, lupa, fotoapparat, mikroskop, optik disk, kompyuter, Beruniy, Ulug'bek, Ibn Sinolarning suratlari, o’quvchilar taqadigan emblemalar, lupa, fotoapparat, mikroskop, kadaskop, slaydlar.
Nazorat: og'zaki nazorat, guruhlarni baholash.
Baholash: 5 ballik tizim asosida.

Kutilayotgan natijalar    o’qituvchi.
Optik asboblar mavzusini hayotiy misollar orqali yoritish natijasida yuqori samaradorlikka erishadi. Interfaol metodlardan foydalanish orqali o’quvchilarning mustaqil fikrlashi, faolligi, darsga, fanga nisbatan qiziqishini orttiradi. o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishadi. o’quvchi.
Yangi bilimlarni egallaydi. Jamoada ishlash ko’nikmasi ortadi, nutqi ravonlashadi, o’z-o’zini nazorat qilishga o’rganadi.
Kelgusi rejalar    o’qituvchi.
o’quvchilarni fizika faniga qiziqtirish yo’llari va pedagogik texnologiyalarni darsda tatbiq etish uchun o’z ustida ishlash, mavzuni kundalik turmush va fan-texnikada qo’llanilishi bilan tajribasini boyitish. o’quvchi.
Optik asboblar yordamida yorug'likning qaytish va sinish qonunlarini, jarayonni tasawur qilish, amaliyotda qo’llash. Qo’shimcha adabiyotlar bilan mustaqil ishlashni o’rganish. o’z fikrini ravon bayon qila olish. Kompyuterda ishlash ko’nikmasini hosil qilish.

   
    Mashg'ulot bosqichlari

Bosqichlar    Mazmuni    Metodlar    Vaqti
1-bosqich: tashkiliy qism        Salomlashuv. Mashg'ulotning borishi haqida tushuncha berish.        Og'zaki muloqot.    3 daqiqa
2-bosqich: takrorlash    o’qituvchi ishtirokida o’tilgan mavzuni takrorlash va guruhlar bilan ishlash.    Guruhlarda ishlash, amaliy topshiriq baja- rish va guruhlar taqdimoti.    12 daqiqa
3-bosqich: mavzu bayoni    o’qituvchi optik asboblar to’g'risida o’quvchilardan so’rash hamda mavzuning asosiy mazmuni to’g'risida- gi ma'ruzasi (slaydlar hamda savollar asosida) — jamoaviy ish.    «Aqliy hujum», og'zaki bayon, tushuntirish, savol-javob, matn bilan ishlash, slaydlar namoyishi.    15 daqiqa
4-bosqich: mustahkamlash    Mavzu bo’yicha o’quvchilar bilimlari, tushunchalarini guruhdagi faoliyatlari orqali aniqlash.    «Sinkveyn» elementi, qisman izlanish, o’z-o’zini baholash.    10 daqiqa
5-bosqich: mashg'ulot yakuni va mus- taqil ish uchun topshiriq        Darsda g'olib bo’lgan guruh va faol qatnashgan o’quvchilarni rag'batlantirish, mashg'ulotni yakunlash, mustaqil ish uchun topshiriq berish.    o’quvchilarni rag'batlantirish.    5 daqiqa

Mashg'ulotning borishi

Asosiy atamalar va tushunchalar:
    — lupa;
    — fotoapparat;
    — proyeksion apparat;
    — mikroskop.
   
I. Darsning tashkil etilishi:

    sinfga kirishda o’quvchilar o’qituvchi tayyorlagan emblemalarini olib, o’z joylarini egallaydilar;
    salomlashib, davomat aniqlanadi; d) o’quvchilarning darsga hozirligi
ko’rib chiqilib, guruhlarga bo’linadi:
    1-guruh    — «Beruniy»;
    2-guruh    — «Ulug'bek»;
    3-guruh    — «lbn Sino».
   


II. o’tilgan mavzuni takrorlash.
o’qituvchi tomonidan oldindan
tayyorlab qo’yNgan savol va topshiriqlarni .guruhlar boshlig'i tanlab oladilar.
«o’zing bajar» shartida guruhiar amaliy topshiriqlarni bajarib, taqdimot qiladilar.
    1-guruhga:    «Yorug'likning qaytish qonuni»ni tushuntiring (yorug'lik manbai, yassi ko’zgu, optik disk).
    2-guruhga:    «Yorug'likning sinish qonuni»ni tushuntiring (yorug'lik manbai, yassi ko’zgu, optik disk).
    3-guruhga:    «Linzada tasvir hosil qilish» (yorug'lik manbai, qavariq linza, ekran) kabi topshiriqlar beriladi.
III. Yangi mavzu bayoni: optik as- boblar
Reja:
    1. Lupaning tuzilishi.
    2. Fotoapparatning ishlashi.
    3. Mikroskopning tuzilishi.

Yangi mavzuni boshlashdan avval o’quvchilarni yangi mavzuga olib kirish maqsadida «Aqliy hujum» metodidan foydalaniladi.
    1. o’quvchilarga muammoli savollar beriladi (lupa, fotoapparat, mikroskop va optik disklar ko’rsatiladi, ulardan qayer- larda foydalanish mumkinligi so’raladi).
    2. O'quvchilarning fikrlari va g'oyalari tinglanadi.
    3. o’quvchilar tomonidan berilgan j fikr va g'oyalar umumlashtiriladi.
Shundan so’ng o’quvchilarga optik asboblar haqida to’liq ma'lumot beriladi. ■ Slayd orqali mavzudagi optik asboblar tasviri katta ekranga chiqarib, o’quv- chilarga havola etiladi va tushuntiriladi.

IV. Mavzuni mustahkamlash «Sinkveyn» metodi orqali quyidagicha amalga oshiriladi.
«Sinkveyn» — berilgan mavzu bo’yicha bir necha so’z orqali o’quv matnini bayon qilish metodi. Mazkur metoddan ko’zlangan maqsad bu mavzuni o’rganish samaradorligini oshirishdan iboratdir.
Amalga oshirish bosqichlari:
    1. o’quvchilarni ushbu metodni bosqichlari bilan tanishtirish.
    2. Mavzu bo’yicha «Sinkveyn» tuzi- shini o’quvchilarga taklif qilish.
    3. Barcha guruhlar ishni yakunlagandan so’ng ularni taqdimotini tashkillashtirish.
«Sinkveyn» tuzish qoidalari:
«Sinkveyn» — mavzuga oid biror-bir tushunchani besh qatordan iborat qofiyasiz she'r orqaii tasvirlash metodi bo’iib, birinchi qator mavzuga oid bitta jism, atamaning nomidan iborat bo’ladi. Ikkinchi qator ikki so’zdan iborat bo’lib, unda birinchi qatordagi jism yoki atamaning sifati ifodalanishi lozim. Uchinchi qator uchta so’zdan iborat bo’lib, unda birinchi qatordagi so’z bilan bogliq harakat aks etishi lozim. To’rtinchi qatorda mavzuga munosabatni biidiruvchi 4 so’zli misra hosii qiiinadi. Beshinchi qatorda birinchi so’zning sinonimi yoki birinchi so’zni izohlovchi ta'rif beriladi.
Mazkur metoddan quyidagicha foydalanish mumkin:
«Sinkveyn» tuzish namunasi:
    1. Linza.
    2. Linza — shaffof jism.
    3. Linza — tasvir hosil qiladi.
    4. Linzalar — mikroskoplarda, ko’zoynaklarda, fotoapparatlarda ishlatiladi
    5. Linza — yorug'likni sindiruvchi shaffof jism.

Har bir optik asbob uchun «Sinkveyn» tuzishni davom eting.

Namuna:
1-guruh. «Fotoapparat”.
1.
2.


 
2-guruh.    „Lupa“.
1.
2.
   
   
   
3-guruh.    „Mikroskop“.
1.
2.
   
   
   
V.O'quvchilarni baholash.
Dars yakunlari chiqarilib, ballar izohlanib qo’yiladi. olib guruh aniqlanadi. Faol o’quvchilar alohida rag'batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa. Kundalik turmushda qo’shimcha yana qanday optik asbob- lardan foydalanilayotganligi to’g'risida ma'lumot va mavzuga oid savollarga javoblar tayyorlash. 20-mashqni yechish.
ILOVALAR
Mashg'ulot davomida ishlatiladigan slaydlar va tarqatma materiallar:

1-slayd.
Lupa deb nimaga aytiladi?
 
 
Fokus masofasi 25 sm.dan bir necha barobar kichik bo’lgan yig'uvchi linzaga lupa deyiladi.
Lupa — buyumlarni ko’rish burchagini kattalashtirib beradigan qavariq linza.
Lupaning kattalashtirish formulasi quyidagicha:
K=D0/F.

2-slayd.
Fotoapparat qanday tuzilgan?
Fotosuratga olish avvalgi asrning boshicfa kashf etilgan. 1840-yilda birinchi marta Oy, 1842-yilda Quyosh suratga olingan. Fotoapparatning asosiy qismi 1 obyektiv va 2 kameradan iborat. Tasvir 4 kameraning orqa tomonida to’nkarilgan haqiqiy va kichraygan holda hosil bo’ladi. Kameraning shu joyiga fotoplyonka joylashtiriladi.

 
Fotoapparatda ekran vazifasini o’lchami katta bo’lmagan plyonka (yoki plastinka) bajaradi, chunki tasvir kichiklashtirilishi kerak. U, albatta, haqiqiy bo’lishi kerak, chunki mavhum tasvir plyonkaning yorug'lik sezgir tarkibiga ta'sir qila olmaydi. Bunday tasvir linzaning ikkilangan fokus masofasida yotganida hosil bo’ladi. Bu tasvir linzaning fokusi bilan ikkilangan fokusi orasida yotadi.






3-slayd.
 
Mikroskop qanday asbob?
 
Mikroskop — yaqin masofadagi ko’zda bevosita ko’rinmaydigan juda mayda obyektlarni kattalashtirib ko’rsa- tadigan optik asbob.
Mikroskopdan bak- teriyalar, hujayralar kabi mayda obyektlarni ko’rish uchun foydalaniladi.

Optik asboblar

Xabarlar

Mavzu: Optik asboblar«Optik asboblar» Mavzuning texnologik xaritasiMavzu    Optik asboblarMaqsad    Optik asboblarning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish. o’quvchilarni optik asboblarning (lupa, fotoapparat, mikroskop) tuzilishi, ishlash prinsipi bilan tanishtirish va ularning fan hamda turmushda qo’llanilishi haqidaqi ma'lumotlar berish.Vazifalar    o’quvchilarga optik asboblarning xarakteristikalari haqida ma'lumotlar berish va ularga misollar keltirish. o’quvchilarga optik asboblar (lupa, fotoapparat, mikroskop) va ularning ishlatilishi haqida ma'lumotlar berish, uning turmushda va fandagi ahamiyatini tushuntirish orqali fanga bo’lgan qiziqishlarini oshirish.o’quvjarayonining mazmuni    Optik asboblar yordamida yorug'likning qaytish va sinish qonunlarini o’rganish.o’quv jarayo- nining amalga oshirish texnologiyasi    Metod: kichik ma'ruza orqali taqdimot, «aqliy hujum», «Sinkveyn», guruhlar bilan ishlash. Vosita: 9-sinf fizika darsligi, tarqatma savollar, lupa, fotoapparat, mikroskop, optik disk, kompyuter, Beruniy, Ulug'bek, Ibn Sinolarning suratlari, o’quvchilar taqadigan emblemalar, lupa, fotoapparat, mikroskop, kadaskop, slaydlar. Nazorat: og'zaki nazorat, guruhlarni baholash. Baholash: 5 ballik tizim asosida.Kutilayotgan natijalar    o’qituvchi.Optik asboblar mavzusini hayotiy misollar orqali yoritish natijasida yuqori samaradorlikka erishadi. Interfaol metodlardan foydalanish orqali o’quvchilarning mustaqil fikrlashi, faolligi, darsga, fanga nisbatan qiziqishini orttiradi. o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishadi. o’quvchi.Yangi bilimlarni egallaydi. Jamoada ishlash ko’nikmasi ortadi, nutqi ravonlashadi, o’z-o’zini nazorat qilishga o’rganadi.Kelgusi rejalar    o’qituvchi.o’quvchilarni fizika faniga qiziqtirish yo’llari va pedagogik texnologiyalarni darsda tatbiq etish uchun o’z ustida ishlash, mavzuni kundalik turmush va fan-texnikada qo’llanilishi bilan tajribasini boyitish. o’quvchi.Optik asboblar yordamida yorug'likning qaytish va sinish qonunlarini, jarayonni tasawur qilish, amaliyotda qo’llash. Qo’shimcha adabiyotlar bilan mustaqil ishlashni o’rganish. o’z fikrini ravon bayon qila olish. Kompyuterda ishlash ko’nikmasini hosil qilish.        Mashg'ulot bosqichlariBosqichlar    Mazmuni    Metodlar    Vaqti1-bosqich: tashkiliy qism        Salomlashuv. Mashg'ulotning borishi haqida tushuncha berish.        Og'zaki muloqot.    3 daqiqa2-bosqich: takrorlash    o’qituvchi ishtirokida o’tilgan mavzuni takrorlash va guruhlar bilan ishlash.    Guruhlarda ishlash, amaliy topshiriq baja- rish va guruhlar taqdimoti.    12 daqiqa3-bosqich: mavzu bayoni    o’qituvchi optik asboblar to’g'risida o’quvchilardan so’rash hamda mavzuning asosiy mazmuni to’g'risida- gi ma'ruzasi (slaydlar hamda savollar asosida) — jamoaviy ish.    «Aqliy hujum», og'zaki bayon, tushuntirish, savol-javob, matn bilan ishlash, slaydlar namoyishi.    15 daqiqa4-bosqich: mustahkamlash    Mavzu bo’yicha o’quvchilar bilimlari, tushunchalarini guruhdagi faoliyatlari orqali aniqlash.    «Sinkveyn» elementi, qisman izlanish, o’z-o’zini baholash.    10 daqiqa5-bosqich: mashg'ulot yakuni va mus- taqil ish uchun topshiriq        Darsda g'olib bo’lgan guruh va faol qatnashgan o’quvchilarni rag'batlantirish, mashg'ulotni yakunlash, mustaqil ish uchun topshiriq berish.    o’quvchilarni rag'batlantirish.    5 daqiqaMashg'ulotning borishiAsosiy atamalar va tushunchalar:     — lupa;     — fotoapparat;     — proyeksion apparat;     — mikroskop.    I. Darsning tashkil etilishi:    sinfga kirishda o’quvchilar o’qituvchi tayyorlagan emblemalarini olib, o’z joylarini egallaydilar;    salomlashib, davomat aniqlanadi; d) o’quvchilarning darsga hozirligiko’rib chiqilib, guruhlarga bo’linadi:    1-guruh    — «Beruniy»;    2-guruh    — «Ulug'bek»;    3-guruh    — «lbn Sino».    II. o’tilgan mavzuni takrorlash. o’qituvchi tomonidan oldindantayyorlab qo’yNgan savol va topshiriqlarni .guruhlar boshlig'i tanlab oladilar.«o’zing bajar» shartida guruhiar amaliy topshiriqlarni bajarib, taqdimot qiladilar.    1-guruhga:    «Yorug'likning qaytish qonuni»ni tushuntiring (yorug'lik manbai, yassi ko’zgu, optik disk).    2-guruhga:    «Yorug'likning sinish qonuni»ni tushuntiring (yorug'lik manbai, yassi ko’zgu, optik disk).    3-guruhga:    «Linzada tasvir hosil qilish» (yorug'lik manbai, qavariq linza, ekran) kabi topshiriqlar beriladi.III. Yangi mavzu bayoni: optik as- boblarReja:    1. Lupaning tuzilishi.    2. Fotoapparatning ishlashi.    3. Mikroskopning tuzilishi.Yangi mavzuni boshlashdan avval o’quvchilarni yangi mavzuga olib kirish maqsadida «Aqliy hujum» metodidan foydalaniladi.    1. o’quvchilarga muammoli savollar beriladi (lupa, fotoapparat, mikroskop va optik disklar ko’rsatiladi, ulardan qayer- larda foydalanish mumkinligi so’raladi).    2. O'quvchilarning fikrlari va g'oyalari tinglanadi.    3. o’quvchilar tomonidan berilgan j fikr va g'oyalar umumlashtiriladi.Shundan so’ng o’quvchilarga optik asboblar haqida to’liq ma'lumot beriladi. ■ Slayd orqali mavzudagi optik asboblar tasviri katta ekranga chiqarib, o’quv- chilarga havola etiladi va tushuntiriladi.IV. Mavzuni mustahkamlash «Sinkveyn» metodi orqali quyidagicha amalga oshiriladi.«Sinkveyn» — berilgan mavzu bo’yicha bir necha so’z orqali o’quv matnini bayon qilish metodi. Mazkur metoddan ko’zlangan maqsad bu mavzuni o’rganish samaradorligini oshirishdan iboratdir.Amalga oshirish bosqichlari:    1. o’quvchilarni ushbu metodni bosqichlari bilan tanishtirish.    2. Mavzu bo’yicha «Sinkveyn» tuzi- shini o’quvchilarga taklif qilish.    3. Barcha guruhlar ishni yakunlagandan so’ng ularni taqdimotini tashkillashtirish.«Sinkveyn» tuzish qoidalari:«Sinkveyn» — mavzuga oid biror-bir tushunchani besh qatordan iborat qofiyasiz she'r orqaii tasvirlash metodi bo’iib, birinchi qator mavzuga oid bitta jism, atamaning nomidan iborat bo’ladi. Ikkinchi qator ikki so’zdan iborat bo’lib, unda birinchi qatordagi jism yoki atamaning sifati ifodalanishi lozim. Uchinchi qator uchta so’zdan iborat bo’lib, unda birinchi qatordagi so’z bilan bogliq harakat aks etishi lozim. To’rtinchi qatorda mavzuga munosabatni biidiruvchi 4 so’zli misra hosii qiiinadi. Beshinchi qatorda birinchi so’zning sinonimi yoki birinchi so’zni izohlovchi ta'rif beriladi.Mazkur metoddan quyidagicha foydalanish mumkin:«Sinkveyn» tuzish namunasi:    1. Linza.    2. Linza — shaffof jism.    3. Linza — tasvir hosil qiladi.    4. Linzalar — mikroskoplarda, ko’zoynaklarda, fotoapparatlarda ishlatiladi    5. Linza — yorug'likni sindiruvchi shaffof jism.Har bir optik asbob uchun «Sinkveyn» tuzishni davom eting.Namuna:1-guruh. «Fotoapparat”.1.2. 2-guruh.    »Lupa".1.2.            3-guruh.    «Mikroskop».1.2.            V.O'quvchilarni baholash.Dars yakunlari chiqarilib, ballar izohlanib qo’yiladi. olib guruh aniqlanadi. Faol o’quvchilar alohida rag'batlantiriladi.VI. Uyga vazifa. Kundalik turmushda qo’shimcha yana qanday optik asbob- lardan foydalanilayotganligi to’g'risida ma'lumot va mavzuga oid savollarga javoblar tayyorlash. 20-mashqni yechish.ILOVALARMashg'ulot davomida ishlatiladigan slaydlar va tarqatma materiallar:1-slayd.Lupa deb nimaga aytiladi?  Fokus masofasi 25 sm.dan bir necha barobar kichik bo’lgan yig'uvchi linzaga lupa deyiladi.Lupa — buyumlarni ko’rish burchagini kattalashtirib beradigan qavariq linza.Lupaning kattalashtirish formulasi quyidagicha:K=D0/F.2-slayd.Fotoapparat qanday tuzilgan?Fotosuratga olish avvalgi asrning boshicfa kashf etilgan. 1840-yilda birinchi marta Oy, 1842-yilda Quyosh suratga olingan. Fotoapparatning asosiy qismi 1 obyektiv va 2 kameradan iborat. Tasvir 4 kameraning orqa tomonida to’nkarilgan haqiqiy va kichraygan holda hosil bo’ladi. Kameraning shu joyiga fotoplyonka joylashtiriladi.  Fotoapparatda ekran vazifasini o’lchami katta bo’lmagan plyonka (yoki plastinka) bajaradi, chunki tasvir kichiklashtirilishi kerak. U, albatta, haqiqiy bo’lishi kerak, chunki mavhum tasvir plyonkaning yorug'lik sezgir tarkibiga ta'sir qila olmaydi. Bunday tasvir linzaning ikkilangan fokus masofasida yotganida hosil bo’ladi. Bu tasvir linzaning fokusi bilan ikkilangan fokusi orasida yotadi.3-slayd.  Mikroskop qanday asbob? Mikroskop — yaqin masofadagi ko’zda bevosita ko’rinmaydigan juda mayda obyektlarni kattalashtirib ko’rsa- tadigan optik asbob.Mikroskopdan bak- teriyalar, hujayralar kabi mayda obyektlarni ko’rish uchun foydalaniladi.

Mexanik ish

Xabarlar

MAVZU:MEXANIK ISH.Darsning maqsadi:A.Ta`limiy maqsad:o’quvchilarga mustaqil ravishda mexanik ishning mohiyati, mexanik ishni bajarilish shartlari, ish birliklarini o’rgatish, fanlararo aloqadorligini amalga oshirish. B. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga iqtisodiy va kasb tarbiyasini berish,  yuksak  ma’naviy–axloqiy  fazilatlarni  shakllantirish. C.Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarda muhokama yuritish va tajriba faktlaridan xulosa chiqarish malakasini  rivojlantirish, tabiat sirlarini mustaqil ravishda o’rganishga undash, nazariy bilimlarni  amaliyotga qo’llash ko’nikmasini shakllantirish, ilmiy dunyoqarashni oshirish. Dars turi: yangi bilimlarni o’rganish va bilimlarni mustahkamlash darsi.Dars uslubi: mustaqil ishlash va muammoli o’qitish usullarini induktiv usul bilan birga olib borish,  kichik guruhlarda ishlash, «Blits» va «Klaster» usullari.Dars jihozi:dinamometr, yuklar to’plami,o’lchov lentasi, tutli xil yuklar.Darsning vositalari:kompyuter, videoproyektor, ekran, grafoproyektor.    Darsning asosiy tushunchalari: mexanik ish, uning formulasi, asosiy va hosilaviy birliklari,ta’sir kuchining mexanik ishi.Nazorat turi: JoriyNazorat shakli: og’zaki so’rash, masala yechish, tarqatma materiallar bilan ishlash,test.DARSNING TUZILMASI: №    Dars bosqichlari     Ajratilgan vaqt1    Tashkiliy qism    2 daqiqa 2    Yangi  mavzuni boshlashga hozirlik.     8 daqiqa3    Yangi  mavzuni o’rganish    22 daqiqa4    Olgan bilimlarni mustahkamlash     10 daqiqa5    Darsni yakunlash     3 daqiqaDARSNING BORISHI:Tashkiliy qism (2-daqiqa): O’quvchilar bilan  salomlashib, agar  brinchi soat bo’lsa O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi ijro etiladi. Madhiya ijro etayotganda davlat bayrog’i va gerbi mujassamlashtirilgan elektrostend ishga tushiriladi. Navbatchi o’rnidan turib sinfxonadagi temperatura, havo namligi va o’quvchilarning darsga ishtiroki haqida ma’lumot beradi. Sinf tozaligi, o’quv qurollar va kerakli asbob uskunalarning mavjudligi tekshirilib ko’riladi.  O’qituvchi dars mavzusini sinf taxtasiga yozib qo’yadi va maqsadini o’quvchilarga bayon etadi. Yangi  mavzuni boshlashga hozirlik (8 daqiqa): Yangi  mavzuni o’rgatishdan oldin sinf o’quvchilari  uchta guruhga bo’linadi: «Arximed», «Evrika», «Nyuton».  Dars jarayonida qaysi guruh a’zosi savollarga to’g’ri va aniq javob bersa o’sha guruhga ball qo’yiladi va darsning oxirida guruhlar faoliyati baholanadi.  Qisqa muddatda o’quvchilarni yangi darsga tayyorlash maqsadida oldingi egallagan bilimlarni eslab olishlari uchun «Blits» usuli orqali savol-javob  qilinadi.  1.Impuls so’zining ma;nosini ayting. 2.Impulsning qanday turlari bor?3.Kuch impulsi qanday formula bilan topiladi?4.Jism impulsini toppish formulasi qanday?5. Jism impulsi uning harakatlanish tezligigi qanday bog’liqlikda bo’ladi?6.Impulsning saqlanish qonunining mohiyatini tushuntiring.7.Reaktiv harakat deb qanday harakatga aytiladi?8. Reaktiv harakatga misollar keltiring.9.Raketaning tuzilishini ayting.10.Raketalar, yani kosmik kemalar qanday maqsadda ychiriladi?Shu   paytda uchta guruhning  bittadan o’quvchisiga kichik  test varaqalari beriladi  va savollar tugaguncha ular test topshiriqlarni bajaradilar hamda maxsus dasturlashtirilgan «TEST-F» apparati bilan o’zlarining  javoblarini tekshirib ko’radilar.“Blits so’rovi” Quyidagi jadvalni to’ldiring.                                  FormulaKuch nomi    gm    µmg    Gm1m2/R2    m+mg    -kx    P=m*g    m-mg    Elastiklik kuchi                                Og`irlik kuchi                                Ishqalanish kuchi                                     Butun o.t.q                                Vaznsizlik                                Jismning og’                                 Yuklama                                    Yangi mavzu mazmuni.Yerga turgan jismga F kuch ta’sir etganda u shu kuch yo’nalishida to’g’ri chiziq bo’ylab S masofaga ko’chsa, A mexanik ish bajariladi. Bajarilgan ish kuchining shu kuch yo’nalishida jism bosib o’tgan yo’lning ko’paytmasiga teng, ya’niA=F*SXalqaro birliklar sistemasida ishning birligi-joyl (J). 1J – bu 1 N kuch ta’sirida jismni 1 m masofaga ko’chirishda bajarilgan ishga teng. Bu birlik nomi ingliz fizigi Jeyms Joul sharafiga qo’yilgan.Ishning hosilaviy birliklari ham qo’llaniladi. 1MJ=106J      1kJ=103J 1     mJ=10-3J    1MJ=10-6J Mexanik ish skalyar kattalik.Yuqoridagi mexanik ishning formulasijismga ta’sir etayotgan kush va jismning ko’chishi bir xil yo’nalishda bo’lgan hol uchun o’rinli.Masalan, jism F=5N kuch ta’sirida shu kuch yo’nalishida S=20sm masofada ko’chgan bo’lsin. U holda bu kuchning bajargan ishi A=5N*0,2m=1J teng bo’ladi.  Agar kuchning yo’nalishi jism harakatining yo’nalishida bo’lmasa, mexanik ishning qiymatiqanday aniqlaniladi? Jismga ta‘sir etayotgan kuch jismning ko’chish yo’nalishi bilan ma’lum burchak tashkil etsa u holda ta’sir etayotgan kuchning ko’chish yo’nalishiga proyeksiyasi olinadi. Masalan, jismga F=5N kattalikdagi kuch ma’lum bir burchak ostida ta’sir etib, jism shu kuch ta’sirida 20 sm masofaga ko’chsin. Bu kuchning ko’chish yo’nalishiga proyeksiyasi Fpr=4N ni tashkil etadi. U holda bu kuchning bajargan ishi A=4N*0,2m=0,8J ga teng   Arximed  qonunida jismni suvga botirganda suyuqlikning ko’tarish kuchi-Arximed kuchi ish bajaradi. Arximed  qonunida jismni suvga botirganda suyuqlikning ko’tarish kuchi-Arximed kuchi ish bajaradi.     Mustahkamlash: Masalani bajaring.Yerda turgan 50 kg li yukni  100m masofaga ko’chirishda qancha ish bajariladi?Beilgan:               Yechish:m=50kg             F=m*g=50kg*10N/kg=500NS=100m          A=F*S=500N*100m=50000J=50kJg=10 N/kg           Javob:50kJ.A=?2.Klaster metodi asosida yangi mavzu mustahkamlanadi.  Oquvchailarning  darsga ishtirokiga qarab, topshiriqlarni bajarganligiga asoslanib ular baholaniladi va rag’batlantiriladi. Vazifa.131-bet.1-masala.                      Buxoro  viloyati G’ijduvon tumani 6-maktab fizika fani o’qituvchisi Ashurova Gavhar.

karbon kislotalar

Блог им. ashnor51

Sinf: 9              Dars mavzusi: Karbon kislotalar.    Darsning ta’limiy  maqsadi: o’quvchilarga karbon kislotalarning sinflanishi,nomlanishi,elektron tuzilishi,xossalari va ishlatilishi bo’yicha to’liq bilimlar berish.  Tarbiyaviy  maqsadi: o’quvchilarning iqtisodiy va ekologik tushunchalarini shakllantirish, kasb tarbiyasi berish.   Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning bilimlarini yangi pedagogik texnalogiyalar orqali boyitish ,mustaqil ishlashga o’rgatish.   Dars turi: savol-javob asosida yangi bilimlar berish .   Kutilayotgan natija: mavzu boyicha o’quvchilar to’liq bilimlarga ega bo’ladilar,mustaqil ishlashga ko’nikma hosil qiladilar .



Impuls va uning turlari

Блог им. ashnor51

Mavzu: ImpulsDarsning maqsadi: O`quvchilarga impuls haqida ma`lumot berish,                                                                                                                          o`zaro ta`sir kuchining o`zaro   vaqtga bog`liq bo`lishini  tushuntirish.Vazifalari:  O`quvchilarga jism impulsi, kuch impulsini tushuntirish orqali ularning bir-biriga bog`liqligini hayotiy                                                                                                   misollarda tushuntirish bilan birga fanga bo`lgan  qiziqishlarini oshirishDarsda kerakli jihozlar: 7-sinf fizika darsligi, tarqatma savollar, sharcha, ip, taxta brusok, kom’yuter texnikasi, dio’poektor


Kimyo- biologiya fan oyliklari samarali tashkil qilinmoqda

Блог им. ashnor51

“Tabiat- mening uyim” mavzusidagi bellashuv dasturi.Bellashuv shartlari:1.Aqliy hujum.2.Krassvordlar yechish.3.Tarqatma materiallar bilan ishlash.4.Kim ko’p formula biladi?5.Har sohadan bir shingil.Assalom bunda yig’ilganlargaEng yaxshi do’stlar va mehmonlarga.Xalqimiz farzandin tarbiyalayotganDono va bilimdon muallimlarga.Assalom davramiz o’g’il, qizlariAssalom porlagan sho’x yulduzlari.8-“B” sinfidan keltirdik salomQo’limiz ko’ksimizda salom -assalom.Bunda davra qildik bilim sinashgaFanimiz sirlarin chuqur o’rganib.Bugun shunday bayram, katta an’ana,Bilimlar qiladi yana tantana.“Akva” guruhi ila bellashmoq istab,Bog’ladik belni biz mahkam qo’l ushlab“Gelios” deb nomladik guruh nominiSharhlab bermoqchimiz maqsadimizni.Maqsadimiz:Vatan, millat, xalqqa munosibBiz fidoiy inson bo’lamiz.Ilm olib kelajakda bizMendeleyevdek buyuk inson bo’lamiz.


Botanikadan savollar

Xabarlar

BOTANIKA TEST.1.    Bu o’simlikning ikkita bargi bo’lib, juda qalin, dag’al bo’ladi. U go’yo yupqa taxtadan qilinganga o’xshaydi. Barglari shunchalik qattiqki, ustidan mix yurgizilganda ham iz qoldirmaydi. Unga botanik olim Jozef Xuker nom bergan. Gap qaysi daraxt haqida ketyapti?2.    Bu o’simlik tashqi ta’sirda juda sezuvchan. Unga sal tegib ketsangiz, barglarini  pastga tushirib oladi. Gullari oq bo’lib,  parashutga o’xshaydi. Bu o’simlikning nomi:3.    Ma’lumki,  gulli  o’simliklar  gulning  rangi  va  ochilishi  bilan  odamlarni  o’ziga  jalb  qiladi. Ayting – chi, qaysi  o’simlikning  gullari  juda ham rang – barang  va uzoq  muddat  ( 90  kunacha ) ochilib  turadi.4.    Qadimda  misrliklar  bu  daratdan  kalendar  ( taqvim)  o’nida  ham  foydalanishda.  Chunki  bir  oyda  bitta  yangi  barg  chiqarib, eskisini tashlab yuborgan. Bundan tashqari u non o’rnida ham iste’mol qilingan. Bu daraxtning nomi:5.    Bu gul g’unchasi ochilishi oldidan suv betiga chiqadi. 1 – kuni oq g’uncha bo’lib, ochilishi bilan pushti rangga o’tadi. 2 – kuni to’q qizil, 3 – kuni esa oq qizil rangda ochiladi. Qizig’I shundaki uning bargi 50 kg yukni bemalol ko’tara oladi. Bu gulning nomi:6.    Qaysi o’simlik, qachon ovoz chiqaradi?7.    Qaysi o’simlik yer yuzida bundan 250 mln yil oldin paydo bo’lgan, hozirgacha saqlanibqolgan?8.    Yer yuzida o’sadigan eng baland bo’yli daraxtning nomi:9.    Qaysi daraxt 100 yildan so’ng gullaydi va bitta mevasining og’irligi 25 kggacha yetadi?10.    Diametri 1 m, gultojisining qalinligi 5 sm keladigan dunyodagi eng yirik gulning nomi?11.    Gulning kattaligi to’g’nag’ichning uchidek keladigan dunyodagi eng kichik guli o’simlikning nomi?12.    Konsmik va suvosti kemalarida havoni tozalash (kislorodbilan boyitish) uchun qaysi suv o’tlaridan foydalaniladi?13.    Yoz oylarida (iyun – iyulda) qaysi o’simlikning tuklari odamning ochiq joyiga tegib ketsa pufak hosil qilib kuydiradi yoki 2 – 3oy saqlanib turuvchi qora dog’lar hosil qiladi?14.    Bu o’simlik O’zbekistonga XIX asrning 70 – yillarida kirib kelgan va juda tez oziq – ovqat mahsuloti sifatida ekila boshlagan. Asl vatani Janubiy Amerika bo’lgan bu o’simlik tomatdoshlar oilasiga mkiradi. Uning mevasi tarkibida 75 – 80%gacha suv bo’ladi. Eng asosiysi shifokorlar tavsiyasiga ko’ra inson fiziologik jihatidan normal o’sishi uchun undan yiliga 45 – 50 kg iste’mol qilishi kerak ekan. Uning nomi:15.    Beshik tayyorlashda asosan qaysi daraxtning yog’ochidan foydalaniladi

D.I.Mendeleyev hayoti va ijodi

Xabarlar

Mendeleyev hayoti va ilmiy faoliyati. Davriy qonun                                va davriy sistemaning ahamiyati.Dimitriy  Ivanovich  Mendeleyev 1834-yil  27-yanvar (8-fevral)da  Tobolsk  shahrida  gimnaziya  direktori  oilasida  tug’ildi.U  Tobolsk  gimnaziyasini  tugatib ,Peterburg  pedagogika   institutida  o’qidi  va  uni  1855-yilda oltin  medal  bilan  tamomladi. 1859-yilda  “Solishtirma  hajmlar”  mavzusida  magistrlik  dissertatsiyasini  himoya  qilgandan  keyin  ikki  yil  davomida   chet  elda  ilmiy   safarda  bo’ldi. Xorijdan  qaytgandan  keyin  33  yil  davomida, dastlab  Peterburg  Texnologiya  institutida, keyin  Peterburg Universitetida professor  lavozimida  ilmiy  va  pedagogik  ish  olib  bordi.   1869-yilda  D.I.Mendeleyev  davriy  qonunni   kashf  etdi  va  kimyoviy  elementlar  davriy  sistemasini  yaratdi. U  “Spirtning  suv  bilan  birikishi” va  “Eritmalarni  assotsiatlar sifatida  tushunish “  mavzusida  doktorlik  dissertatsiyasini  yoqladi.    D.I.Mendeleyevning  ilmiy  faoliyati  juda  ko’p  qirrali  bo’lib, uning  pedagogik  merosi  o’ziga  xos  qiymatga  ega. U  1861-yilda  organik  kimyodan   birinchi  darslikni yozdi. Ayniqsa  ,uning  2  tomonlik  “Kimyo  asoslari “  asari  kimyogarlarning   bir  necha  avlodini  tarbiyalash  uchun  xizmat  qildi.   Mashhur rus  olimi  L.A.Chugayevning  ta’ biri  bilan  aytganda “D.I.Mendeleyev  genial  kimyogar, birinchi  darajali  fizik, gidrodinamika, metrologiya, geologiya,kimyo  texnologiyasining  turli  sohalarida  unumli  izlanish  olib  brogan  olim, kimyo  sanoatini   mukammal  biladigan  ajoyib  mutaffakkir”  bo’lgan. U Rossiya  kimyogarlar  jamiyatini  tuzgan (1868 ) tashabbuskorlardan  biri  edi.  Hozir  bu  jamiyat  D. I.  Mendeleyev  nomi  bilan  ataladi.Elementlar  davriy  jadvali  har  bir  kimyoviy  element  haqida  atroflicha  ma’lumot  olishga  muhim  ahamiyatga  ega.  Kimyoviy  elementlarning  juda  ko’p  xossalarini  ularning  davriy  jadvaldagi  o’rniga  qarab  aytib  berish  mumkin.Elementning  tashqi   qavaqtidagi  elektronlar  soniga  qarab,  bu  elementning  metal  yoki  metallmas  ekanligini,  kislorodga  nisbatan  yuqori  valentligini,  vodorod  bilan  uchuvchan  birikmasi  va  bu  birikmadagi  valentligini  aniqlash  mumkin. Kimyoning  fan  sifatida  shakllanishida  davriy  qonunning  ijobiy  ta’siri  juda  kata  bo’ldi.  1)    Atomlarning  ichki  tuzilishini  bilishga  va  atom  energiyasidan  foydalanishga  yo’l  ochildi.2)    Kimyoviy  elementlarni  kashf  qilishda  ularni  qaysi  minerallardan  izlash  kerakligini  aniq  reja  asosida  tashkil  etish  yuzaga  keldi.3)    XX  asrdagi  kimyo  va  fizika  fanlaridagi  kashfiyotlar  uchun  bosh  omil  bo’ldi.4)    Radioaktivlik  hodisasi,  radioaktiv  izotoplardan  texnikada,  tibbiyotda,  qishloq  xo’jaligida  keng  foydalanishga  imkon  yaratildi.  Davriy  qonun  va  kimyoviy  elementlarning  davriy  sistemasida  tabiatdagi  rivojlanishning  umumiy  ob’yektiv  qonuniyatlari  o’z  isbotini  topgan,  chunonchi;a)    Atomlar  yadro  zaryadlarining  ortib  borishi  va  tashqi  energetik  pog’onalarda  valent  elektronlar  sonining  ortib  borishi  bilan  elementlar  xossalarining  o’zgarisi,  tabiat  rivojlanishining  umumiy  qonuni  --  miqdor  o’zgarishlarining  tub  sifat  o’zgarishlarga  o’tish  qonuning  yaqqol  isboti  hisoblanadi.    b)Atom  yadrosida  musbat  zaryadlangan  zachalar,  ularning  atrofida  esa  manfiy  zaryadlangan  zarrachalarning  bo'lishi  ikki   qarama-qaqrshi  zaryadli   zarrachalarning  ma’lum  miqdoriy  nisbatlari  tufayli  atom  mavjud  ekanligi  tabiatning  yana  bir  qonuni--  qarama  qarshiliklar  birligi  va  ularning  kurashi  qonuninig  yaqqol tasdig’idir.d) Har  bir  davr  ishqoriy  metallardan  boshlanib  inert  gaz  bilan  tugaydi.  Bunda  yangi  davr  boshidagi  element  o’zidan  oldin  joylashgan  nodir  gaz  xossasidan  tubdan  farq  qiladi.  Bunday  tabiiy  hodisa  har  bir  yangi  davr  boshlanganda  kuzatiladi.  Shu yo’sinda  eng  muhim  qonunlaridan  biri—inkorni-inkor  qonuni  o’z  isbotini  topadi.Xulosa  qilib  shuni  aytish  lozimki,  davriy  qonun  va  kimyoviy  elementlar  davriy  sistemasi  insonda  ilmiy  dunyoqarashning  shakllanishi  uchun  ham  katta  ahamiyatga  ega.                                                                                                                       

Intelektual ring

Xabarlar

6-“A”, “B” sinf o’quvchilari bilan o’tkazilgan “Intelektual ring” savollari                          6-mart kuni 6-sinf o’quvchilari bilan “Intelektual ring” musobaqasi bo’lib o’tdi.Musobaqada 6-A,B sinf o’quvchilaridan jami 10 ta o’quvchi qatnashdi.1.Rahmonov Doston  6-A2. Hakimov Ahror  6-B3.Narzullayeva Mahbuba 6-A4.O’lmasova Hilola  6-A5.Sharipova Ozoda 6-B6.Zokirova Umida 6-B7.Rajabova Marjona 6-A8.Rajabova Sitora  6-A9.Jo’raqulova Mahliyo 6-B10.Islomova Odina  6-B1-tur savollari.1.Diffuziya nima?2.Tarozi turlarini ayting.3.Kuch turlarini ayting.4.Mexanik ish deb nimaga aytiladi?5.Quvvat nima?6.Richag nima?7.Mexanikaning oltin qoidasini ayting.8.Konveksiya nima?9.Temperatura nima?10.Mexanik harakat deb nimaga aytiladi?1-turda savollarga javob berolmagan 6-A sinf o’quvchisi Doston va 6-B sinf o’quvchisi Ahror o’yindan chiqib ketdi.2-turga qolgan 8 ta o’quvchi juft –juft bo’lib 4ta guruh bo’ldilar.1-guruh         Islomova Odina                         O’lmasova Hilola  2-guruh           Sharipova Ozoda                     Narzullayeva Mahbuba3-guruh            Rajabova Sitora                          Rajabova Marjona 4-guruh          Zokirova Umida                      Jo’raqulova Mahliyo2-tur savollari.1.Paskal qonunini ayting?2. 1 ot kuchi necha Wattga teng?3.Richagning muvozanatda bo’lish sharti formulasi qanday?4.Nima uchun shisha bankalarga birdaniga issiq suvni quyib bo’lmaydi?2-tur savol-javobiga javob berolmagan 4-guruh a’zolari Zokirova Umida   va Jo’raqulova Mahliyo o’yindan chiqib ketdilar.3-tur savollari.1.Modda temperaturasini qaysi usullar yordamida oshirish mumkin?2. nima uchun termometrlarda sanoq boshi qilib  0 tanlangan?3. Farobiy issiqlik hodisalari haqida qanday fikrni bildirgan?3-tur savol-javobiga javob berolmagan 2-guruh a’zolari Sharipova Ozoda va                     Narzullayeva Mahbuba   o’yindan chiqib ketdilar. 4-tur savollari.1.Arximed qonunini ayting.2. Kemalar korpusidagi vater chiziq nimani bildiradi?Bu savolga javob berolmagan 1-guruh a’zolari Islomova Odina va    O’lmasova Hilola  O’yindan chiqib ketdilar. Oxirida qolgan 3-guruh a’zolari                          Rajabova Sitora                          Rajabova Marjona Alohida guruhlarga ajraldilar.5-tur savollari.1. Rajabova Marjona: Nima uchun 2 ta varaqni olib ular orasiga  puflaganimizda varaqlar bir-biridan itarilishi o’rniga, bir-biriga yopishadi?2. Rajabova Sitora : Arximed afsonasini aytib bering.5-tur savol-javobiga Rajabova Marjona  javob berolmadi va o’yindan chiqib ketdi.Super o’yin.Rajabova Sitora:1.Havoning tarkibiy qismlarini aytib bering.2.Yerdan 60 m balandlikda atmosfera bosimi nechiga teng bo’ladi?3.Torrichelli tajribasini aytib bering.Bu savol-javoblarga to’liq javob bergan 6- “A” sinf o’quvchisi Rajabova Sitora “Intelektual ring” o’yini g’olibi bo’ldi.

fan oyliklari

Xabarlar

51-maktab Kimyo, fizika, biologiya va jismoniy tarbiya fanlari  oyligi  ish   rejasi.      №    Bajariladigan  ishlar    Mas’ul  shaxs1 – hafta.1    O’quvchilarni oylik  ish  rejasi bilan  tanishtirish.     Maktab  rahbarlari2    Viktorina :”Kim bilimdon?”  7-sinf  o’quvchilari  bilan.     Ashurova  N, Temirova Z3    Radioeshittirish :” O’zbek   olimlarining  fizika  faniga  qo’shgan  hissalari”  mavzusida.    Zikrillayeva M4    Tanlov: “Kim ko’p  formula biladi?”  7-9-sinflar, fizika fani bo’yicha.    Ashurova  N Zikrillayeva M5.    Kim polvon? 7-sinflar o’rtasida arqon tortish musobaqasi    Hidoyev A.6    Tanlov: “Kim ko’p  formula biladi?”  8-9-sinflar, kimyo fani bo’yicha.    Ashurova N.7     Quvnoq startlar:  “Baxtli    bolalik” quvnoq starlar musobaqasi. 3-sinf  o’quvchilari bilan    Rajabova  D2 – hafta.1    Maktab birinchiligi: 8-9-sinflar  o’rtasida voleybol bo’yicha     Hidoyev ARajabova D2    Viktorina:  “Kim  bilimdon  va  chaqqon?”. 8-sinflar  o’rtasida.    Ashurova  N,  Temirova Z3     Ochiq dars: “Mexanik ish” 7-“B” sinfda.    Ashurova  N4.     5- sinflar o’rtasida estafetali yugurish musobaqasi.    Hidoyev A5    Quvnoq  startlar: “Biz  sportni  sevamiz”  mavzusida.   4-”A” va 4-“B”- sinflar  o’rtasida .    Rajabova  D6    Bellashuv: “Tabiat mening uyim”.8- sinflar  o’rtasida.    Ashurova  N, Temirova Z7    Zakovat: ”Bilimdonlar va topqirlar” :  9-sinflar o’rtasida.    Ashurova  N, Temirova ZZikrillayeva M, 8    Radioeshittirish :”Qushlar  bizning  do’stimiz”  mavzusida.    Temirova Z9.    Ochiq dars:4-“B” sinfda.    Rajabova D10    Ochiq dars:6- sinfda”Yorug’likning tabiiy va suniy manbalari” mavzusida      Zikrillayeva M, 11    Ochiq dars:6- sinfda”Qovoqdoshlar  oilasi” mavzusida      Temirova Z12.    7- sinf o’quvchilarini tumandagi 45- maktabga “Eng bilimdon o’quvchi” bellashuviga fizika va biologiya fani bo’yicha ishtirok etish uchun olib borish.    Temirova ZAshurova N3- hafta.1    Radioeshittirish :”Olimpiada  o’yinlari  haqida” mavzusida.    Rajabova  D2    Viktorina :”Kim bilimdon va  chaqqon.” 9-sinflar  o’rtasida.    Ashurova  N, Zikrillayeva M, Temirova Z3    Tanlov: „Krossvordlar tuzish“  7- sinflar o’rtasida.           Ashurova  N4    Radioeshittirish: “Atmosfera va gidrosferani muhofaza qilish.”    Ashurova  N5.    Radioeshittirish:”Fizik  olimlar  haqida  ma’lumot”    Zikrillayeva M6.    Gullar bayrami: 5-9 sinflar o’rtasida.    Ashurova  N,, Temirova Z7.    Bellashuv: “Kimyo juda ajoyib, har narsa bo’lar  g’oyib” 9- sinflar o’rtasida.    Ashurova N. Temirova Z8.     Tumandagi 45- maktabga “Ko’rgazmalar”, “Namunali dars ishlanmalari”   va “Fan hujjatlari”  tanloviga ishtirok etish.    Ashurova  N, Zikrillayeva M, Temirova Z4 – hafta.        1    Radioeshittirish :”Teri  gigiyenasi ”  mavzusida.    Temirova Z2.    3-, 4-”A” va 4-”B” sinflar o’rtasida shashka chempionati.    Rajabova D3.    6- sinflar o’rtasida shashka musobaqasi.    Hidoyev ARajabova D4.    “Yurtimizda navro’z” harakatli milliy o’yinlar        Rajabova D         Hidoyev A4    Yakunlash: “Oylik  ishlarni  umumlashtirish  va  yakunlash”.    Fan  o’qituvchilari5    Rag’batlantirish: Oylikda  faol  qatnashgan  o’quvchilarni  rag’batlantirish .    Fan  o’qituvchilari

Tilak

Xabarlar

TILAKOrzu  qiling   birovlardan   kam   bo’lmasin.El   ichida   boshingiz   hech   xam    bo’lmasin.Shunday   yashang   ko’zlaringiz   nam   ko’rmasin.Xudo   sizni    ko’plardan   ham   ortiq   suysin.Baxt   silasin   boshingizni   doim,   mudom.Hamrohingiz  bo’lsin   har   vaqt  to’le,  quvonch.Volidangiz    duosida   bo’ling   har   on.Xudo   sizni   ko’lardan   ham  ortiq   suysin.            TOPOLMAYSIZBir   kuni  olislab   ketsam   osmonga.Izlarimni   o’pib   zor-zor   yig’laysiz.Axtarib   dunyoni   hatto   ming   marta.Mendek  tentak   oshiqni   topaolmaysiz.Yig’laysiz   ko’zlariz   nurdan   ketguncha.Izlaysiz  tanizdan  mador   ketguncha.Ohlar   ham   chekarsiz   darddan  ketguncha.Mendek   telba   ma’shuqni   topaolmaysiz.Hatto   tushlarizda   ko’rolmay  meni.Azobda   yonasiz,   kuyasiz  dardda Azizim  unutmang  bu   keng   dunyoda Mendek   ishqqa   sodiqni   topaolmaysiz.             SEVISH   OSONMASKulgichida   dunyo  charog’on.Yig’lab   qolsa   gohi,  nogahon.Sababini   bilaman   darrov   o’sha   on.Dilnozaxon   sevish   osonmas.Hoy-u,   havas   o’tib   ketguvchi.Xotiralar   dilda   hukmron.Aytgin   sevgimidi    seni   ezguvchi?Dilnozaxon   sevish   osonmas.Bir   kun   jilmayasan   yuzlaringda   nur.Bir   kun   ko’zlaringda   qayg’u   alam   pur.Tushun   qayg’u-quvonch  birga,  yiroqmas.Dilnozaxon   sevish   osonmas.Dardlaringni   da’vosi   bitta.Kecha   olasanmi  qo’rqmay  sevgingdan.Keta   olasanmi  qayg’u  bog’ingdan.Dilnozaxon  sevish   osonmas.

Arximed qonuni

Xabarlar

Maqsad. a)Arximed qonuni  va uning qo’llanilishi bo’yisha bilimlarni o’quvchilar to’liq o’zlashtirishlarini ta’minlash, b)ekologik  va estetik tarbiya  berish, c) o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish.Dars turi.  Yangi bilimlar berish Dars metodi. Savol-javob, test, tushintirish, tajriba, suhbat, o’quv filmi, mashq bajarish.Dars jihozi.Darslik kitob, shtativ, dinamometr,yuklar to’plami, stakanlar, suv, kartoteka, plakat, suvda  cho’kadidan va cho’k maydigan jismlar.



Vodorod kimyoviy elementi.

Xabarlar

Fan:kimyo   Sana:Dars  mavzusi: Vodorod- kimyoviy  element.   Tabiatda   tarqalishi.Olinishi.    Dars  shiori:Intilganga  tole   yor.    Darsning   ta’limiy   maqsadi:   o’quvchilarga  vodorodning  kimyoviy  belgisi ,  tabiatda tarqalishi,  kislotalar  haqida dastlabki  ma’lumotlar  berish , vodorodning  labaritoriyada  va sanoatda  olinishi  bilan  tanishtirish.      Darsning  tarbiyaviy  maqsadi: o’quvchilarga  vodorodning  tabiatda  tarqalishi  to’g’risidagi   bilimlari  va  dunyo qarashlarini  kengaytirish,  iqtisodiy , ekologik  tushunchalarini   kengaytirish.



Mehribonim onam bor uchun

Блог им. ashnor51

MEHRIBONGINAM  ONAM                                                                                                                                     Agar  muhabbati  xiyonat   qilsa.Do’stim  ham  bir  kuni   yuzin   o’girsa.Barcha   yaqinlarim  zumda  yo’qolsa.Axir   onam  bor,  onam-ku  baxtim.Taqdir  sinovlari  qiynasa  qalbim.Tuhmatlardan  og’rinsam   yetmasdan  sabrim.Duogo’yim   bor   tilagan   umrim.Axir   onam  bor,  onam-ku   taxtim.Ko’zyoshim   yuzimni   yuvganda   artib.Eng  og’ir  kunimda tasalli   aytib.Qalbim   gavharisiz   gultoji   umrim.Axir  onam   bor,   onam-ku   axdim.G’animlar  tosh   otib,  qilganda  xanda.G’iybatlar   ortimdan  bo’lmasa   kanda.Eng   yaqin   do’stim   ham  ketsa   shu  kunda.Axir   onam  bor,  onam-ku  sabrim.Shirin  tilaklari  dardimga  malham.Bilaman  bu  dunyo   aslida  bir  kam.Siz   borsiz   baxtimga  yakkam  yagonam Axir  onam  bor,  onam-ku  aslim.                    BEGIMOg’u   solgan  baxtim  izin   o’chiraymi?Yo  darz  ketgan  muhabbat   deb  o’kinaymi.Ayting  begim  Zaynabni   men  kechiraymi?Uvol   bo’lgan  ishqni  eslang   jonim   begim.Marg’ilonning   yo’llarida  qoldi   izim.O’zganimas   faqat  sizni   ko’zim.Unutmasdan   yod    aylarsiz  bir-bir   so’zim.Zavol   bo’lgan   ishqni   eslang   jonim   begim.Unutsangiz  tushlarizda   yod  etaman.Bahor   bo’lib  yo’llaringiz   men   kezaman.Ko’z   yosh  qilmang,  mangulikka   ketaman.Hijron   bo’lgan   ishqni   eslang   jonim   begim.Qabrim  uzra   gul-lolalar   ochilsa.Yillar   o’tib   ginalar   ham  yo’qolsa.Men  bermagan   baxtni   Zaynab    berolsa.Hazon   bo’lgan   ishqni   eslang  jonim   begim.                               HAZILOshiqman   deb   suydirgan.Kuygan  dilni  kuydirgan.Baxtingman, sevgingman   deb  kerilgan.Bir   ko’rishda   sevibsizda   dugonamni?Orzularim   xazon   aylab.Yuribsizmi   o’zni   o’ylab?Ollohimdan  kimlarni   so’rab.Bir  ko’rishda  sevibsizda  dugonamni?Tanlasangiz   bo’lmasmidi   o’zga   qizni?Hali  ko’p   eslarsiz   jonim   bizni.Qorlar  bosib  ketsin   yurgan   yo’lingizni.Bir   ko’rishda  sevibsizda   dugonamni?Ko’nglingizning   ko’chasidan   o’tolmadim.Uyat   deya   ko’nglingizni   so’rolmadim.Ne  kamim   bor   dugonamdan   bilolmadim.Bir  ko’rishda   sevibsizda   dugonamni?Ko’zlar   kulsa   ko’ngil  qurg’ur   yig’laydi-da.Nima   qilay,  qaysar   sizni   so’raydida.Uni   emas   o’zga   deysiz   bilmaydi-da.Bir   ko’rishda   sevibsiz-da  dugonamni?Xazon   bossa   ko’ngil  bog’in   yomon   ekan.           Shu   kun   qalbim   bitmas   yara   bo’ldiIshq  manzili   sahro   bo’lib   qoldimikan?                 Duganamning baxti   gulday  kuldi. Baxtingizni  izlabsiz-da   o’zga   qizdan.                       Siz   kutgan  kun  baxtiz   keldi.Bir  ko’rishda  sevibsizda   dugonamni?                     Bir   ko’rishda   sevibsizda   dugonamni?           ARMONLI   MUHABBATBahor   tomchisidek  mayin  tomchilar.G’uncha   labidagi  sharbatimisan?Dillarni  o’rtagan  shirin   firoqlar.Armonli   muhabbat  buncha  azobsan?Oshiqlar  dilini  ayri  yo’llagan.Shirin  orzulari   sarobni  quchgan.Eh  o’zni   unutib  o’zgani   suygan.Armonli   muhabbat  buncha   qiynoqsan.Layli  va  Majnun  taqdiri   senga.Oshiqlar  iqboli  ro’yosi  senda.Axir   kim   yoqladi   yoqasan   kimga?Armonli  muhabbat  nega, nega  azobsan?             UMRIMZumda   chaqnagan   yulduzdek   umrim.Bir  yonib  o’chgudek   misli   sham  umrim.Yoxud  gulga  jo  qilgan  bir   kunlik   umin.Sarson  kezayotgan  kapalak  umrim.Bugun  borman,  erta  kim   bilar?Do’st   ham  ag’yordek   bag’rimni   tilar.Ertaga  qabrimning   boshida   yig’lar.Onamning  ko’zdagi  yoshidek   umrim.Bir  boqing  bahorning  yaproqlariga.Bugun   yashnaydi  ertaga  xazon.Uzoq  kuttirib  zumda   ketguvchi.Xuddi  bahor   kabi   o’tkinchi   umrim.Izlamayman  iltifot,   ba’risi   ro’yo.Insonning   do’stidir   birgina  Xudo.Ag’yorlarning  kaftida  jimgina    o’lib,Qayta  tirilmagan  mehrdek   umrim.Samolardan  yerga  mayda  shivirlab.Ohista,  mungli  kuyni   kuylatgan.Ammo  siz   tutolmay,  yerda   toptalgan.Iztirobli  ko’zyoshdek,  yomg’irdir   umrim.              DARDI  BEDAVOIzlamang   mehrsizdan  mehrni  aslo.O’zda   yo’g’in  qanday  beradi   sizga?Ignani   zulmatdan   izlaysiz   go’yo.Behuda  urinmang   baribir   unga.Nopokni   poklashga  urinmang  aslo.Bu   chirkin   dunyoni   poklab   bo’lmaydi.Sababin   izlamang   boshingiz   urib.Ul  nopok,  poklikni   hech  vaqt  ko’rmaydi.O’g’rini  tuzatmoq   bo’lsangiz  nahot?Tuzalmas   bundaylar -  jamiyat  qurti.Bundaylarga   hayf  ilm   va   sabot.Ularning   makoni   so’qirlar   yurti.Go’zallik   izlamang   muzyuraklardan.Chiroyimi   shunchalik   hayratga   sabab?Qo’rqib  yashang  bu   chehralardan.Go’zallik   ortida  illat   to’la  qalb.                 USTOZIM                              (Ustozim  Oripova  Mavjuda   Qodirovna  uchun)Onamning   ko’zlarin  xuddi  o’zidir.Tiniq  buloqdek   mehri  musaffo.Og’ir   damda   yupanch  sirdoshim.Ustozimning   umrini  asragi  Xudo.Dildoshim  yaqinim  onamdek  xuddi.Qalbi  musaffoyim   bo’ling   siz  omon.Farzandlar    singari  bizni  suyguvchi.Ustozimning   umrini  asragin   Xudo.Siz   ziyosiz   umr   yoritgan.Zulmatni   yashnatgan  nursiz,   jilosiz.Illo  umringiz   ham   shu   nurdek   bo’lsin.Ustozimning   umrini   asragin  Xudo.Umringiz    ko’chasi   bahordek   bo’lsin.Yo’lingiz  yoritsin   yaxshi   insonlar.Quvonchingiz   ko’rsin   do’st-u   yoronlar.Ustozimning  umrini   asragin   Xudo.

fizika fanidan viktorina savollari

Блог им. ashnor51

FIZIKAdan viktorina savollari.1.    1 Quloch qadimgi o’lchov birligi bo’lib, o’rtacha odam ikki qo’lini yozganida barmoq uchlari orasidagi uzunlikka teng. Bu birlik qayerda qanday (necha sm ) bo’lgan?Javob: Buxoroda 1Q = 142,24 sm,  Farg’onada 1Q = 167,5 sm2.    Siderik yil (s.y) yerning quyosh atrofidagi orbitasida 1 marta aylanib chiqish vaqti 1 s.y  qancha vaqt davom etadi?Javob: 1 s.y= 365, 2536 sutka=365 sutka 6 soat 9 minut 10 sekund.3.    Oy tutilishi uning qaysi chetidan boshlanadi va to’la tutilishi qancha vaqt davom etadi?Javob:Shimoliy yarim sharlarda chap chetidan va janubiy yarim sharlarda  o’ng chetidan boshlanadi. To’la tutilishi 1 soat 50 minut davom etadi.4.    Qadimgi uzunlik birligi bo’lgan bir gaz (G) necha smga teng?Javob: Toshkent, Samarqand va Turkistonda 1G = 1,24 arshin (olchin)=88,9sm, Agndijon va Marg’ilonda 1G= 83-85 sm.5.    Qadimgi og’irlik birligi bo’lgan 1 botmon (B) necha pud (P)ga teng?Javob: Buxoroda 1B = 7P,   Jizzaxda 1B = 8P,   Qozonda 1B = 4,5P6.    Jism og’irligiga teng kuch bilan uni yerdan ko’tarish mumkinmi?Javob: Yo’q, chunki kuchlar muvozanatda bo’ladi7.    Zambarakdan  vertikal yo’nalishda otilgan snaryad qaytib snaryad stvoliga tushadimi?Javob: Yo’q, chunki snaryad yerning tortish kuchi va havoning  qarshilik kuchini yengib, oxirgi “o’lik” nuqtaga yetib borib, otilgan joyga qaytib kelguncha ma’lum vaqt o’tadi. Bu vaqt davomidazambarak  yer bilan birga siljigan bo’ladi.8.    Agar ichiga suv to’ldirilgan va hamma tomoni zich berkitilgan yupqa yog’och yashikka qaratib kichik kalibrli miltiqdan o’q uzilsa, qanday hodisa sodir bo’ladi?Javob: Paskal qonuniga ko’ra yashik suvga to’la bo’lgani uchgun o’qning katta bosiumi uning hamma devorlari bo’ylab teng tarqaladi va yashik parchalanib ketadi.9.    Lift qanday tezlkanishda va qanday yo’nalishda harakatlanganida undagi odam vazinsizlik holatida bo’ladi?Javob: Erkin tushish tezlanishida, pastga.10.    Kosmik kema ichidagi kosmonavtlar chanqaganlarida qanday suv ichadilar?Javob: Maxsus butilkasimon idishdan..11.    Oyda odamlar bir – birlari bilan qanday gaplashadilar?Javob: Radioaloqa vositasida gaplashadilar.12.    Stansiyaga kelib to’xtagan poyezd vagonlari g’ildiraklarini temiryo’l  xizmatchisi bolg’acha bilan urib chiqayotganini kuzatamiz. Nima uchun shunday qilinadi?Javob: G’ildiraklar butunligini tekshirish uchun.13.    Mayatnikni havodan suvga tushirsak, uning tebranish davri qanday o’zgaradi?Javob: Ortadi,chunki mayatnikning harakatiga qarshilik ortadi.14.    Jyul Vernning  “Zambarakdan oyga” nomli romanini o’qigan bo’lsangiz kerak. Unda sayohat davomida yo’lovchilar o’lgan itning murdasini tashqariga otib yuboradilar. Aytingchi, yo’lovchilar qanday g’aroyib voqeani kuzatadilar: tashlab yuborilgan murda Yerga qaytib tushadimi?Javob: Yerga qaytib tushmay  apparat bilan harakatini davom ettiradi. Bo’shliqda barcha jismlar bir xil tezlikda harakatlanadi. Yerrning tortishish kuchi barcha jismlarga bir xil tezlanins beradi.15.    Noaniq tarozida aniq tortishning bir necha usullari mavjud. Shu usullardan biri D.I. Mendeleyev usulidir. Bu usulni tushuntiring.Javob:  Kimyogar olim D.I. Mendeleyev tomonidan taklif qilingan usul quyidagicha: Tortish tarozi pallalarining biriga biror yuk (qanday bo’lishning farqi yo’q – tortilayotgan yukdan og’ir bo’lsa bas) qo’yishdan boshlanadi. Bu yuk tarozining ikkinchi pallasiga toshlar qo’yib, muvozanatga keltiriladi. So’ngra toshlar qo’yilgan pallaga og’irligini aniqlash kerak bo’lgan yuk qo’yiladi va  muvozanatni qayta tiklash uchun zarur miqdorda toshlar olinadi. Olingan tarozi toshlarining og’irligi aniqlanishi kerak bo’lgan yukning  og’rligiga teng; u tarozining bir pallasida olingan toshlar o’rnini bosadi, demak, og’irliklari ham bir xil bo’ladi.16.    Likopchaga biri suvda qaynatib pishirilgan va ikkinchisi pishirilmagan xom tuxum qo’yilgan. Tuxumlarning po’tlog’ini sindirmay turib pishirgan yoki pishmaganligini oldindan qanday aniqlash mumkin?Javob: Tuxumni stol ustiga aylantirib yoki uni ipga bog’lab aylantirib ko’rish kerak. Pishgan tuxum yaxlit jism kabi inersiyasi bo’yicha ko’proq aylanadi, xom tuxum esa ichgidagi suyuqlik o’zining inersiyasi tufayli aylanishga to’sqinlik qilishi sababli tez tormozlanadi (to’xtaydi).17.    Tangani katta, yassi likopchaga qo’yib, unga tangani ko’madigan miqdorda suv quying. Savol: tangachaga qo’l tekkizmay, quruq tangachani quruq qo’l bilan olish mumkinmi?Javob?  Mumkin. Buni bitta stakan va bir parcha qog’oz yordamida bajarish mumkin. Buning uchun qog’ozni yondirib stakan ichiga tashlang, keyin stakanni tezda likopchadagi tanga yoniga, og’zini pastga qaratib qo’ying. Yonayotgan qog’oz o’chadi, stakan  oq  tutunga  to’ladi, keyin  uning  tagiga  o’zidan  o’zi likopchadagi hamma suv so’riladi. Tanga esa o’z joyida qoladi. 1 daqiqadan so’ng quruq  tangani barmoqlaringizni suvga tekkizmay qo’lga olasiz. Bunda stakan ichidagi havo bosimi ortib, uning bir qismi tashqariga chiqib ketadi. Qog’oz yonishi to’xtagach, undagi bosim kamayadi, tashqaridagi atmosfera bosimi ta’sirida likopchadagi  hamma suv stakan ostiga yig’iladi.18.    Odatda, hazil tariqasida beriladigan savol bor: qaysi biri og’irroq – 1 tonna  yog’ochmi yoki 1 tonna temirmi?1 tonna yog’och 1 tonna temirdan og’irroq deb javob berilsa nima deysiz?Javob: 1 tonna yog’och 1 tonna temirdan og’irroq, chunki Arximed qonuni gaz muhitda ham qo’llaniladi.Har qanday jism o’zi siqib chiqargan havo hajmining og’irligiga teng bo’lgan vaznni “yo’qotadi”. Ularning haqiqiy vaznlarini bilish uchun havoda yo’qotilgan og’irliklarni qo’shish kerak: 1 tonna temir + temir egallagan hajmdagi havoning og’irligi; 1 tonna yog’och + yog’och egallagan hajmdagi havoning og’orligi. 1 tonna yog’och egallagan havo hajmi 2 m kub, 1 tonna temir egallagan havo hajmi 1/8 m kub ni tashkil etadi. Demak, ular egallagan hajmlar og’irligi orasidagi farq 2,5 kgga teng. 1 tonna yog’och 1 tonna temirdan 2,5kgga og’irroq ekan.    19.    Quyosh Yerni yozda qishdagiga qaraganda necha marta kuchliroq yoritadi?Javob: Quyosh Yertni yozda qishdagidan taxminan 10 marta kuchli yoritadi(Yozda – 100 000 lyuks, qishda 10 000 lyuks). 20.    Atom diametri o’zining yadrosi diametrida necha marta kata?Javob: 10 000 – 100 000 marta katta.21.    Bo’sh shisha butulkaga tutun qamaldi. Butulkaga suv yoki boshqa biror suyuqlik quymasdan, uning ichidagi tutunni chiqarin yuborish mumkinmi?Javob: Mumkin, Gugurt donasini chaqib, u yonib turgan paytda tez butulka ichiga tashlash kerak. Tutun tezda butulka ichidan siqib chiqariladi.22.    Nima uchun qaynoq suv quyilganda qalin devorli shisha stakanning  yorilish hodisasi yupqa devorli shisha stakaniga nisbatan ko’proq kuzatiladi?Javob: Shisha issiqlikni yomon o’tkazadi. Stakan  devoir ancha qalin bo’lsa, uning ichki va tashqi sirtlarining temperaturalari farqi shuncha katta bo’ladi. Shuning uchun issiq suv quyilganda uning ichki qizigan qismi kengayadi va  tashqi sirti esa isib ulgurmaydi, natijada stakanning yorilish ehtimoli ortadi.23.    Nimaninh uzunligi, chuqurligi, kengligi, balabdligi yo’q – ku, biroq uni o’lchash mumkin?Javob: Vaqt va harorat.24.    Stakanga kerosin, Kolbaga esa suv solingan. Boshqa idishda foydalanmay qanday qilib stakandagi kerosinni – kolbaga, kolbadagi suvni – stakanga quyib olish mumkin?Javob: Kolbaning og’zini qog’oz tasma bilan berkitib, kaftingiz bilan siqing va uni to’nkaring. Kolba bo’g’zini stakanga tushirib, qog’oz tasmani tortib oling.25.    Miltiqdan otilgan o’qni qo’l bilan ushlab olish mumkinmi?  Qanday sharoitda?Javob:Ha,agar odam o’q bilan bir yo’nalishda va  bir xil tezlikda harakatlanayotgan uchish apparatida bo’lsa.26.    G’alvirda suv tashish mumkinmi  yokibu faqat ertaklarda boladimi?Javob: Mumkin. Ma’lumki, agar g’alvirning sim to’ri parafinning yupqa ko’z ilg’amas qatlami bilan qoplangan bo’sa.27.    Odatda metal buyumlar suvda cho’kadi.Po’lat ignani suvda cho’kmaydigan qilish mumkinmi?Javob:Ha, agar igna yupqa yog’ pardasi bilan qoplangan bo’lsa.28.    Agar po’stin isitmaydi, deb ishontirishga harakat qilishsa, nima degan bo’lar edingiz.Javob: Ha, u isitmaydi ham, sovutmaydi ham, chunki  po’stin o’zi o’rab turgan muhitni tashqi muhdan saqlaydi, xolos.29.    Stulda gavdani  tik tutgan holda  o’tirgan odam bog’lanmagan bo’lsa ham, oyoqlarini stul ostiga surmay va gavda holatini o’zgartirmay stuldan tura oladimi?Javob: Yo’q, o’tirgan odamning og’irlik markazi uning kindigidan 20 sh yuqoriroqqa bo’ladi. Shu nuqtadan pastga tik chiziq tushirilsa, stul tagiga, oyoq kaftlarining orqasiga tushadi. Odam o’rnidan turishi uchunbu chiziq oyoq kaftlari orasidan o’tishi kerak.  30.    Odam tanasi haroratining me’yori 36,70C ni tashkil etadi. Tabiiyki bu harorat atrof muhit haroratidan har doim baland. Fizikadan ma’lumki, odam tanasi ham atrof muhit bilan issiqlik almashiniv jarayonida qatnashadi: qonunga ko’ra issiq jismlar o’zidan sovuqroq jismlarga energiya uzatib, natijada tana va muhit harorati tenglashishi, ya’ni tana harorati pasayishi kerak. Biroq odam tanasi harorati doimobirday saqlanadi. Bu hodisani qanday tushuntirish mumkin?Javob: Organizm hujayralarida ekzotermik reaksiya: C2+ 2O2=2CO2+Q   bo’ladi. Bundan tashqari tana harorati almashiniv jarayonlari hisobiga intensive issiqlik ajralishi tufayli saqlanib turadi.   

Mendeleyev hayoti va ijodi

Блог им. ashnor51

Kimyo fanidan “D.I.Mendeleyevning hayoti va ilmiy faoliyati. Davriy qonun va davriy sistemaning ahamiyati”. mavzusida o’tkazilgan radioeshittirish. Aql  aytur, abadiy gavharlar aro,Topilmas ilmdan yaxshiroq kimyo.Mendeleyev hayoti va ilmiy faoliyati. Davriy qonun                                va davriy sistemaning ahamiyati.Dimitriy  Ivanovich  Mendeleyev 1834-yil  27-yanvar (8-fevral)da  Tobolsk  shahrida  gimnaziya  direktori  oilasida  tug’ildi.U  Tobolsk  gimnaziyasini  tugatib ,Peterburg  pedagogika   institutida  o’qidi  va  uni  1855-yilda oltin  medal  bilan  tamomladi. 1859-yilda  “Solishtirma  hajmlar”  mavzusida  magistrlik  dissertatsiyasini  himoya  qilgandan  keyin  ikki  yil  davomida   chet  elda  ilmiy   safarda  bo’ldi. Xorijdan  qaytgandan  keyin  33  yil  davomida, dastlab  Peterburg  Texnologiya  institutida, keyin  Peterburg Universitetida professor  lavozimida  ilmiy  va  pedagogik  ish  olib  bordi.   1869-yilda  D.I.Mendeleyev  davriy  qonunni   kashf  etdi  va  kimyoviy  elementlar  davriy  sistemasini  yaratdi. U  “Spirtning  suv  bilan  birikishi” va  “Eritmalarni  assotsiatlar sifatida  tushunish “  mavzusida  doktorlik  dissertatsiyasini  yoqladi.    D.I.Mendeleyevning  ilmiy  faoliyati  juda  ko’p  qirrali  bo’lib, uning  pedagogik  merosi  o’ziga  xos  qiymatga  ega. U  1861-yilda  organik  kimyodan   birinchi  darslikni yozdi. Ayniqsa  ,uning  2  tomonlik  “Kimyo  asoslari “  asari  kimyogarlarning   bir  necha  avlodini  tarbiyalash  uchun  xizmat  qildi.   Mashhur rus  olimi  L.A.Chugayevning  ta’ biri  bilan  aytganda “D.I.Mendeleyev  genial  kimyogar, birinchi  darajali  fizik, gidrodinamika, metrologiya, geologiya,kimyo  texnologiyasining  turli  sohalarida  unumli  izlanish  olib  brogan  olim, kimyo  sanoatini   mukammal  biladigan  ajoyib  mutaffakkir”  bo’lgan. U Rossiya  kimyogarlar  jamiyatini  tuzgan (1868 ) tashabbuskorlardan  biri  edi.  Hozir  bu  jamiyat  D. I.  Mendeleyev  nomi  bilan  ataladi.Elementlar  davriy  jadvali  har  bir  kimyoviy  element  haqida  atroflicha  ma’lumot  olishga  muhim  ahamiyatga  ega.  Kimyoviy  elementlarning  juda  ko’p  xossalarini  ularning  davriy  jadvaldagi  o’rniga  qarab  aytib  berish  mumkin.Elementning  tashqi   qavaqtidagi  elektronlar  soniga  qarab,  bu  elementning  metal  yoki  metallmas  ekanligini,  kislorodga  nisbatan  yuqori  valentligini,  vodorod  bilan  uchuvchan  birikmasi  va  bu  birikmadagi  valentligini  aniqlash  mumkin. Kimyoning  fan  sifatida  shakllanishida  davriy  qonunning  ijobiy  ta’siri  juda  kata  bo’ldi.  1)    Atomlarning  ichki  tuzilishini  bilishga  va  atom  energiyasidan  foydalanishga  yo’l  ochildi.2)    Kimyoviy  elementlarni  kashf  qilishda  ularni  qaysi  minerallardan  izlash  kerakligini  aniq  reja  asosida  tashkil  etish  yuzaga  keldi.3)    XX  asrdagi  kimyo  va  fizika  fanlaridagi  kashfiyotlar  uchun  bosh  omil  bo’ldi.4)    Radioaktivlik  hodisasi,  radioaktiv  izotoplardan  texnikada,  tibbiyotda,  qishloq  xo’jaligida  keng  foydalanishga  imkon  yaratildi.  Davriy  qonun  va  kimyoviy  elementlarning  davriy  sistemasida  tabiatdagi  rivojlanishning  umumiy  ob’yektiv  qonuniyatlari  o’z  isbotini  topgan,  chunonchi;a)    Atomlar  yadro  zaryadlarining  ortib  borishi  va  tashqi  energetik  pog’onalarda  valent  elektronlar  sonining  ortib  borishi  bilan  elementlar  xossalarining  o’zgarisi,  tabiat  rivojlanishining  umumiy  qonuni  --  miqdor  o’zgarishlarining  tub  sifat  o’zgarishlarga  o’tish  qonuning  yaqqol  isboti  hisoblanadi.    b)Atom  yadrosida  musbat  zaryadlangan  zachalar,  ularning  atrofida  esa  manfiy  zaryadlangan  zarrachalarning  bo'lishi  ikki   qarama-qaqrshi  zaryadli   zarrachalarning  ma’lum  miqdoriy  nisbatlari  tufayli  atom  mavjud  ekanligi  tabiatning  yana  bir  qonuni--  qarama  qarshiliklar  birligi  va  ularning  kurashi  qonuninig  yaqqol tasdig’idir.d) Har  bir  davr  ishqoriy  metallardan  boshlanib  inert  gaz  bilan  tugaydi.  Bunda  yangi  davr  boshidagi  element  o’zidan  oldin  joylashgan  nodir  gaz  xossasidan  tubdan  farq  qiladi.  Bunday  tabiiy  hodisa  har  bir  yangi  davr  boshlanganda  kuzatiladi.  Shu yo’sinda  eng  muhim  qonunlaridan  biri—inkorni-inkor  qonuni  o’z  isbotini  topadi.Xulosa  qilib  shuni  aytish  lozimki,  davriy  qonun  va  kimyoviy  elementlar  davriy  sistemasi  insonda  ilmiy  dunyoqarashning  shakllanishi  uchun  ham  katta  ahamiyatga  ega.

O'quvchilar bilimidagi bo'shliqlarni to'ldirish yo'llari

Блог им. ashnor51

6-“A”, “B” sinf o’quvchilari bilan o’tkazilgan “Intelektual ring” savollari                          6-fevral  kuni 6-sinf o’quvchilari bilan “Intelektual ring” musobaqasi bo’lib o’tdi.Musobaqada 6-A,B sinf o’quvchilaridan jami 10 ta o’quvchi qatnashdi.1.Rahmonov Doston  6-A2. Hakimov Ahror  6-B3.Narzullayeva Mahbuba 6-A4.O’lmasova Hilola  6-A5.Sharipova Ozoda 6-B6.Zokirova Umida 6-B7.Rajabova Marjona 6-A8.Rajabova Sitora  6-A9.Jo’raqulova Mahliyo 6-B10.Islomova Odina  6-B1-tur savollari.1.Diffuziya nima?2.Tarozi turlarini ayting.3.Kuch turlarini ayting.4.Mexanik ish deb nimaga aytiladi?5.Quvvat nima?6.Richag nima?7.Mexanikaning oltin qoidasini ayting.8.Konveksiya nima?9.Temperatura nima?10.Mexanik harakat deb nimaga aytiladi?1-turda savollarga javob berolmagan 6-A sinf o’quvchisi Doston va 6-B sinf o’quvchisi Ahror o’yindan chiqib ketdi.2-turga qolgan 8 ta o’quvchi juft –juft bo’lib 4ta guruh bo’ldilar.1-guruh         Islomova Odina                         O’lmasova Hilola  2-guruh           Sharipova Ozoda                     Narzullayeva Mahbuba3-guruh            Rajabova Sitora                          Rajabova Marjona 4-guruh          Zokirova Umida                      Jo’raqulova Mahliyo2-tur savollari.1.Paskal qonunini ayting?2. 1 ot kuchi necha Wattga teng?3.Richagning muvozanatda bo’lish sharti formulasi qanday?4.Nima uchun shisha bankalarga birdaniga issiq suvni quyib bo’lmaydi?2-tur savol-javobiga javob berolmagan 4-guruh a’zolari Zokirova Umida   va Jo’raqulova Mahliyo o’yindan chiqib ketdilar.3-tur savollari.1.Modda temperaturasini qaysi usullar yordamida oshirish mumkin?2. nima uchun termometrlarda sanoq boshi qilib  0 tanlangan?3. Farobiy issiqlik hodisalari haqida qanday fikrni bildirgan?3-tur savol-javobiga javob berolmagan 2-guruh a’zolari Sharipova Ozoda va                     Narzullayeva Mahbuba   o’yindan chiqib ketdilar. 4-tur savollari.1.Arximed qonunini ayting.2. Kemalar korpusidagi vater chiziq nimani bildiradi?Bu savolga javob berolmagan 1-guruh a’zolari Islomova Odina va    O’lmasova Hilola  O’yindan chiqib ketdilar. Oxirida qolgan 3-guruh a’zolari                          Rajabova Sitora                          Rajabova Marjona Alohida guruhlarga ajraldilar.5-tur savollari.1. Rajabova Marjona: Nima uchun 2 ta varaqni olib ular orasiga  puflaganimizda varaqlar bir-biridan itarilishi o’rniga, bir-biriga yopishadi?2. Rajabova Sitora : Arximed afsonasini aytib bering.5-tur savol-javobiga Rajabova Marjona  javob berolmadi va o’yindan chiqib ketdi.Super o’yin.Rajabova Sitora:1.Havoning tarkibiy qismlarini aytib bering.2.Yerdan 60 m balandlikda atmosfera bosimi nechiga teng bo’ladi?3.Torrichelli tajribasini aytib bering.Bu savol-javoblarga to’liq javob bergan 6- “A” sinf o’quvchisi Rajabova Sitora “Intelektual ring” o’yini g’olibi bo’ldi.

Kimyoviy reaksiya tenglamalari

Блог им. ashnor51

Aql aytur, abadiy gavharlar aro,Topilmas ilmdan yaxshiroq –kimyo.  Sinf: 7-“A”, “B”         Sana: 26.01.2014 y        Dars  mavzusi :Kimyoviy reaksiya turlari.   Darsning ta’limiy  maqsadi: o’quvchilarga  kimyoviy  reaksiyalar, ularning turlari,  reagentlar bo’yicha o’quvchilarga to’liq bilimlar berish  va ularning o’zlashtirishlarini ta’minlash.  Tarbiyaviy  maqsadi: o’quvchilarning iqtisodiy va ekologik tushunchalarini shakllantirish va shu asosda o’quvchilarning vatanga bo’lgan muhabbat ruhida tarbiyallash .   Rivojlantiruvchi maqsadi: o’quvchilarning bilimlarini yangi pedagogik texnalogiyalar orqali boyitish ,  ishlashga o’rgatish, kasb mahoratini shakllantirish   Dars turi: savol-javob, laboratotiya ishi  va demonstratsiyalar asosida yangi bilimlar berish  va bilimlarni mustahkamlash.   Kutilayotgan natija: mavzu boyicha o’quvchilar to’liq bilimlarga ega bo’ladilar, mustaqil ishlashga ko’nikma hosil qiladilar.     Dars jihozi: kompyuter, davriy jadval, grafaproyektor,  PKMQ lar, Berelef modellar.Kerakli reaktivlar: distillangan suv,  so’ndirilmagan ohak, fenolftalein, malaxit, mis (II)- xlorid, temir  mix.Yordamchi asboblar:stakan, probirkalar, shtativ, elektr qizdirgich, gugut,   Dars  metodi: interfaol  usuldan  foydalanish: “Bumerang”, :Venn diagrammasi”,  savol- javob.  BKM    elementlari: birikish,  parchalanish,  o’rin olish, almashinish reaksiyalari kimyoviy tenglamalar.                Darsning borishi .Boshlandi sinfda dars,Sergak bo’ling har nafas.1.Tashkiliy qism (3 daqiqa). Salomlashish, sinfni darsga tayyorligini kuzatish, davomatni aniqlash.2.O’tgan mavzuni so’rash (7daqiqa).O’tgan darsning takrori,Bugunning poydevori.                “Bumerang metodi”Bu metod tanqidiy fikrlash, mantiqni shakllantirishga imkoniyat yaratadi, xotirani, g’oyalarni, fikrlarni yozma va og’zaki shakllarda bayon qilish ko’nikmalarini   rivojlantiradi .     Mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni  amalgam oshirish imkoniyatini beradi:         Jamoa bilan ishlash mahorati ;         Muomalalik ;         Xushfellik ;          Ko’nikuvchanlik;          Faollik;          O’zga fikriga hurmat;     Beriladigan savollar : 1.Modda nima?2.Kimyo fanining predmeti nima?3.Atom va molekulalarning realligi qachon e’tirof etildi?4.Kimyoviy element nima?5.Atomlarning o’lchami qanday birlikda o’lchanadi?6.Oddiy moddalarga misollar ayting?7. Qanday moddalar murakkab moddalar deb ataladi?8. Indeks nima?9. Koeffitsiyent qanday son?10.Avogadro qonunini tushuntiring.11. Avogadro soni qanchaga teng?12.Moddaning molyar hajmi deb nimaga aytiladi?                      Yangi mavzu mazmuni .(18daqida)Yangi mavzu- yangi dunyo,Unda bor mimg-ming ma’no.Faollashtiruvchi mashq: Quyidagi o’zgarishlarni fizik va kimyoviy o’zgarishlarga ajratib yozing: muzning erishi, suvning vodorod va kislorodga parchalanishi, temirning zanglashi, simobning bug’lanishi, shamning yonishi, ko’mirning maydalanishi.Elektron  darslik asosida yangi mavzu reja asosida tushuntiriladi. Bir moddaning boshqa modda yoki moddalarga aylanish hodisasi—kimyoviy o’zgarishlar yoki kimyoviy hodisa deb ataladi.Kimyoviy hodisalarni kimyoviy treaksiyalar deb ataymiz.Tabiatda sodir bo’ladigan yoki kimyo sanoatida, kimyo laboratoriyasida amalga oshiriladigan  kimyoviy reaksiyalar turli xil belgilar asosida farqlanadi.Kimyoviy reaksiyalar uchun olingan boshlang’ich va reaksiya natijasida hosil bo’lgan moddalar soni hamda tarkibiga asoslanib kimyoviy reaksiyalarni quyidagi  asosiy turlarga  ajratishimiz mumkin.1.    Birikish reaksiyalari ikki yoki yndan ortiq moddadan bitta yangi modda olinadi.2H2 + O2=2H2O            2Cu+O2=2CuO1-    Tajriba :Stakanga 50 ml suv quyibustiga bir necha dona so’ndirilmagan ohak bo’lakchasidan tashlaymiz va o’zgarishni kuzatamiz. Bunda albatta xavfsizlik qoidalariga amal qilish kerak. Reaksiya tenglamasini yozamiz.H2O+CaO=Ca(OH)22.    Parchalanish reaksiyalarida bitta moddadan bir nechta yangi modda hosil bo’ladi.CaCO3=CaO+CO2              2NH3=N2+3H2      2-    Tajriba:Probirkaga malaxit moddasidan solib, shtativga mahkamlaymiz. Probirkaning modda solingan qismini qizdiramiz. Bunda probirkadagi moddaning rangi o’zgaradi, probirka devorlarida suv bug’lari hosil bo’ladi, yonib turgan gugurt cho’pini yaqinlashtirsak u o’chib qoladi.Buning sababini o’quvchilardan so’raladi.Cu2(OH)2CO3=2CuO+CO2+H2O3.    O’rin olish reaksiyalarida oddiy modda murakkab moddaning  tarkibiy qismi o’rnini oladi, natijada yangi oddiy va murakkab modda hosil bo’ladi.Zn+2HCl=ZnCl2+H2                    Fe+CuSO4=FeSO4+Cu    3-    tajriba:probirkaga mis(II)- xlorid eritmasidan quyib ustiga tozalangan temir mixni ipga bog’lab tushirsak bir- ikki minut o’tgandan so’ng mixni tortib olsakmixning sirtida mis ajralganininkuzatish mumkin.CuCl2+Fe=Cu+FeCl24.Almashinish reaksiyalarida  murakkab moddalarning tarkibiy qismlari o’zaro o’rin almashadi.NaOH+HCl=NaCl+H2O          BaCl2+Na2SO4=BaSO4+2NaCl                     Mustahkamlash (12 daqiqa)Bilim bo’lsa mustahkam,Hech kimdan bo’lmaymiz kam.Mustaqil ish: 49-bet 2- mashq. Quyidagi reaksiyalarni tenglashtiring va qaysi turga kirishini belgilang.P+O2=P2O5H2O2=H2+O2Al+O2=Al2O3Fe+H2SO4=FeSO4+H2Testlar. 1.Tarqalgan joyi uning                         2.Suyuqman bitta aybimHavo,qum ham tuproqdir.                       Ammo zo’rdir xislatim.Suvda massa ulushi,                                Tana haroratingniBarchasidan ko’proqdir.                          Tegsam bir zumda aytgum.3.Oksidlanish darajasi,                         4.Metallar ahvol qalay?Ikki, olti hamda to’rt.                              Men do’stingiz har qalay.Qattiq holda bo’lsa ham                          Singan bo’lsangiz ayting,Asli o’zi juda mo’rt.                                 Payvandlayman men ------5.Oksidlanmas havoda,                          6. Elektr o’tkazaman,Yer tagida zanglamas.                            Vaqtimni ketkazaman,U nimada erishin                                      Oltinman deb aldasam,Balki ko’plar anglamas.                            Ko’p-ko’p pullar topaman.7. O’zim kukun oltin rang,                        8. Oltin mening dugonam,Suvda erolmay garang                                 Xossamiz ham o’xshaydi.Issiqlikda eriyman,                                     Ammo men sal faolman,Rezinani beraman.                                     Hamda ancha oqroqman.Javoblar. Mis, oltin, kislorod, oltingugurt, simob, qalay, kumush,           “Venn  diagrammasi ” metodi.Bu usulda 2doiraning  2 tarafiga   fizik va kimyoyiy o’zgarishlar  deb  yozilib  ularga oid  bilim  ko’nikma va malakalar   o’quvchilar  tomonidan  birin-ketin  yoziladi.      Doiralarning  qo’shilishidan  paydo bo’lgan  bo’shliqga  fizik va kimyoviy o’zgarishlarga oid  umumiy  bo’lgan  xossalar  yoziladi.    Bu  usul  bilan  o’ziga  xos  umumiy  va  individual  tomonlar  farqlanadi-mavzu  esda qoladigan  bo’ladi.     Venn diagrammasi  turli  xil  ma’lumot  ,  g’oya,   fikrlar  kurashi  va hujumini  ,  munozaralarini  keltirib   chiqaradi.  O’quvchilarni    o’ylantiradi,   mustaqil  fikrlashga  undaydi .                         Darsni  yakunlash  ( 5 daqiqa)1.    Xulosa  fikrlar  so’raladi.2.O’quvchilar   rag’batlantiriladi,  baholanadi.Bilimingiz oynasi,Baholar majmuasi.3.Uyga vazifa: 49- bet,2-mashqning — ustunchasi.Buxoro viloyati Gijduvon tumanidagi 51-umumiy o’rta ta’lim maktabi kimyo fani o’qituvchisi Norbibish Ashurova.